T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Ks = 
Hmo : Rmo 
 
Bu yerda: Ks 
– moliyaviy oqim samaradorligining 
koeffitsienti; 
Hmo 
– davriy koeffitsientga o’zgartirilgan 
(korrektirovka qilingan) haqiqatdagi 
moliyaviy oqim; 
Rmo - rejadagi moliyaviy oqim. 
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini 
o’zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va 
mikrodarajalarida 
(korxonalar, 
firmalar, 
korporatsiyalar 
va 
boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va 
samaradorligi nazorat qilinadi. 
Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushi-shini (oqib 
kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. 
Aksincha, pul mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan 
moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy 
ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy 
moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. Bunday sharoitda 
korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’-larining miqdorini aks 
ettiruvchi sof moliyaviy oqimning b
o’lishi ta’minlanadi. Sof moliyaviy 
oqim korxona moliyaviy salohiyatining o’sish, ular daromadlarining 
kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion 
imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi. 
Korxona va korporatsiyalar sof moliy
aviy oqimining o’sishi ular 
rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim 
shart-sharoiti hisoblanadi. 
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir 
necha 
ko’rsatkichlar mavjud: 

bir ishlovchi 
to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning 
miqdori;


inflyatsiya darajasi va dinamikasi;


davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit);


oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi.



Davlatning 
moliyaviy 
ahvoli 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
kompleksi faoliyatining natijasidir. 
Jahon taraqqiyoti tendentsiyalarining ko’rsatishicha, hozirgi 
sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkam-lashning asosiy joriy 
va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) 
to’planishi (jamg’ari-lishi) va uni iqtisodiy o’sishning innovatsion- 
investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiy- 
lashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi muammolarni (maorif, 
sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, hayotning 
sifat darajasini oshirish bilan birga-likda, iqtisodiy taraqqiyotning 
kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi 
salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir. 
Davlat qarzlarini o’z vaqtida qaytarish (uzish) davlat-ning 
moliyaviy ahvolini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri 
hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir 
tomonlama 
tartibda 
qabul 
qilingan 
xalqaro 
moliya-kredit 
majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning 
o’zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish 
muddatlari bo’yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda 
choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak. 
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy 
ahvol to’lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa 
sub’yektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini o’z 
vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi. To’lovga qobillik bu 
korxona barcha pul aktivla
ri (Pa) va to’lov muddati kelgan (yoki 
o’tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) o’rtasidagi nisbat demakdir. 
Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun to’lovga qobillik koeffitsienti 
(TQk) doimo birdan yuqori (katta) bo’lishi kerak: 
Pa 
Tqk = 
--------- 


Mm 
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik
aylanma aktivlarning o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik 
ko’rsatkichi va boshqa shu kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to’lov 
majburiyatlar
i va uning moliyaviy imkoniyatlari o’lchamini 
balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir 
(balansidir). U o’z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul 
mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini 
oladi. Bu nar
sa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining 


harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash 
imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida korxonaning to’lovga 
qobilligini boshqarish amalga oshiriladi. 
Moliyaviy oqimlar 
byudjeti bu korxona to’lovga qobilligining 
kengaytirilgan koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni 
(daromadlar qismi) o’ng tomoniga teng yoki undan katta bo’lsa, 
unda korxona to’lovga qobildir. Agar uning o’ng tomoni (xarajatlar 
qismi) chap tomonid
an oshsa, u holda korxona to’lovga qobil emas 
hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag’larining 
tushilmalari va ularning sarflanish yo’nalishlari bo’yicha bir-biri bilan 
o’zaro bog’liq bo’lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat 
bo’lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to’g’ridan-to’g’ri 
(bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet 
va boshqalardan) asoslanadi. 
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsif-nomalari orqali 
korxonaning faoliyati ifoda-lanadi. Ular ishlab chiqarish barcha 
omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda 
sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy 
boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali 
ishlab chiqarish, mahsulot sotish, resurslarning aylanuvchanligi, 
xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini 
ko’zda tutadi. 
Moliyaviy 
oqimlar 
byudjeti 
bu 
haqiqatda 
turli 
davriy
muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli 
davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq 
istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish 
korxonaning to’lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va 
kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini 
ta’min-laydi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin