3-rasm. Amerika tuproqshunoslik jamiyatining veb sayti va undagi ma’lumotlar
Amerika tuproqshunoslik jamiyati o‘z a’zolari va sertifikatlangan mutaxassislarini Vashingtondagi ofisida sifatli tadqiqotga asoslangan nashrlar, ta’lim dasturlari, sertifikatlar va ilmiy siyosat tashabbuslari bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning umumiy manfaatlari tufayli, Amerika tuproqshunoslik jamiyati Amerika Agronomiya jamiyati va Amerikaning o‘simlik ilmiy jamiyatlari bilan hamkorlik munosabatlariga ega.
Amerika tuproqshunoslik jamiyatida tuproqshunoslik sohasi bo‘yicha barcha ishlar yo‘lga qo‘yilgan, ta’lim jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, onlayn o‘quv kurslari, vebinarlar tashkil etilgan, o‘zining ilmiy jurnallari, konferensiya o‘tkazish tizimi, grantlar va boshqa o‘quv, ilmiy tanlovlar o‘tkazish keng yo‘lga qo‘yilgan. Bundan ko‘rish mumkinki, tuproqshunoslik jamiyati faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi tuproqshunoslik fanlarini o‘qitishda yuqori samara beradi, ya’ni fanga kiritiladigan yangi nazariyalar, uslublar va boshqa ma’lumotlarni oladi, shuningdek tayyorlanayotgan kadrlar ilmiy jihatdan ham saviyasi yuqori darajada bo‘lib yetishadi.
2.4.Tuproqshunoslik yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitilishida amaliyotlarning o‘rni
Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qilish
Talabalarning barcha amaliyotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan Nizom va boshqa normativ xujjatlar asosida tashkil etiladi. Albatta ushbu Nizom va boshqa xujjatlar respublika oliy ta’lim muassasalari uchun umumiy qabul qilingan bo‘lib, har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zi mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarining tor xususiyatlarini inobatga olgan xolda tashkil etishi maqsadga muvofiq.
Mavjud Nizomga muvofiq quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
oliy ta’lim muassasasi va fakultetdan tayinlangan amaliyot raxbari “Talabalarning malakaviy amaliyoti haqida” gi Nizomga muvofiq amaliyotni tashkil qiladi va boshqaradi;
amaliyotlar amaliyot ob’ekti va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etiladi;
yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida
o‘qiydigan talabalar amaliyotni o‘tash uchun ushbu shaxslar taklif
qilgan amaliyot ob’ektlariga yuboriladi;
amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi va fakultet rahbariyati hamda amaliyot rahbarining zimmasiga yuklatiladi;
amaliyotlar oliy ta’lim muassasasiga yaqin joylashgan ob’ektlarda o‘tkaziladi. Zaruriyat bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi hududidan uzoqda joylashgan (tumanlar, viloyatlar) ob’ektlarda ham o‘tkazilishi mumkin. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o‘tashga ruxsat beriladi.
Tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotning asosiy bazalari bo‘lib, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, “Tuproq bonitrovkasi” sho‘ba korxonasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli tashkilot va korxonalari, “O‘zagrokimyoximoya” AJ ning tegishli tashkilotlari, Oqsoq ota o‘quv dala amaliyot bazasi, moyli va tolali ekinlar tajriba stansiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometerologiya markazi, oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari hisoblanadi.
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga bag‘ishlab chiqariladigan buyruqda talaba yuborilayotgan tashkilot nomi, amaliyot o‘tash muddati, kafedradan biriktirilgan amaliyot rahbari, ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari ko‘rsatiladi. Ushbu buyruqqa asosan talabani ishlab chiqarish amaliyotga chiqishdan avval amaliyot dasturi bilan tanishish, rahbari bilan alohida topshiriqlarni muhokama qilish, tavsiya qilingan adabiyotlar bilan tanishish, kafedradan amaliyot kundaligini olish, tibbiyot ko‘rigidan o‘tish, texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishish va tegishli nazorat varaqalarini to‘ldirish lozim. Bundan tashqari mazkur tashkilotda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash muddatida talaba tegishli lavozimlarda ishlash ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |