T abdraxmanov



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə33/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

TO‘G‘RI JOYLASHTIR
YOKI BLITS
TEXNOLOGIYASI


Ushbu metod talabalarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan fan asosida ko‘p xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rganishga qaratilgan. Qolaversa, talabalar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga yetkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. O‘qituvchi tomonidan oldindan o‘tilgan mavzu yoki talabalarga mustaqil tayyorlab o‘rganib kelishlari uchun berilgan ma’ruza matni, yangi mavzu bo‘yicha tayyorlangan vazifalar guruhlarga tarqatiladi.


Darsga kirgan o‘qituvchi ushbu texnologiyaning bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida talabalarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari haqida ularni ogohlantiradi.
Mazkur metodning birinchi bosqichida o‘qituvchi barcha talabalarga alohida alohida tarqatma materiallar beradi va berilgan vazifalarni ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash kerakligi, belgini esa alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar bilan belgilanishini tushuntiradi, bu jarayonlar avval yakka holda bajarilishini ta’kidlaydi. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi berilgan topshiriqni har bir talaba tomonidan yakka tartibda bajarilishini nazorat qiladi va qiynalgan talabalarga yordam beradi yoki qaytadan tushuntiradi. Har bir talaba tarqatma materialdagi “Yakka baho” bo‘limiga shu yerda berilgan harakatlardan o‘zining shaxsiy fikri mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya’ni berilgan harakatdan, uning fikricha qaysi biri birinchi, ikkinchi bo‘lishini va xakazo. Bu vazifani bajarish uchun o‘qituvchi talabalarga vazifani yengil yoki murakkabligidan kelib chiqqan holda vaqt ajratadi va e’lon qiladi. Uchinchi bosqichda o‘qituvchi talabalardan 3 nafardan iborat “Ibrat kichik guruhlari” ni tashkil etishlarini so‘raydi, 3 kishilik guruhlar talabalarning hohishlariga ko‘ra yoki raqamlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Natijalarni tahlil etish uchun guruh a’zolarining soni toq sondan iborat bo‘lishi lozim, chunki ular o‘z fikrlarini yoqlaganlarida, hisob kitoblar farqlar bilan yakunlanadi.
Tuzilgan kichik guruhlardagi talabalarning har biri o‘z tarqatma materiallaridagi yakka baho bo‘limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo‘lgan ketma-ketlikni birlashtirib, bir-birlari bilan tortishib, bahslashib, bir-birlariga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog‘ozdagi “Guruh baxosi” bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar. O‘qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir talaba faoliyatining kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun belgilangan vazifani sodda va murakkabligiga qarab 20-30 daqiqa vaqt beradi.
To‘rtinchi bosqichda barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, o‘qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo‘yicha to‘g‘ri javobni beradi, ya’ni talabalardan ularga tarqatilgan qog‘ozlardan “To‘g‘ri javob” bo‘limini topishi va unga o‘qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so‘raydi. Beshinchi bosqichda o‘qituvchi “To‘g‘ri javob” bo‘limida berilgan raqamlardan “Yakka baho” bo‘limida berilgan raqamlarni, ya’ni kattadan-kichikni ayrigan holda “Yakka xato” bo‘limiga chiqqan farqni yozishni so‘raydi. “Yakka baho” bo‘limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqib umumiy sonni hisoblashlari kerakligini uqtiradi. Oltinchi bosqichda xuddi shu tartibda “To‘g‘ri javob” va “Guruh baxosi” o‘rtasidagi farq kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “Guruh xatosi” bo‘limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi. Yettinchi bosqichda o‘qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo‘yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.
Bu texnologiyadagi sonlarning sharxi quyidagicha tia’riflanadi.
Yakka xato” bo‘limidagi umumiy sonlarning sharhi:

  • Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo‘lsa (bu son vazifani hajmiga qarab o‘qituvchi tomonidan o‘zgartiriladi), bunday talabalarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati yetarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlarni vaqtida mantiqan ularning ketma-ketligini tashkil eta oladilar.

  • Agar yakka xatolar soni 30-40 atrofida bo‘lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik qobiliyati yetarli emas, biror bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida qiynaladilar yoki pala-partishlikka yo‘l qo‘yadilar. Shuning uchun ular alohida kurslarda o‘qishlari yoki mantiqan fikrlashni o‘rganishlari lozim bo‘ladi.

  • Agar xatolar soni 40 dan yuqori bo‘lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik, mantiqiy fikrlash qobiliyati yetarli emas, ular o‘z ustilarida ishlashlari va maxsus kurslarda o‘qishlariga to‘g‘ri keladi.

Guruh xatosi” bo‘limidagi umumiy sonlarning sharhi:

  • Agar xatolar soni 30 gacha bo‘lsa, bu guruhlardagi talabalar bir-birlarini tushunishga harakat qilganlar, bir-birlarini ishontira olganlar va natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o‘rnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan.

  • Agar guruhning xatolar soni 30-40 atrofida bo‘lsa, bu guruhda talabalarning bir muqimga kelishlari qiyin bo‘lgan, tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz bo‘lgan yoki guruh a’zolari bir-birlarini tushunishga sust holda intilganlar yoki vazifaga beparvoroq bo‘lganlar yoki bir-birlarini xafa qilib qo‘yishdan cho‘chiganlar, yoki guruhning barcha a’zolari yuzaki holda kelishilgan aslida esa har kim o‘z fikrida qolgan bo‘lishi mumkin. Samimiy munosabat bu guruhda o‘z aksini topmagan.

  • Agar guruh xatosining soni 40 dan ortiq bo‘lsa, bu guruh a’zolari umuman bir-birlari bilan kelisha olmaganlar, o‘zaro ishontirish bo‘lmagan. Har kim o‘z fikrida qolgan.




FSMU” TEXNOLOGIYASI



FSMU uslubi oxirgi yillarda kichik guruhlarda, ilmiy tadqiqot yo‘nalishini tanlagan talabalar guruhida qo‘llanilib kelinayotgan yangi uslublardan hisoblanadi. Talaba bu usulda o‘z fikriga ko‘proq suyanadi, ya’ni mustaqil fikrlash, o‘z ustida ishlash, ijodiy yondoshish tomonlarini ko‘proq ko‘rsatadi. FSMU uslubining qisqartma ko‘rinishi ma’no bo‘yicha quyidagicha tahlil etiladi:



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin