J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga
muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo’llab-
quvvatlashlar uchun o’z daromadlarining bir qismini davlatga berishi
kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari o’rtasida bog’liqlikni o’rnatib,
soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan.
Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal
tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya
amerikalik
iqtisodchi
olim
P.Samuelson
qarashlarining
shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va u soliqlarning o’sishi davlat
xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning o’sishi bilan birgalikda yuz berishi
kerak, deb hisobladi.
Shveytsariyalik
iqtisodchi
J.Sismondi
(1773-1842
yillar)
rivojlangan davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda
tovar xo’jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan,
protektsionizm siyosatiga (masalan, donni import qilis
h bo’yicha
ingliz yuqori bojxona bojlari) qarsh/*i qaratilgan bo’lib, bunday
siyosatni u millatga ziyon etkazuvchi siyosat deb hisobladi. Ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish
borasidagi protektsionizm siyosatining ij
obiy tomonlarini ko’ra
olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol o’ynab
borayotgan o’sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u etarlicha
baholay olmadi.
Dostları ilə paylaş: