T abdraxmanov


F - fikringizni bayon eting; S



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə34/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

F - fikringizni bayon eting;
S - fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating;
M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring;
U - fikringizni umumlashtiring.
FSMU texnologiyasi vositasida talabalar munozarali masalalarni xal etishni, o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazilishini o‘rganadilar, shuningdek talabalar o‘z fikrlarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga erishib, bahslashish madaniyatini o‘zlashtiradilar. Mazkur uslub talabalarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, fikrini tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Qolaversa, yangi mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tassavurlarini yozma shaklida, dalil va isbotlar bilan ifodalashga undaydi. Bu esa talabalarga o‘z bilimlari, tushunchalari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ma’ruza matnini yaxshi bilgan, yaxshi o‘zlashtirgan, bilimli va aql-idrokli talabalar bu uslub asosida to‘g‘ri ishlay oladilar. Bakalavr va magistr talabalariga malakaviy va magistrlik ilmiy ishlarini mavzularini tanlashda, FSMU texnologiyasidan foydalanilsa, talaba va magistrlar tanlagan mavzularini o‘z fikrini ilmiy jihatdan asoslab berishga o‘rganadilar.



AQLIY HUJUM” TEXNOLOGIYASI

Aqliy hujum texnologiyasi dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralashga asoslanadi. Talabalar birlashgan holda yechimi noma’lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar, eng maqbul yechimni topish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. Bunda dars jarayoni quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish, uning yechimini topish uchun talabalarni jalb qilish, turli yechimlar taqdimotini eshitish, yechimlarni solishtirish va tanlash hamda xulosalash bosqichlari ko‘rinishida.


Aqliy hujum texnologiyasi tanlab olingan mavzular dorasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratilishi kerak.
Dars jarayonida aqliy hujum uslubidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
-Talabalarni qo‘yilgan muammo doirasida keng fikrlashga undash;
-Talabalar tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish;
-Talabalar tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g‘oyalarni rag‘batlantirib borish;
-Talaba o‘zining shaxsiy fikr yoki g‘oyalariga asoslanishi yoki aksincha o‘z fikrini o‘zgartirish mumkin ekanligini tushuntirish;
-Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr yoki g‘oyalar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-Yangi fikr yoki g‘oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to‘g‘ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik;
-Dars jarayonida talabalarning har qanday faoliyatlari, ular bildirayotgan fikr va g‘oyalarni iloji boricha baholamaslik, sababi past baho olgan talaba keyingi darslarda yangi fikrlar bildirmasligi va dars jarayonida ishtirok etmasligi mumkin.
O‘qituvchi auditoriyada imkon qadar har bir talabaning fikrini eshitishi, fikrini yanada boyroq, ilmiy tarzda bayon etishiga turtki bo‘ladigan munosabatni bildirishi lozim. Aksariyat hollarda talabalar biror fanning dastlabki bosqichlarida faol qatnashishadi, keyingi bosqichlarda esa passiv ishtirok etishadi. Bunda o‘qituvchi tomonidan xukmron fikrni o‘tkazilishi sabab bo‘ladi. Qachonki, talabaning mustaqil, ijodiy fikri har dars jarayonida o‘sib borsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Aslida yangi pedagogik texnologiyalarning bosh maqsadi ham talabalarning mustaqil, ijodiy va ilmiy fikrini shakllantirish, rivojlantirish hamda muayyan fanning yuqori daraja o‘zlashtirishiga erishishdir.
Yangi pedagogik texnologiyalar orasida “Pinbord” texnologiyasi ham «Aqliy hujum» texnologiyasi qatorida qo‘llanilib kelinmoqda. Ya’ni, bunda faqat bildirilgan fikr va g‘oyalar og‘zaki emas, balki oldindan tayyorlangan, tarqatma materiallar umumlashtirilib, doskaga yoziladi. Shu bois, uni yozma “Aqliy hujum” deb ham atashadi. Qolaversa, bu metodda bildirilgan fikr va g‘oyalar barchani ko‘z oldida turadi, fikr va g‘oyalarni turli xususiyatlariga qarab saralash, sinflarga bo‘lish imkoniyati yaratiladi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin