6.2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari
Moliyaviy nazorat samaradorligi uni amalga oshi-rishning
turlari, shakllari va usullari bilan ta’min-lanadi. Moliyaviy nazorat turli
mezonlar bo’yicha shartli ravishda tasniflanishi mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra
uning quyidagi turlari mavjud:
umumdavlat moliyaviy nazorati;
idoraviy moliyaviy nazorat;
xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat;
jamoatchilik moliyaviy nazorati;
mustaqil moliyaviy nazorat.
Umumdavlat moliyaviy nazorati qonun chiqaruvchi organlar,
ijrochi organlar (Oliy majlis, Vazirlar Mahka-masi) tomonidan
amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat tomonidan tashkil etilan
maxsus vakolatli organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat
soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan
amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi
daromad olish va davlat mablag’larini sarflashda davlat va jamiyat
manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Ushbu nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
pul mablag’lari va moddiy boyliklarni talon-taroj qilinishi va
kamomadlarga yo’l qo’yilish holatlarini, xo’jasizlik va boshqa
qonun buzilishlarini, moliyaviy intizom buzilishlarini aniqlash,
ularni kelib chiqish shart-
sharoiti va sabablarini o’rganish,
bartaraf etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
aybdor shaxslar tomonidan etkazilgan zararni qoplash
bo’yicha choralar ko’rish va h.k.
Amaliyotda umumdavlat moliyaviy nazorati respublika va
mahalliy darajada
o’tkaziladi:
respublika
darajasida
– O‘zbekiston Respublikasi
respublika
byudjetining,
davlat
maqsadli
jamg’armalari
byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiri-ladigan
byudjet
tashkilotlari
byudjetdan
tashqari
jamg’armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
mahalliy darajada
– Qoraqalpog’iston Respu-blikasi
byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining,
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent
shahar
mahalliy
byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan
byudjet
tashkilot-
lari byudjetdan tashqari jamg’armalarining shakllanti-rilishi
hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Idoraviy (mahkamaviy) moliyaviy nazorat vazirlik-larning
nazorat organlari va mahalliy hokimiyat organla-
rining bo’limlari
tomonidan
ularga
bo’ysunuvchi
korxona,
tashkilot
va
muassasalarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini nazorat
qilishga qaratilgan.
Xo’jalik ichidagi (ichki) moliyaviy nazorat korxonalar, tashkilotlar
va muassasalarning moliyaviy xizmatlari, xususan buxgalteriya,
moliya bo’limlari, ichki audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy nazo-
rat ob’yekti bo’lib korxona va uning tarkibiy
bo’linmalari (tsexlar, bo’limlar, bo’linmalar va filiallar)ning ishlab
chiqarish va moliyaviy faoliyati hisoblanadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati ixtiyoriylik va beg’arazlik
asosida guruhlar, alohida shaxslar (mutaxassislar) va nodavlat
tashkilotlari tomonidani amalga oshiriladi. Nazorat ob’yekti
tekshiruvchilarning oldilariga qo’yilgan aniq maqsadlariga bog’liq
ravishda belgilanadi.
Mamlakatimizda jamoatchilik nazorati
«Jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi qonun
40
ga asosan amalga
oshiriladi. Jamoatchilik moliyaviy nazora-
tining ob’yekti bo’lib davlat
moliyaviy organlari va ularning ma
nsabdor shaxslarining o’zlariga
qonunchilik bilan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishi bilan bog’liq
moliyaviy faoliyati hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek qonun
hujjatlarida belg
ilangan tartibda ro’yxatga olingan nodavlat notijorat
tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati
sub’yektlaridir.
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari
va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Auditorlik faoliyatining
asosiy maqsadi tekshirilayotgan sub’yektning moliyaviy hisobotining
40
2018 yil 12 apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ—474 qonuni.
http://www.lex.uz
ishonchliligi buyicha
xulosa berish hamda moliyaviy bozorga
ishonchli
axbarot berishni ta’minlashan iborat.
