Kurs ishining obʻekti: Maktabgacha ta’lim tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Kurs ishining predmeti: Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining Maktabgacha ta’lim tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini o’rganilishi va ularni oʻqitish usullari ilmiy-tadqiqot metodlarining mazmuni, shaklini kasbga yoʻnaltirish ishlari.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish qismi, ikkita bob, to’rta reja xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
I Bob. MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI 1.1. Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o’rganadi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi tug’ildan to yetti yoshgacha bo’lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganadi va maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta'lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg’un rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi. U maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va maktab ishidagi izchillikni ta'minlaydi hamda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlaydi. Maktabgacha pedagogika umumiy pedagogikaning alohida sohasi bo’lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. Maktabgacha pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta'limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog’liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi.
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta'lim nazariyasi, yunoncha didaktikos – “o’rgatuvchi”, didasko – “o’rganuvchi”) ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’qituvchi faoliyatlari, ta'limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo’llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.
Maktabgacha pedagogika fanining ob'ekti – yaxlit maktabgacha pedagogik jarayon.
Maktabgacha pedagogika fanining predmeti – maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari. Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari. Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta'minlashga alohida hissa qo’shadi. Maktbgacha pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg’un rivojlantirish, ularni maktab ta'limiga tayyorlash vazifasini muvafaqqiyatli hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e'tibor qaratiladi: 1. Har tomonlama uyg’un rivojlangan bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish. 2. Bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta'lim tizimi tajribasini o’rganish asosida ta'lim tizimini takomillashtirish. 4. Maktabgacha ta'lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar faoliyati mazmunini asoslash. 2-rasm. Maktabgacha pedagogika fanining asosiy vazifalari 5. Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 6. Tarbiyachilarni maktabgacha pedagogikaga oid bilimlar hamda ta'limtarbiya usullari bilan qurollantirish. 7. Ta'lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish. 8. O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish. 9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari Bizga yaxshi ma'lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e'tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha pedagogika fanining asosiy kategoriyalari maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi shaxsi kamolotini ta'minlash, ta'lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: ta'lim (o’qitish, o’qish), tarbiya, ma'lumot, shakllanish va rivojlanish.
Ta'lim – tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. Ta'lim o’zida uch asosiy elementni aks ettiradi: bilim, ko’nikma va malaka. Bilim – tarbiyalanuvchining ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmui. Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ta'lim ikki tomonlama tavsifga ega bo’lib, o’qitish va o’qishni o’z ichiga oladi. O’qitish – pedagogik faoliyat bo’lib, u bilim, ko’nikma va malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir. O’qish – ta'lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir. Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, keng va tor ma'nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma'noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta'sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. Tarbiya – muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ma'lumot – ta'lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Shakllanish – pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo’lib, ko’pincha “shaxsning shakllanishi” tarzida ishlatiladi. Jumladan, pedagog olim Y.K. Babanskiy shaxsning shakllanishi pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo’lib, muhit, irsiyat, tarbiya ta'sirida uning rivojlanishi jarayoni va natijasidir, degan ta'rifni beradi. V.A. Slastenin, I.F. Isayev, Y.N. Shiyanovlarning fikricha, shakllanish – hayotiy faoliyat jarayoni va maxsus tarbiyaviy xatti-harakatlar ta'sirida inson rivojlanishining muhim shakli. Shaxsning shakllanishi – bu ijtimoiylashuv, tarbiya va o’zini-o’zi rivojlantirish jarayoni va natijasi. Shakllantirish – “aniq shaklga kiritish, tugallanganlik”ni bildiradi. Bizningcha, shakllanish pedagogik tushuncha sifatida zamonaviy yondashuv asosida I.P. Podlasiy tomonidan to’liqroq ochib berilgan: “Shakllanish – hech qanday istisnosiz omillar – ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik va boshqalarning ta'sirida insonning rivojlanish jarayoni.
Shakllanish – undan keng foydalanilayotganligiga qaramay, hali to’liq o’zlashtirilmagan pedagogik kategoriya. Shakllanishning mazmuni ba'zi holatlarda juda qisqarib ketadi, ba'zan esa, haddan tashqari kengaytirib yuboriladi. Avval nashr etilgan pedagogik adabiyotlarda shakllanish atamasi ba'zan boshqarilmaydigan, shaxsga ta'sir ko’rsatuvchi tasodiflarni aniqlash uchun qo’llanilgan. Masalan, pedagogika qo’llanmasining taniqli muallifi P.N. Gruzdev shakllanishni stixiyali tarbiya – “ongli faoliyatdan mustaqil tarzda odamlarga ta'sir etuvchi turli shart-sharoitlar” deb nomlashni taklif etgan”.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Boshqacha aytganda, rivojlanish deganda tarbiyalanuvchining psixikasi va jismoniy taraqqiyotida bosqichma-bosqich va qonuniy o’zgarishlarning sodir bo’lishiga aytiladi. Rivojlanish – bu yangi sifat holatiga o’tish, harakat va o’zgarishlar jarayoni. Maktabgacha pedagogikada rivojlanish haqida gap ketganda yoshga doir (maktabgacha yosh davrlari bilan bog’liqlikda rivojlanishning o’ziga xosliklari va qonuniyatlari), individual (rivojlanishning individual o’ziga xosliklari), shaxsiy (bolada shaxsiy sifatlarning yuazaga kelishi va ularning o’ziga xosliklari) rivojlanishni alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq.