talablar Mutaxassislarning ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyatilari.
Oliy ma’lumotli mutaxassis jamiyatni ilmiy texnik rivojlanishi
uchun, yuqori ijodiy va ijtimoiy mutaxassis bolishi kerak.
Bakalavr mutaxassis dunyo taraqqiyoti nuqtai nazaridan
respublikaning tarixiy va hozirgi vaqtdagi jarayonlari va vazifalari,
o‘z fikrini dalillar asosida isbotlash qobiliyatiga ega bolishi kerak.
U jamoatchilik mahoratiga, kasbiy va ijtimoiy faoliyatiga, odamlar
bilan ishlashda tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni olib borishi,
topshiriqlarni bajarishda kasbiy yondosha bilish, ularni ijtimoiy,
ekologik oqibatlarini va etika talablariga javob berishi hisobga
olgan holda, o‘z faoliyatida ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy vazifalarni
yechishda, o‘z vazifasi va o‘rnini aniqlashi kerak.
Mutaxassis chuqur ilmiy tayyorgarlikka ega boiib o‘z bilimini
doimo yangilab va boyitib boradi, hamda jamoat mehnatiga
rahbarlik qilishning ilg‘or usullarini bilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mutaxassis - iqtisodiy qonuniyatlar
va bozor iqtisodiyoti kategoriyalari, so‘nggi qarorlar, ishlab chiqarish
sharoitlaridagi qonun, qaror va farmonlar, mulkka egalik turi, ishlab
chiqarishni tashkil qilish va boshqarish haqidagi bilimlarga ega
bolishi kerak.
Mutaxassis yuqori insoniylik va axloqiy sifatlarga ega bo‘lib,
bajarilgan ishga javobgarlikni his etishi kerak.
U davlat va millatlararo tilda erkin gapiradigan va yozadigan
bolishi, savodli, nutq so‘zlaydigan, o‘z kasbi faoliyatida hech
bolm aganda birorta chet tilidan foydalana olishi, o‘z Vatani va
dunyo madaniyatining asosini bilishi, doimiy ravishda ma'naviy va
jismoniy kamolotga intila borishga ehtiyoj sezishi kerak.
52
«Suv xo‘jaligi va meiioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muhandis-mexaniklar faoliyatining