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha
klassifikatsiya qilinadi:
o’tkazish vaqti bo’yicha
amalga oshirilish reglamenti;
nazoratning sub’yektlari;
nazoratni
ng ob’ektlari.
O‘tkazilish vaqtiga ko’ra
moliyaviy nazoratning shakllari
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
dastlabki;
joriy (operativ);
navbatdagi (kelgusi, so’nggi).
Dastlabki moliyaviy nazorat korxonalarning moliyaviy rejalarini,
tashkilot va muassasalarning daromad va xarajtlar smetalarini,
byudjet loyihalari, bitim shartnomalari va boshqalarni tayyorlash,
ko’rib chiqish va tasdiqlash bosqichlarida amalga oshiriladi. B uning
natijasida mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni noto’g’ri,
nooqilon
a sarflanishini va sub’yektlarning salbiy moliyaviy natijaga
erishilarini oldi olinadi.
Joriy moliyaviy nazorat sub’yektlarning, jumladan davlat,
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy rejalarini
amalga oshirish jarayonida moliyaviy tartib-qoidalar buzilishining
oldini olish maqsadida moliya va g’aznachilik organlari, xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar, tashkilotlarning hisobchilari, moliyaviy xizmat
bo’limlari tomonidan doimiy ravishda o’tkaziladi.
Navbatdagi (keyingi) moliyaviy nazorat hisobot davri va
moliyaviy yil yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda
byudjet ijrosi, byudjet muassasalarining smeta ijrosi, shuningdek
korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy rejalarini bajarilishi
natijasida moliyaviy mablag’larning sarflashishini maqsadga
muvofiqligi tekshiriladi.
Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning
shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
majburiy (tashqi);
tashabbusli (ichki).
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan
majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular,
masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga
oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli
foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliya-
buxgalteriya
hisobotlari
ma’lumotlarini
majburiy
auditorlik
tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo’lishi mumkin.
Tashabbusli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy boshqaruvning
ajralmas qismi sifatida moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasdan,
sub’yektlarning moliyaviy siyosatini to’g’ri yo’lga qo’yish maqsadida
amalga oshiriladi. . Nazorat
sub’eklari
bo’yicha
moliyaviy
nazoratning quyidagi shakllari bo’lishi mumkin:
Prezident moliyaviy nazorati;
davlat hokimiyati organlarining moliyaviy nazorati;
moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;
firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;
auditorlik moliyaviy nazorati;
va boshqalar.
Nazorat
ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning
quyidagi shakllari mavjud:
byudjet moliyaviy nazorati;
soliqlar
bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
bojxona nazorati;
valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy
nazorat;
sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat;
kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat;
pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy
nazorat;
va boshqalar.
Byudjet nazorati moliyaviy nazoratning eng muhim shakllaridan
biri bo’lib, byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash
bosqichidagi vazifasi byudjetning daromad qismida mavjud
zahiralardan foydalanishning to’liqligini tekshirish hisoblanadi.
Shuningdek, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda har bir turdagi
moliyalashtirishni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini
tekshiradi
. Byudjetni ijro etish jarayonida byudjet mablag’larini
taqsimlashning o’z vaqtida bajarilishi, ularning maqsadli va samarali
qo’llanilishi nazorat qilinadi.
Soliq nazorati moliyaviy nazoratning bir qismi bo’lib, uning
asosiy maqsadi soliqqa tortishning takomillashgan tizimini tashkil
etish, soliq to’lovchilar, banklar va boshqa soliqqa oid munosabatlar
qatnashuvchilari o’rtasida soliq qonunchiligini buzilishiga yo’l
qo’ymaydigan soliq intizomini yaratishdan iboratdir.
Bojxona nazorati qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga
rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga
oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo’llanilgan
holda amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar majmuidan iborat bo’lib,
uning asosiy v
azifasi bojxona chegarasidan o’tayotgan tovar va
transport vositalarini nazoratdan va ko’rikdan o’tkazishda, ularni
qonuniyligini aniqlash va tasdiqlash, bojxona bojlari va boj
to’lovlarini o’z vaqtida va to’liq undirilishin ta’minlashdan iborat.
Valyuta nazorati
valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda
valyuta qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan
tashkiliy
–huquqiy chora-tadbirlar tizimi bo’lib, bunda amalga
oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining amaldagi qonunchilikka
muvofiqligi h
amda ularni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan
litsenziyalar va ruxsatnomalarning mavjudligi
tekshiriladi. Valyuta
nazoratining maqsadi mamlakatda eksportdan valyuta
tushumlarini to’liq va o’z vaqtida olinishini va import qilinadigan
tovarlar
uchun
xor
ijiy valyutadagi to’lovlarning haqiqiyligini
ta’minlashdan iborat.
Sug’urta nazorati sug’urta operatsiyalarini amalga oshirishda
qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashdan iborat bo’lib, uning
maqsadi sug’urta bozori va uning ishtirokchilarini xatti-harakatlarini
qonunchilik
talablariga
mos
bo’lishini
ta’minlash
hamda
sug’urtalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya
qilishdan iboratdir.
investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy
nazorat;
Pul-kredit nazorati mamlakatdagi pul-kredit munosabatlarini
qonuniyligini, ya’ni bu sohada qonunchilikning buzilish holatlarini,
jumladan valyuta aktivlarini noqonuniy asosda xorijga chiqib ketish
va inflyatsiyani kuchayib ketish holatlari oldini oladi va nazoratini
ta’minlaydi. Kredit nazorati kredit beruvchi tashkilotlar tomonidan
kredit berish, uni tekshirish va kreditlarni qaytarish vaqtida amalga
oshiriladi.
Investitsiya nazorati investiyalangan maablag’lardan samarali
foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan bo’lib, asosiy vazifalaridan
biri
markazlashgan
investitsiyalardan
foydalangan
holda
investitsion loyihalarni amalga oshirish va monitoring qilish hamda
investitsion jarayonning samaradorligini oshirish uchun mablag’larni
keng jalb qilishga shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Moliyaviy nazorat uni amalga oshirish usullari yordamida
amalga oshiriladi va amaliyotda uning quyidagi usullaridan
foydalaniladi:
tekshiruv;
tadqiq etish;
boshqaruv nazorati;
moliyaviy holat tahlili;
kuzatuv (monitoring);
taftish.
Tekshiruv sub’yektlarning hisobot, balans va smeta hujjatlari
asosida moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining alohida masalalari bo’yicha
amalga oshiriladi. Natijada moliyaviy intizomning buzilish holatlari
aniqlanadi va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish b
o’yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqiladi.
Tadqiq etish korxonalar, tashkilotlar, muassasalar faoliyatining
o’ziga xos tomonlarini o’z ichiga oladi, ammo tekshirishlardan farqli
o’laroq, kengroq ko’rsatkichlar bo’yicha iqtisodiy tashkilotlarning
moliyaviy ahvolini, ularni rivojlantirish istiqbollarini, ishlab chiqarishni
qayta tashkil etish yoki yo’naltirish zaruratini belgilaydi. Tadqiq
etish
jarayonida
bajarilgan
ishlar,
material,
yoqilg’i
va
energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o’lchanadi.
Shuningdek, tadqiq etish so’rash, kuzatish va inspektsiya qilish
hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Boshqaruv
nazoratida
boshqarish
organlari
tomonidan
muayyan faoliyat turiga litsenziya olgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar
faoliyati ustidan nazorat olib boriladi. Nazoratning maqsadi
belgilangan tartib va qoidalarga rioya etilishini nazorat qilishdan
iborat bo’lib, ularning buzilishi litsenziyaning bekor qilinishiga olib
keladi (masalan, sug’urta, bank, auditorlik faoliyatida).
Moliyaviy nazorat usuli sifatida tahlil qilish tizimli va omillarga
asoslangan bo’lishi kerak. U davriy yoki yillik hisobotga muvofiq
amalga oshiriladi. Tahlil orqali rejani bajarilish darajasi, xarajatlar
normalariga amal qilish holatlari, moliyaviy intizomga rioya etilishi
va hokazolar aniqlanadi. Moliyaviy nazoratni ng tahlil usuli
iqtisodiy
faoliyat
natijalarini,
tashkilotlarning,
korxonalar
va
muassasalarning moliyaviy holatini baholash uchun moliyaviy va
buxgalteriya hisobotlarini batafsil o’rganishga qaratilgan.
Kuzatuv (monitoring) bu xo’jalik yurituvchi sub’yektlar
faoliyatidagi mavjud o’zgarishlarni aniqlash uchun doimiy ravishda
olib boriladigan nazorat ishlarining tizimidir. Masalan, kredit
tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlardan foydalanish va qarz
oluvchining moliyaviy holati doimiy ravishda kuzatiladi. Qabul
qilingan kreditlarning samarasiz ishlatilishi va to’lov qobiliyatining
pastligi kreditlarning yanada yomonlashuviga va kreditni muddatidan
ilgari qaytarish talabiga olib kelishi mumkin.
Taftish moliyaviy nazoratning keng tarqalgan usuli bo’lib,
korxona, tashkilot va muassasalar moliya-
xo’jalik faoliyatini o’zaro
bog’langan kompleks tekshiruvidan iboratdir. Taftish moliya va
soliq masalalari bo’yicha qonunchilikka rioya qilinishi, soliq, bojxona,
boshqa organlarga, bankka va davlat statistika organlariga taqdim
etiladigan hisob-kitob va hisobotlarning ishonchliligi ustidan
nazoratni
amalga
oshirish
maqsadida
xo’jalik
yurituvchi
sub’yektlarning buxgalteriya va boshqa moliya-ishlab chiqarish
hujjatlarini tekshirish uslubidir.
Ob’ektga qarab, to’liq, qisman, mavzuli va kompleks taftishlar
mavjud. Ular rejalashtirilgan va rejadan tashqari ham bo’lishi
mumkin.
Taftish jarayonida axborotni qamrab olish darajasiga qarab,
barcha hujjatlar va moddiy qiymatlarni nazoratini qamrab oluvchi
to’liq taftish hamda hujjatlarning bir qismini nazorat qilishni qamrab
oluvchi qisman taftishlarga bo’linadi.
Tekshiruvlar o’tkaziladigan materialning xarakteri bo’yicha
hujjatli (hisobot hujjatlarining haqiqiyligini va
qayd etilgan
hujjatlardagi yozuvlarni tekshirish)
va haqiqiy (pul va moddiy
boyliklarning mavjudligini tekshirish) taftishlarga
bo’linadi.
Mavzuli
taftish
bir
tipdagi
korxona,
tashkilot
va
muassasalarning faoliyati bo’yicha ma’lum bir mavzuga bag’ishlab
o’tkaziladiki, bu narsa ularga xos bo’lgan tipik kamchiliklar va
buzilmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli
choralarning qo’llanilishiga imkon beradi.
Kompleksli taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va
muassasa faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan va eng
to’liq bo’lgan taftish bo’lib, u nazorat sub’yektining xo’jalik va moliya
faoliyatini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning butligi va
ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya hisobi va
hisobotining holati va sifati kabi masalalarni o’z ichiga oladi.
Kompleksli taftish natijalarining to’liqligi va samaradorligini
ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Rejali taftish vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan reja
asosida o’tkazilsa, rejadan tashqari taftish qonun hujjatlarini buzilish
holatlari aniqlangan, asosli shikoyatlar tushganda huquqni
muhofaza qiluvchi organlar tashabusi bilan, shuningdek yuridik
shaxs tugatilayotganda o’tkaziladi.
Taftishning har qanday turini o’tkazish uchun taftishning
maqsadi, ob’yekti, mavzusi va asosiy masalalari ko’rsatilgan dastur
tuziladi.
O‘tkzilgan taftish natijalari bo’yicha dalolatnoma tuziladi va
uning asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun chora-
tadbirlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, aybdorlarni javobgarlikka
tortish choralari belgilanadi.
|