T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Shaxsiyatni k
o‘rasiz. Uning o‘tkir aqli, mustahkam eʼtiqodi, behad keng
tafakkuri, kuchli xotirasi, siyosat va harb ilmidagi mahorati sabab men
Boburshohga oshiq b
o‘ldim. Dastlab, uning «Boburnoma» kitobini o‘qidim.
O‘qiganim sari qarshimdan juda g‘ayritabiiy, xislat va fazilatlari odamni
sehrlab
q
o‘yadigan bir Inson paydo bo‘ldi. Xohlasangiz ham,
xohlamasangiz ham, Boburshohni hurmat qilib boraverasiz. Men bunday
shijoatning, bunday jozibaning manbasiga k
o‘prok qiziqdim, o‘rgandim.
Xulosam shu b
o‘ldiki, Boburshohning qudrati Islom ekan. O‘n ikki ming
lashkar bilan yuz ming q
o‘shin qarshisiga chiqish uchun, o‘ylab ko‘ring,
inson kim b
o‘lishi kerak? Yoki bu qanday odam bo‘lishi mumkin? Yoki o‘n
ikki ming odam yuz ming kishilik q
o‘shin bilan jang qilishga rozi. Ularni
qanday qilib bu y
o‘lga boshlash mumkin, axir? O‘n ikki ming inson yuz ming
nafar askar r
o‘parasiga chiqar ekan, ularni qanday ishonch vositasida
tarbiyalangan ekan? Meni shu lol qoldirdi. Eng hayratlanarlisi, ana shu
o‘n
ikki ming yuz mingni tor
–mor qildi. Аminmanki, Boburshoh ham, uning
q
o‘shini ham o‘limni bo‘yinga olib urushga chiqqan edilar. Ular bu urushda
o‘lish bilan dunyo hayotidagi neʼmatlardan ko‘ra ulkan neʼmatga
erishmoqlariga inonmaganlarida bu y
o‘lga azm qilarmidilar? Yo‘q. Ular
uchun urushning natijasidan k
o‘ra urushning Maqsadi qiymatli bo‘lgani
aniq.
Аna shu Maqsad ularni muzaffar etdi. Bu Maqsadni Boburshoh o‘z
qalbiga jo etib, lashkarini ham shu Maqsad kuchi bilan maydonga olib
chiqqan edi.
Men bu Maqsadni
Аllohning roziligi bo‘lganiga ishonaman. Boburshoh
Аlloh uchun Islom fathini amalga oshirishni istadi, niyati to‘g‘ri ekan, Аlloh
unga bu sharafni berdi.
Аna shunday xayollar, xulosalar meni to‘lqinlantirib yubordi,
Hindistonga shunday zavq va ishtiyoq ila uchdim...