T. Malikov O. Olimjonov moliya


-  bob. Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

5- 
bob. Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish 
5.1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash 
 
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining 
asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir
31
. Iqtisodiy adabiyotlarda, 
eng umumiy shaklda, 
rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni 
qabul qilish bo’yicha faoliyat deb talqin qilinadi. 
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no va mazmunini yanada 
umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini 
muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi 
“rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish 
amaliyotda reja-
lilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvoza- 
natlilik) va mutanosiblikka erishish bo’yicha ongli fao-liyatni bildiradi. 
Shu 
ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) 
va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan 
faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. 
Bunda balanslilik (muvozanatlilik) davlatning ixti-
yorida bo’lgan 
moliyaviy re
surslar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida 
qolgan 
daromadlar 
o’rtasidagi 
optimal 
nisbatni 
bildiradi. 
Proportsionallik (mutano-
siblik) esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, 
mintaqalar va davlat sub’yektlari bo’yicha daromadlarning soliq 
to’lan-guncha va soliq to’langandan keyingi miqdorlari o’rtasidagi 
oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish yoki 
kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki 
cheklab qo’yishi mumkin. 
Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish 
deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni 
nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish 
yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, 
umumlashtirish va o
’zaro bog’lash tizimi sifatida tushunish kerak. 
Amaliyotda tez-
tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, 
masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va 
shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, 
moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. 
31
Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk 
bosqichida ayrim iqtisodchilar tomonidan iqtisodiyotda rejalashtirishning 
(shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) rolini butunlay inkor etish 
hodisalari ham yuz berdi. Bu olimlar o’z fikrlarini bozor iqtisodiyotining 
rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalash-


tirilmasdan, balki aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi va h.k.lar 
bilan izohlashga harakat qilishdi. Shu boisdan ham o’sha davrda nashr 
etilgan ayrim darslik va o’quv qo’llanmalarida rejalashtirish (shu jumladan, 
moliyaviy rejalashtirish) masalalariga o’rin berilmadi. Ushbu darslik 
mualliflarining fikricha, bozor iqtisodiyotining, eng avvalo, talab va 
taklifga asoslanishi tegishli iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirishdan mutlaqo 
voz kechilishini anglatmaydi. Aksincha, bozor iqtisodiyotida ham 
rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish ham) yangicha ma’no 
va mazmun kasb etib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv tizimining 
muhim bo’lagi bo’lib qolaveradi. 


Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u 
yoki bu 
sub’-ekt faoliyat ko’rsatishi moliyaviy ta’minlanishining 
hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. 
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyida-gilarni 
oladi: 

taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliyaviy 
tahlil qilish;


jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mab-lag’larni 
sarflash (joylashtirish) menejmenti;


firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni reja-lashtirish, 
hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;


investitsion menejment;


kapitallar menejmenti;


faoliyatning boshqa 
ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va 
boshqalar).

Moliyaviy 
rejalashtirishning 
asosiy 
vazifalari 
quyidagilar 
hisoblanadi: 

ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyat-larni kerakli 
bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;


pul mablag’laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foyda-lanish 
hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni 
qidirib topish;


kapitalni samarali joylashtirish yo’llarini aniqlash, undan oqilona 
va samarali foydalanishni baholash;


kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni 
o’rnatish;


korxonaning moliyaviy ahvoli, to’lovga qobilligi va kreditga 
layoqatliligi ustidan nazorat o’rnatish.

Bozor 
munosabatlariga 
o’tilganiga 
qadar 
moliyaviy 
rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni 
– 
markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilgan-ligi uchun etarli darajada 
formal bo’lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi 
ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo’ljallangan rejalarning 
loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish 
kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm 
surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro’yiga obro’ 
qo’shmas, chunki ularga hech narsa bog’liq emas edi. Bozor 
iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan o’zga-radi. Ular 
korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning 
o’zida, shu rivojlanishning yo’nalishi va sifatini nazorat qiladi. 


Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy 
harakatlarni oldindan ko’zda tutishgina (ko’ra bilishgina) emas. Bu 
tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin 
bo’lgan har qanday kutil-magan holatlarni ko’ra olish qobiliyati 
hamdir. Albatta, xo’jalik yurituvchi sub’yekt o’z faoliyatidagi barcha 
tavakkal-chiliklarga (risklarga) barham bera olmaydi. Lekin u ana 
shu risklarni oldindan samarali ko’ra bilish yordamida boshqa-rish 
imkoniyatiga ega. 
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy usullardan 
(metodlardan) foydalanish mumkin: 

iqtisodiy tahlil usuli;


normativ usul;


balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari usuli;


ko’p variantlilik usuli;


iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli;


va boshqa usullar.

Moliyaviy 
rejalashtirish 
jarayonining 
quyidagi 
asosiy 
bosqichlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 

xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini 
tadqiq etish;


operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning 
bashorat variantlarini ishlab chiqish;


o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik 
yurituvchi sub’yektning moliyaviy resurslarga bo’lgan aniq (konkret) 
ehtiyojlarini aniqlash;


moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi 
manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashorat-lash;


xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning tizimini 
yaratish va uni qo’llab-quvvatlash;


shakllantirilgan 
rejalarni 
operativ 
o’zgartirish, 
tartibini 
(reglamentini) ishlab chiqish.

Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin: 

strategik moliyaviy rejalashtirish;


joriy moliyaviy rejalashtirish.

Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini stra-tegik 
moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda 
o’zgarayotgan xo’jalik yuritish sub’yekti moliyaviy taraqqiyotining 
ko’p variantli bashoratidan iboratdir. 
Strategik 
moliyaviy 
reja, 
hech 
b
o’lmaganda, quyidagi 
savollarga aniq javob bermog’i lozim: 



xo’jalik yurituvchi sub’yekt uchun talab qilinadigan kapitalning 
o’lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday 
muddatlarda jalb qilinadi?


bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?


o’z kuchiga ishongan holda xo’jalik yurituvchi sub’yekt 
rivojlanishi mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, moliyaviy resurs-larni jalb 
qilishning manbalari qanday?


xo’jalik yurituvchi sub’yekt pul mablag’lari tushumi, ishlab 
chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daro-madligining qanday 
darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?

O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy 
funksiyalari quyidagilardan iborat: 

ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyi-haviy va 
qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyiha-larni amalga oshirish 
uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurs-larning hajmi va ularning 
manbalarini aniqlash;


mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va sotish tannarxini 
rejalashtirish;


pul oqimlarini rejalashtirish;


b
utun xo’jalik yurituvchi sub’yekt doirasida foydani rejalashtirish 
(bashoratlash);


investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.

Moliyaviy 
rejalashtirish 
mamlakat 
milliy 
xo’jaligini 
rejalashtirishning tarkibiy qismi bo’lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish 
rejasining ko’rsatkichlariga tayanadi, moliyaviy tizim barcha 
organlarining 
faoliyatlarini 
muvofiqlash-
tirishga 
yo’naltiriladi. 
Moliyaviy 
tizim 
alohida 
bo’g’inlari-ning 
nisbiy 
mustaqilligi 
quyidagilarni o’zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab 
chiqilishi zarurligini belgilab beradi: 

pul jamg’arma (fond)larini shakllantirish va ulardan foydalanish 
shakllari va usullarining o’ziga xosligi;


moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo’yicha qayta 
taqsimlash.

Moliyaviy rejalashtirishning bosh 
ob’yekti rejada o’zining 
miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo’g’inlari (moliyaviy 
munosabatlar) hisoblanadi. Konkret pul fond-
lari mablag’larining 
harakati yagona tizimga birlashti-rilgan tegishli moliyaviy rejalarda 
ifodalanadi va mustahkamlanadi. 
Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, 
unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni 


shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, 
daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuz
ilmasi o’zining 
miqdoriy ifodasini topadi. 
Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining harakati, mos 
ravishda, Pensiya fondi, Ijtimoiy sug’urta fondi, Majburiy tibbiyot 
sug’urtasi fondi, Yo’l fondi, Aholi bandligi davlat fondi kabilarning 
moliyaviy 
rejalarida 
(smetalarida), 
ularning 
daromadlari 
va 
xarajatlarida aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida yuridik va 
jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. 
Sug’urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda 
o’rnatiladi. Maxsus fondlarga qisman byudjet mablag’lari tushishi, 
mablag’lar etishmaganda maxsus fondlar bir-birlaridan qarzga 
mablag’lar olishi mumkin. Shunday qilib, davlat maxsus fondlari bir- 
biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir. 
Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va 
fuqarolar masshtabidagi yo’qotmalarni tiklash uchun kerak bo’ladi. 
Barcha ho’jalik yurituvchi sub’yektlarning ehtiyojlarini hisobga olish 
uchun sug’urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan 
foydalaniladi. Bu yerdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida 
korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa 
fondlardan (byudjet yo’nalishidagi) mablag’larning 
tushishi,
xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan ko’rilgan zararlarni qoplash, 
sug’urtalanganlarga sug’urta to’lanmalari summasini to’lash kabilar 
aks 
ettiriladi. 
Sug’urta 
fondini 
shakllantirish 
va 
undan 
foydalanishning 
rejasi 
mablag’-larning 
yanada 
samaraliroq 
foylanilishiga imkon beradi. 
Moliyaviy 
rejalashtirishning 
umumdavlat 
va 
hududiy 
darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy 
rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va 
xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga
oshirishlar kiradi. 
Istiqboldagi 
(istiqbol 
uchun 
mo’ljallangan) 
moliyaviy 
rejalashtirish iqtisodiy va sotsial taraqqiyot hamda moliyaviy 
siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash, shu-ningdek, ishlab 
chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy 
oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy 
tendentsiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o’z 
vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Odatda, istiqboldagi moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil 
uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, 
navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan 


iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi 
moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari 
sotsial-iqtisodiy rivojlanishining aniqla
shtirilgan o’rta muddatli 
bashoratining ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili 
o’zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda 
yana bir yil oldinga suriladi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proportsionalligi va 
balansli
ligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda 
davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va 
har bir ma’muriy-hududiy tuzil-malarning daromadlar va xarajatlar 
balansi muhim o’rinni egallaydi. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi 
(moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’yektlari, hududiy 
tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko’rsata-yotgan barcha 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning barcha daro-madlari va 
xarajatlarining jamidan iboratdir. U o’tgan yilgi davlatning hisobot 
yig’ma moliyaviy balansi ( hisobot moliyaviy resurslar balansi) 
asosida va mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat 
ko’rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet 
loyihalarini ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi. 
Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliyaviy 
tizimning boshqa bo’linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, byudjetdan 
tashqari maxsus fondlar, sug’urta fondi, kredit fondi, korxona va 
tashkilotlarning pul fondlari va, nihoyat, fuqarolarning pul mablag’lari 
tarkibida rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi va ulardan 
foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi 
mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy 
ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, 
barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasida mablag’larni samarali 
va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig’ma 
moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha 
moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning ko’rsatkichlari 
byudjet va kredit rejalarini, shuningdek, boshqa moliyaviy rejalarni 
tuzishda asos sifatida qabul qilinadi. 
Boshqa bir sintetik balans 
– aholi daromadlari va xarajatlarining 
balansi - 
davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar 
balansi) bilan bevosita bog’langandir. Unda naqd pulli va naqd 
pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o’z ifodasini 
topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari 
o’zining manbasiga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi: 



ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari 
uchun mo’ljallangan mablag’lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) 
ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi 
to’lanmalar;


tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning 
foydasiga sheriklik, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya- 
kredit operatsiyalaridan olina-digan daromadlar;


sotsial transfertlar - davlat pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar 
va shunga 
o’xshashlar.

Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul 
xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo’ladi: 

iste’mol xarajatlari;


soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar;


p
ul to’planmalari va jamg’armalar.

Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari 
va xarajatlari o’rtasidagi proportsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va 
pensiya ta’minotining o’sganligi, tovarlar taklifi hajmining
oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul 
daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana 
tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish 
uchun muhim rol o’ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank 
va moliyaviy tizimning boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot 
vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. 
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar 
quyida ikki guruhga bo’linishi mumkin: 

uzoq muddatli moliyaviy rejalar;


qisqa muddatli moliyaviy rejalar.

Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat 
o’zining qamrab olish gorizonti bo’yicha, balki rejalashtirish 
maqsadlariga ko’ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy 
rejalarning (rejalash-tirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik 
nuqtai-
nazaridan firma kengayishining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 
sur’atlarini aniqlash bo’lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning 
(rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning to’lovga doimiy 
qobilligini ta’minlashdan iboratdir. 
Alohida olingan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy 
rejasi unga tegishli bo’lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi 
va korxona faoliyat ko’rsatishining boshqa yo’nalishlari qiymat 
ko’rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini 


moliyaviy jihatdan ta’minlashning vositasi sifatida maydonga chiqadi 
va bir vaqtning o’zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini 
xarakterlaydi. Biznes rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi 
yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqiladi: 

bozorlarni 
va 
ko’zda 
tutilayotgan 
sotuvlar 
hajmini 
o’zlashtirishning loyihaviy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;


tannarxning turli ko’rinishlarini (to’liq, ishlab chiqarish, to’g’ri va 
boshqalar) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, 
reklama, bozorlarni o’zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim 
ahamiyat kasb etadi;


pul mablag’larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy 
natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va 
kreditorlik qarzlarining o’zgarishi, moliya to’lovlarini optimallashtirish 
va boshqalar bo’yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqozo 
etadi. Shu erning o’zida foydaga oid hisob-kitoblar korxonaning joriy 
istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek, biznes-rejaning boshqa 
bo’limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi 
kerak;


zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish 
bo’yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va 
foydaga ta’sirini aniqlash;


va boshqalar.

Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko’rsatkichlari 
davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlan-
g’ich 
material hisoblanadi, istiqbolga mo’ljallangan reja-lashtirishning 
axborot (informatsion) asosi bo’lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar 
tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar 
daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlarning ob’yektiv ravishda 
o’zaro bog’liqligi va uzoq muddatli tendentsiyalarini, shuningdek, 
kelajakda bu tendentsiyalar riv
ojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin 
bo’lgan omillarni aniqlashga imkon beradi. 
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur 
etib bo’lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlat-ning mumkin 
bo’lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko’ra bilish va 
moliyaviy rejalarning 
ko’rsatkichlarini asoslashga moliyaviy 
bashoratlash 
deyiladi. 
Nazariya 
va 
amaliyotda 
moliyaviy 
bashoratlash ikkiga ajratiladi: 

o’rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;


uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.



Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan 
oldin sodir bo’ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi 
taraqqiyotiga bag’ishlangan moliyaviy siyosatning kontseptsiyasi 
ishlab 
chiqiladi. 
Moliyaviy 
bashoratlashning 
bosh 
maqsadi 
bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo’lishi mumkin 
bo’lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish 
manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy 
bashoratlar moliyaviy tizim organlariga moliyaviy tizimni rivojlantirish 
va takomil-lashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish 
shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon 
beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni 
ishlab chiqishning zaruriy elementi v
a bir vaqtning o’zida muhim 
bosqichi bo’lib hisoblanadi. Ular yordamida moliyaviy tizimning 
barcha sub’yektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal 
qilishning turli stsenariylari ishlab chiqiladi. 
Moliyaviy bashoratlash turli usullarning qo’llani-lishini taqozo 
etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo’lishi mumkin: 

iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda 
moliyaviy reja ko’rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan 
ekonometrik modelni yaratish;


korrelyatsion-regression tahlil;


bevosita ekspertli baholash metodi.

Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning 
vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuv-dan foydalanadigan 
moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish 
quyidagi-la
rning bo’lishini ko’zda tutadi: 

yo’nalishlar bo’yicha davlat xarajatlarining ustuvor-larini 
belgilash (o’rnatish);


davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;


muqobil 
variantning 
tanlanishiga 
muvofiq 
ravishda 
moliyalashtirishni to’xtatish.

Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga 
(resurslarga) bog’liq. Bunda faqat maqsadga erishishning 
masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud 
zahiralarning 
hajmi, 
kutilayotgan 
jami 
samara, 
maqsadga 
erishilmaganda potents
ial yo’qotmalar ham hisobga olinadi. 
Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va 
choralarni muvofiqlashtirishning 
muhim 
metodi 
sifatida 
dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida 
faol foydalanish maqsadga muvofiqdir. 


Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o’tgan 
asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati 
besh yillik “o’zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan 
belgilanadi. Har yili joriy yil rej
asi ko’rsatkichlarining kutilayotgan 
ijrosi asosida reja o’zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda 
ko’rsatkichlar besh yillik shkala bo’yicha bir yil oldinga (hisobot 
yilidan keyingi yilga) “ko’chiriladi”. Oldinda turgan birinchi yilning
reja ko’rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to’rt yillik 
ko’rsatkichlar esa mo’ljalli (orientirovkali) xarakterga ega 
hisoblanadi. 
Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p mamlakatlarida ishlab 
chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo’yicha balanslilikka 
yo
’naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo’jalik va boshqa tadbirlar 
tizimidan iborat bo’lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng 
foydalanilmoqda. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin