6.3. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va
funksiyalari
Moliyaviy nazorat tizimida umudavlat nazorat organlari,
maxsus moliyaviy nazorat organlari alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan
hokimiyatni taqsimlanish printsipi Prezident va vakolatli hukumat
organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini
nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor,
respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet
fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda hamda
ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-
bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar
Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi
va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi. Xalq deputatlari
Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mab
lag’laridan
maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini
nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim
tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan
nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.
Parlament nazorati sohasidagi milliy tajriba, ushbu masalada
huquqshunos-olim va ekpertlarning nazariy qarashlari hamda xorij
tajribasini o’rgagan holda mamlakatimizda 2016 yil 11 aprelda
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining parlament oldidagi
mas’uliyatini kuchaytirish, munosabatlarni tartibga solish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to’g’risida O‘RQ-
403-sonli Qonuni qabul qilindi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular
mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro
etish, shuningdek o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda
funksiyalarni amalga oshirish bo’yicha faoliyati parlament nazorati
ob’yekti hisoblanadi
41
.
Moliyaviy nazorat bilan bog’liq Parlament nazorati quyidagi
shakllarda amalga oshiriladi:
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlarini hamda
41
O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to’g’risida O‘RQ-
403-sonli Qonuni. http://www.lex.uz
soliq v
a byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qilish,
shuningdek Davlat byudjeti ijrosining borishini ko’rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har
yilgi ma’ruzasini ko’rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan
hisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining
o’z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini
eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
raisining hisobotini eshitish.
Shu o’rinda bevosita moliyaviy nazorat bilan bog’liq Parlament
nazorati sh
akllariga batafsil to’htalib o’tamiz.
Davlat byudjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy
yilning 15 oktyabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan
birga Oliy Majlis palatalariga kiritiladi. Davlat byudjeti loyihasi
fraktsiyalarda, deputatlar guruhlarida, Qonunchilik palatasining
qo’mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi, ular Davlat
byudjeti
loyihasi
bo’yicha
fikrlar
va
takliflarni
ishlab
chiqadi.Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar
qo’mitasi fraktsiyalardan, deputatlar guruhlaridan, Qonunchilik
palatasi qo’mitalaridan kelib tushgan fikrlar va takliflarni
umumlashtiradi hamda Davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik
palatasi tomonidan ko’rib chiqish masalasi bo’yicha xulosa
tayyorlaydi. Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti loyihasini, qoida
tariqasida, uch o’qishda ko’rib chiqadi. Davlat byudjeti loyihasi
Qonunchilik
palatasi
tomonidan
ko’rib
chiqilayotganda
u
fraktsiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi
qo’mitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga
olgan holda maromiga etkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga
yuborilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjeti loyihasini
maromiga etkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta ko’rib chiqishi
uchun kiritadi. Davlat byudjetini
ng loyihasi bo’yicha qaror
Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15 noyabridan
kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Qonunchilik palatasi tomonidan
qabul qilingan Davlat byudjeti ko’rib chiqish uchun Senatga
yuboriladi. Senatga kelib tushgan Davlat byudjeti Senatning Byudjet
va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan dastlabki
tarzda ko’rib chiqiladi. Davlat byudjeti yuzasidan qaror Senat
tomonidan joriy yilning 15 dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi
kerak.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15
mayidan kechiktirmay o’z majlisida Hisob palatasining hisobotini
eshitadi. Ushbu hisobot dastlabki tarzda fraktsiyalar, deputatlar
guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy
isl
ohotlar qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqiladi. Hisob palatasining
hisobotini eshitish yakunlari bo’yicha Qonunchilik palatasi qaror
qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida
Hisob
palatasiga
va
Senatga
yuboriladi.
Shundan
Hisob
palatasining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Byudjet va iqtisodiy
islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqiladi. Hisob
palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo’yicha Senat qaror qabul
qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida Hisob
palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining
Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har
yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida dastlab Byudjet va
iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Ushbu hisobotini eshitish yakunlari bo’yicha Senat qaror qabul
qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
Davlat byudjetining ijrosi ustidan Qonunchilik palatasi
nazoratni amalga oshiradi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjeti ijrosining borishi
to’g’risidagi axborotni va zarur materiallar asosida moliya yilining
har choragidagi byudjet ijrosining borishini ko’rib chiqadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hisobot yilidan
keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi
bilan birga taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi yillik
hisobotni
fraktsiyalar,
deputatlar
guruhlari
va
Qonunchilik
palatasining qo’mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida
ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Moliyaviy nazorat bo’yicha muhim vazifa va funksiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham
yuklatilgan.
O‘zbekiston
Respublikasining
«O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida» 1993 yil 6 maydagi
qonunining 12-
moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qo’mitalari,
idoralar va boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari faoliyati
ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat moliyaviy nazoratini
amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga
42
ga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjet sohasida
quyidagi vakolatlar berilgan:
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy
yo’nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda
muvofiqlashtirib boradi;
Davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg’armalari
byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy
yo’nalishlari loyihalarini ko’rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim
etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalariga taqdim etadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib
chiqadi;
o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni
tashqi audit o’tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni
tasdiqlash uc
hun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga asosan,
xususan Davlat byudjeti xarajatlariga, respublika byudjetining
xarajatlar yoyilmasiga va Davlat maqsadli jamg’armalarining
byudjetlariga o’zgartirishlar kiritish tartibi nazarda tutilgan hollarda
moliya yili mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish
to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;
42
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, 25-modda. O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 52-I-son
O‘zbekiston
Respublikasi
respublika
byudjetining
qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul
qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg’armasi mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul
qiladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi joriy moliya
yili uchun mo’ljallangan Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan
cheklangan
miqdori
ortgan
taqdirda
Moliya
vazirligining
taqdimnomasiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalariga Davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirish to’g’risida
takliflar kiritadi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish
bo’yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i
sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitutsiyasi 93-
moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati
va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga
oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo’mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol
ajratilgan
43
bo’lib, tashqi audit va moliyaviy nazoratning eng yuqori
organi hisoblanadi.
Jahon amaliyotida mamlakatlarning Hisob palatasi mamlakat
byudjetini, davlat aktivlari va passivlari holati va harakatini, oltin-
valyuta zaxiralarini, davlat qarzlarini nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mustaqil va ob’yektiv
organ bo’lib, mamlakatimiz Prezidenti va Oliy Majlisiga hisob
beradi.
Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
loyihalari parametrlarini shakllantirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning ustuvor jihatlariga mosligini tizimli tahlil qiladi, qabul
qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarni moliyalashtirish manbalari
auditini ta’minlaydi. Shuningdek, palata byudjet tizimi byudjetlariga
mablag’lar va byudjetdan tashqari boshqa mablag’lar to’liq tushishini
o’rganib boradi hamda nazorat qiladi, zamonaviy axborot
texnologiyalarini qo’llashni kengaytirish orqali byudjet daromadlarini
oshirishni aniqlaydi va zaxiralarini safarbar qiladi. O‘z navbatida
byudjeti tizimi byudjetlari va byudjetdan tashqari bosh
qa mablag’lar
hisobidan xarajatlarning samaradorligi va qonuniyliligini auditdan
43
Hisob Palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21
iyundagi PF-3093-son Farmoni bilan tashkil etilgan. http://www.lex.uz
o’tkazadi, ularni barcha darajalarda qisqartirish bo’yicha zaxiralarni
aniqlaydi.
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob
palatasining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi farmoni
44
ga asosan pul-kredit va valyuta siyosati,
davlat aktivlari va majburiyatlari holati, oltin-valyuta zaxiralarini
boshqarishni, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho
toshlar bilan amalga oshiriluvchi amaliyotlarni tashqi auditdan
o’tkazish vazifasi ham topshirildi.
Mamlakatimizda
iqtisodiyot
sohasida,
jumladan
moliya
sohasida tub o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston
Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari ishlab chiqildi va ushbu organ asosiy vazifalari
etib quyidagilar belgilandi:
birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi
parametrlari
shakllantirilishi
va
ularning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning ustuvor yo’nalish-lariga muvofiqligini tizimli
tahlil qilish, qabul qilinayotgan davlat va hududiy dasturlarning
moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligining auditini amalga
oshirish;
ikkinchi, byudjet tizimi byudjetlariga mablag’lar va boshqa
byudjetdan tashqari mablag’lar tushumining to’liqligini o’rganish va
nazorat qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo’llash
orqali byudjet daromadlarini ko’paytirish zaxiralarini aniqlash va
safarbar qilish;
uchinchi, byudjet tizimi byudjeti va boshqa byudjetdan tashqari
mablag’lar
hisobidan
amalga
oshirilayotgan
xarajatlarning
samaradorligi va qonuniyligini auditdan o’tkazish va barcha darajada
ularni qisqartirish bo’yicha zaxiralarni aniqlash, byudjet tizimi
byudjetlari va davlat tomonidan jalb qilingan mablag’larhisobidan
amalga
oshirilayotgan
investitsiya
loyihalarining
maqsadga
muvofiqligi va asosliligini baholash;
to’rtinchi,
soliq
va
byudjet
qonunchiligini
yanada
takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish,
tizimli qonunbuzarliklarning sabablari hamda o’zini oqlagan jahon
tajri
basini
o’rganish
va
umumlashtirish
orqali
byudjetni
rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy qilish;
beshinchi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o’rtasidagi
nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
44
2017 yil 10 avgustdagi PF-5147-son Farmoni.
daromad bo’yicha vakolatlari va xarajatlar bo’yicha majburiyatlari
belgilanishining to’g’riligini baholash, ularning o’zini-o’zi moliyaviy
ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
oltinchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig’i bo’yicha
davlat
va
hududiy
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
dasturlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga
davlat tashrifi davomida imzolangan kelishuv va hujjatlarni amalga
oshirishning to’liqligi va samaradorligi bo’yicha nazoratni tashkil
etish;
ettinchi, O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta
siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlarining holati, oltin-valyuta
zaxiralarini boshqarish, shuningdek qimmatbaho metall
va qimmatbaho toshlar bilan bajarilayotgan operatsiyalarni tashqi
auditdan
o’tkazish.
Hisob palatasi o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida
huquqlarga ega
45
:
davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlardan
o’zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha materiallar va
ma’lumotlarni so’rab olish;
o’ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat
organlari va
tashkilotlarning ma’lumotlar bazasiga kirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy
bankdan davlat mablag’larini bank hisob raqamlaridagi va yagona
g’azna hisobvarag’idagi harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni so’rab
olish;
tekshirish o’tkazish va uning natijalari bo’yicha bajarilishi
majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berish;
tekshirishlar o’tkazish uchun o’z vakolati doirasida davlat
organlari va ularning vakillari, nodavlat auditor xizmatlari va alohida
mutaxassislarni jalb qilish;
Davlat
byudj
eti daromadlari prognozining to’g’riligini
baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning
yig’iluvchanligi to’liqligini va soliqqa tortish ob’ektlarining to’liq
hisobga olinishini ta’minlash bo’yicha o’tkaziladigan nazorat
tadbirlariga moliya, soliq va boshqa organlarning xodimlarini jalb
etish;
45
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-5147-son Farmoni.
http://www.lex.uz
Hisob palatasi vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar
bo’yicha tekshirilayotgan tashkilotning mansabdor shaxslaridan
yozma tushuntirishlar olish;
nazorat tadbirlari natijalari bo’yicha qonun hujjatlari va
huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish, davlat
organlari va tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish,
samarasiz soliq hamda bojxona imtiyozlarini bekor qilish, soliq
ma’muriyatchiligi va soliq solinadigan bazaning to’liq qamrab
olinganligini yaxshilashga qaratilgan soliq stavkalarini o’zgartirish
yuzasidan takliflar kiritish;
o’z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga
ularning ma’lumotlar bazasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish
to’g’risida bajarilishi majburiy bo’lgan taqdimnomalar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo’mitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga
hududiy davlat soliq va moliya organlari rahbarlariga nisbatan
intizomiy jazo chor
alarini qo’llash to’g’risida taqdimnomalar kiritish;
Hisob palatasi bilan oldindan kelishilib olinishi belgilangan
barcha masalalar bo’yicha tegishli xulosalar berish.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida O‘zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi, Markaziy b
ank, Davlat soliq qo’mitasi va ularning
quyi organlari alohida o’rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va
maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan
belgilanadi.
Moliya vazi
rligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan
organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
Mamlakatimizda
moliya
organlari
faoliyatini
tubdan
takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-
byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning
real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib
va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini
mustahk
amlash, byudjet mablag’laridan samarali foydalanishga
yo’naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta
ko’rib chiqish maqsadida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi hamda uning bo’linmalari faoliyatining ustuvor
vazifalari hamda yo’nalishlari etib belgilandi
46
:
46
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi “Moliya
organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-2847-son Qarori. http://www.lex.uz
iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va
ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning
ijtimoiy majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarishda, yirik
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning
mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini
oshirishga yo’naltirilgan yagona davlat soliq-byudjet siyosatini
amalga oshirish;
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab
chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xom ashyo, er-
suv hamda boshqa resurslar va uskunalardan oqilona foydalanishda
soliq hamda boshqa majburiy to’lovlarning rag’batlantiruvchi rolini
kuchaytirish yo’li bilan soliq tizimini izchil takomillashtirib borish,
soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliqlar hamda
boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lash tartibini
soddalashtirish,
shuningdek,
soliqlar
va
boshqa
majburiy
to’lovlarning to’liq yig’ilishini ta’minlash maqsadida ularning
stavkalarini optimallashtirish;
byudjetlararo
munosabatlarni
tubdan
takomillashtirish, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromad bazasini
barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni
subventsiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o’zini o’zi qoplay
olishini
ta’minlash, hududlar hokimliklari
bilan
birgalikda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda
Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida Davlat
byudjetiga qo’shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni
amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to’liq va
samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va
diversifikatsiyalash;
moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor
yo’nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal
rivojlantirishga, maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga,
belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real moliyalashtirish
manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda kreditorlik va
debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligini
moliyaviy qo’llab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini
joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar
belgilash
tartibini
takomillashtirishhamda
to’lov
intizomini
mustahkamlash;
byudjet tizimidagi byudjet mablag’laridan maqsadli hamda
oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala
xarajatlarini
kamaytirish,
nobudgarchilik
va
talon-torojlikni,
maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar,
idoralar, xo’jalik sub’yektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari
bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta
nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy
tamoyillari va usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini
ko’paytirish va ulardan samarali foydalanish bo’yicha takliflar ishlab
chiqish;
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining
asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va
xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash, Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan uning
zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan
pensiyalar hamda boshqa tegishli to’lovlarni tayinlash va o’z vaqtida
to’lash bo’yicha o’rnatilgan qoidalarning qo’llanilishini muvofiqlash-
tirish hamda ularni nazorat qilish;
sug’urta tashkilotlarining sug’urta munosabatlari
barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini
nazorat qilish, buxgalterlik hisobi va hisobotining yagona
metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish, auditorlik
faoliyatini
tartibga
solish,
mamlakatning
moliya
bozorlarini
rivojlantirish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok
etish;
davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya
vazirligi, uning markaziy apparati ham
da tarkibiy bo’linmalarining ish
shakllarini va usullarini tubdan takomillashtirish, moliya organlari
faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo’l qo’ymaslik,
inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini
ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o’z
vaqtida e’tiborqaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o’z
vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining
mas’uliyatini oshirish
Moliya organlarining ko’p qirrali nazorat faoliyati byudjetni
rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko’rib chiqish,
byudjet barcha daromadlarini to’plash, davlat byudjeti bilan tegishli
moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish
jarayonida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat
moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi mavjud bo’lib, u O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy
nazorati bosh boshqarmasi to’g’risida Nizom” 870-son Qaroriga
asosan faoliyat yuritadi.
Bosh boshqarma moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini,
byudjet tizimi byudjetlari mablag’lari maqsadli sarflanishini, moliyaviy
nazorat ob’ektlari tomonidan byudjet qonunchiligiga, shuningdek
byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi hisoblanadi.
Quyidagilar
Bosh
boshqarma
va
uning
hududiy
boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi:
byudjet tas
hkilotlarida byudjet mablag’larini boshqarish va
byudjet hisobini yuritish bo’yicha maxsus avtomatlashtirilgan
dasturiy mahsulotlar vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy
faoliyatini doimiy monitoring qilish;
byudjet qonunchiligiga rioya etish bo’yicha byudjet
tashkilotlari bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish;
byudjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag’lari va
moddiy boyliklarni talon-
toroj qilish, kamomadlarga yo’l qo’yish,
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda
ijro etish tartibini buzish va byudjet qonunchiligini boshqacha tarzda
buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-
sharoitlarini bartaraf qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab
chiqish;
masofaviy nazorat
ni keng ko’lamda qo’llash, zamonaviy
axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish
ob’ektlari va maqsadlarini aniqlash yo’li bilan kam samarali
taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda byudjet tashkilotlarini
tekshirish samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari va
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari
jamg’armalari
mablag’laridan foydalanishda byudjet qonunchiligiga hamda byudjet
va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni
amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati
ostida
jalb
qilingan
kreditlardan
(qarzlardan),
shuningdek
insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish mablag’laridan
maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
davlat maqsadli va boshqa jamg’armalari, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqa
jamg’armalar mablag’laridan foydalanishda qonunchilikka rioya
etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
o’z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko’rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlariga rioya etilishini
ta’minlash;
moliya inspektori lavozimi joriy etilgan tashkilotlarda aktsiz
solig’ini to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan
nazorat
o’rnatish;
paxta
tozalash
korxonalarida hisobga
olish
va hisobotning haqqoniyligi ustidan davlat nazoratini amalga
oshirilishini
ta’minlash.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari
muhim rol o’ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq
xizmati to’g’risida» 1997 yil 29 avgustdagi qonuni
47
soliq
nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bo’yicha soliq
organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq na
zorati soliq to’lovchilarni, soliq solish ob’ektlarini va
soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni hisobga olishning, shuningdek
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning
yagona tizimidan iboratdir. U davlat soliq xizmati organlari
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi
48
da keltirilgan
shakllarga asosan amalga oshiriladi.
Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator
muammolarni bartaraf etish maqsadida 2017 yil 18 iyulda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“
Soliq ma’muriyatchiligini
tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul
qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning
qu
yidagi muhim yo’nalishlari belgilandi:
47
O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni.
http://www.lex.uz.
48
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 y., 52 (I)-son.
http://www.lex.uz
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil
uslublarini keng joriy etish, soliq to’lovchilarga, eng avvalo,
tadbirkorlik sub’yektlariga to’g’ridan-to’g’ri muloqotsiz elektron
xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish;
soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazaning o’z
vaqtida hamda ishonchli hisobga
olinishini ta’minlash, vakolatli
organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish
masalalari bilan bog’liq bo’lgan ishonchli axborotini o’z muddatida
taqdim etish bo’yicha mas’uliyatini oshirish;
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to’lovchilarga har
tomonlama
ko’maklashish,
soliqqa
oid
huquqbuzarliklar
profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq
to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini
amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
m
akroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning
soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob’ektlarini to’liq
qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta’minlash
bo’yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;
faoli
yat
ko’rsatmayotgan
korxonalarning
faoliyatini
tiklashga har tomonlama ko’maklashish, past rentabelli va zarar
ko’rib
ishlayotgan
korxonalarning
moliyaviy
ahvolini
sog’lomlashtirish,
o’zaro
hisob-kitoblar
mexanizmlarini
mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga
yo’l qo’ymaslik orqali soliq
solinadigan bazani kengaytirish;
soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va
mahalliy
byudjetlar
daromadlarini
oshirishning
qo’shimcha
zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va
idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan
hamkorlikni yanada kengaytirish;
kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo’yish, soliq organlarini
yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan
to’ldirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek
xodimlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular
uchun xizmatni o’tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
soliq
qonunchiligi,
soliqlar
hamda
O‘zbekiston
Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya fondiga majburiy
to’lovlarning o’z vaqtida hisoblab yozilishi, to’liq va o’z vaqtida
to’lanishini nazorat etish;
soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini
ta’minlash, soliq to’lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda
yordam ko’rsatish, soliq bo’yicha qoidabuzarliklarni aniqlash,
ogohlantirish va to’xtatib qo’yish.
Davlat soliq xizmati organlari o’z vakolati doirasida quyidagi
huquqlarga ega:
soliq to’lovchilarda (jumladan soliq to’lovchilar bilan
bog’langan
qarshi
sub’yektlarda)
O‘zbekiston
Respublikasi
nobyudjet Pensiya
fondiga majburiy to’lovlarning o’z vaqtida
hisoblab yozilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi bilan bog’liq bo’lgan
moliyaviy hujjatlarni, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan
bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga
ke
ladigan
masalalar
bo’yicha
zarur
bo’lgan
tushuntirish,
ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar
hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit
tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib
qo’yish.
Davlat soliq xizmati organlari o’z zimmalariga yuklatilgan
vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat
hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruv organlari,
statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan
o’zaro birgalikda bajaradilar. Ko’rsatilgan organlar va tashkilotlar
soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan
davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi
kurashda yordam berishlari shart.
Ko’rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq
nazoratini tashkil etish Davlat soliq qo’mitasi va uning organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini
huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-
sonli “Davlat
soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada
takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom”
49
yangitdan
t
asdiqlandi. Ushbu nizomga muvofiq Davlat soliq qo’mitasi soliq
to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy
manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini
ta’minlash
49
Izoh: dastlab ushbu nizom Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 maydagi
180-son Qaroriga muvofiq qabul qilingan edi.
sohasidagi nazorat bo’yicha respublika davlat boshqaruvi organi
hisoblanadi va o’z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga bo’ysunadi. Davlat soliq qo’mitasining moliyaviy
nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq to’lovchilar tomonidan soliq
qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy
to’lovlarning to’g’ri hisoblab yozilishi, ularning to’liq va o’z vaqtida
to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qo’mitasi zimmas iga soliq nazorati bo’yicha bir
qator vazifalar yuklatilgan:
davlat soliq siyosatini amalga oshirish;
soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z
vaqtida to’lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli
jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’liq
miqdorda tushishini
ta’minlash;
soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish
bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlarning to’liq va o’z vaqtida hisobga
olinishini ta
’minlash, ularni to’liq qamrash va hisobga olish
mexanizmlarini takomillashtirish, Soliq to’lovchilar identifikatsiyalash
tartib raqamlarining yagona reestrini yuritish;
soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini
ro’yobga chiqarish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini
olish, aniqlash va ularga barham berish bo’yicha kompleks
tadbirlarni amalga oshirish;
pul mablag’larining noqonuniy aylanishi manbalariga barham
berish, naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga
oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan banklar
kassalariga o’z vaqtida va to’liq topshirilishi yuzasidan tizimli
nazoratni
ta’minlash;
soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlarni
ta’minlash, soliq to’lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda
yordam
ko’rsatish,
ularga
ko’rsatiladigan
axborot-maslahat
xizmatlari turlarini kengaytirish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-
xo’jalik faoliyati
yuzasida
n qat’iy nazoratni amalga oshirish;
davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o’z
ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat
darajasini yaxshilash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tizimida 2000
yil 13 martdagi Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qarori bilan Bosh
nazorat-taftish boshqarmasi
50
tuzilgan bo’lib, uning Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo’linmalari mavjud.
Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan soliq to’g’risidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida
to’lanishini nazorat qilish; soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash,
ularning oldini olish, ularga barham berish;
fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari faktlari to’g’risidagi
xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish;
soliq to’lovchilar bilan soliq qonunchiligiga rioya etilishini
ta’minlash bo’yicha ish olib borish.
Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib
chiqib, bosh boshqarmaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Davlat moliyaviy nazorat
i bo’yicha funksiyalarni bank tizimi ham
bajaradi.
O‘zbekiston
Respublikasining
«O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to’g’risida» 1995 yil 21 dekabrdagi
qonuni
51
ga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qo’llab-quvvatlash,
omonatchilar
va
kreditorlarning
manfaatlari
himoyalanishini
ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini tartibga
solishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo’yicha o’z
vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini
amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik
hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan
bajarilishi majburiy bo’lgan qoidalarni belgilaydi.
Mamlakatimizda bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi
ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada
takomillashtirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar Markaziy bank
faoliyatining ustuvor yo’nalishlari etib kuyidagilar belgilandi
52
:
50
Davlat soliq qo’mitasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 646-sonli buyrug’i
asosan “Davlat soliq qo’mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi
to’g’risi Nizom”i tapsdiqlangan. http://www.soliq.uz
51
oxirgi o’zgartirish O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 yanvardagi
O‘RQ-456- sonli Qonuni bilan kiritilgan. http://www.lex.uz
52
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PF-5296
-son Farmoni.
http://www.lex.uz
birinchidan, asossiz inflyatsion kutilmalarni oldini olish
maqsadida inflyatsion targetlashning printsip va mexanizmlarini
bosqichma-bosqich tatbiq qilish bilan pul-kredit siyosati va uning
instrumentlarini tubdan takomillas
htirish, ushbu usulga o’rta muddatli
istiqbolda to’liq o’tish va pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan
siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
ikkinchidan, inflyatsiya omillarini chuqur o’rganish va to’lov
balansini hisobini yuritish va tahlil
qilish tizimini to’liq shakllantirish
asosida pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga
oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va
tadqiqot bazasini rivojlantirish;
uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish
mexanizmlarini, shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga
keladigan muammolarni dastlabki bosqichlarida aniqlash va ularni
bartaraf etuvchi choralar ko’rish imkonini beruvchi tijorat banklar
tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini takomillashtirish;
to’rtinchidan, o’rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni
barqaror o’sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank
tizimini rivojlantirish, tijorat banklar va tadbirkorlik sub’yektlarining
o’zaro to’liq sheriklik munosabatlarini shakllantirish, aholining bank
tizimiga
ishonchli
institutsional
sherik
sifatida
ishonchini
mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
beshinchidan, to’lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan
real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va
bank operatsiyalarini o’tkazish imkonini beruvchi masofadan bank
xizmatlari ko’rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot
almashinuvi tizimini tashkil etish;
oltinchidan,
nobank
kredit
tashkilotlarining
moliyaviy
barqarorligini kuchaytirish, shuningdek ularning faoliyati ustidan
nazoratni kuchaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
ettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy
manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga
moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:
banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va
tekshirish, ularning faoliyati, jumladan operatsiyalari to’g’risida
a
xborot, ma’lumotlarni so’rash va olish;
olingan axborot, ma’lumotlar bo’yicha tushuntirishlar talab
qilish;
banklarning ichki auditi bo’yicha talablar belgilash;
bank aktivlarini sifat bo’yicha tasnif qilish va aktivlar bo’yicha
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun shunday zaxiralar
tuzishni talab qilish;
banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni
bartaraf etish bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan yozma buyruqlar,
ko’rsatmalar jo’natish.
Davlat moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa
organlar ham bajaradi. Bu, xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi
53
ga taalluqli
bo’lib, u o’z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi vazirlar
Mag’kamasining
1996
yil
30 martdagi 126-son li qarori bilan tasdiqlangan
“
O‘zbekiston
Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar
bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to’g’risida”
Nizom
54
ga asoan olib boradi. Markaz zimmasiga barcha davlat
organlari va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan qimmatli
qog’ozlar to’g’risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish
vazifasi yuklatilgan.
Dostları ilə paylaş: |