T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


asosiy turlari va vazifalari



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   188
Mutaxassislikka kirish

asosiy turlari va vazifalari
Chuqur ilmiy va amaliy bilimga ega bo‘lgan keng sohadagi 
muhandis-mexanik qurilish ishlarini mexanizatsiyalashtirish, suv 
xo'jaligi va meliorativ tizimlarni qayta tiklash hamda ulardan 
foydalanish, qurilish, konstruktorlik, mashinalardan foydalanish, 
ilmiy tekshirish va o'quv tashkilotlarida, tuzatish ustaxonalarida, 
meliorativ va qurilish mashinalarini ishlab chiqaradigan va tuzata- 
digan zavodlarda, suvdan foydalanish uyushmalari, fermer xo‘jalikla- 
rida, irrigatsiya tizimi boshqarmalari va ularga tegishli bo‘lgan tash- 
kilotlarda va boshqa tegishli sanoat korxonalarida ishlashi mumkin.
Qurilish va foydalanish tashkilotlarida muhandis-mexanik 
tashkiliy texnik ishlarni, meliorativ va qurilish mashinalarini ishga 
yaroqli ahvolda saqlab turish uchun mehnat jamoalarida texnologik 
va muhandislik rahbarliklarini, mashinalarni tuzatishni va ularga 
texnikaviy xizmat ko‘rsatishni zamonaviy usullarini qo‘llashga, 
mehnatni tashkil qilishga, ish unumdorligini oshrishga, tuzatish va 
texnik xizmat ko‘rsatishni sifatini oshirish va vaqtini kamaytirish, 
mashina ish unumdorligini va ishonchliligini oshiradigan, ish 
bajarishda quvvatni va xom ashyoni kamaytiradigan, tabiatni 
muhofaza qilishni ta'minlaydigan yangiliklardan foydalanish va 
ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish ishlarini bajaradi.
0
‘z ish faoliyati davrida muhandis-mexanik ishni tashkil qilishda 
faqat xavfsiz mehnat uslublarini qo'llashni, mehnatni muhofaza 
qilishni, ishchilarni tozalik (gigiyenik) va ijtimoiy himoyasini bilishi 
kerak.
Tuzatish korxonalarida muhandis-mexanik detallarni tuzatish- 
ning ilg‘or turlari va usullarini qo‘llab, mehnatga haq toMashni 
rivojlantirib, yangi texnologik va avtomatlashtirilgan qurollarni 
tatbiq etib, asbob uskunalarni, moslama va dastgohlarni ishlashini 
ta’minlashga, meliorativ va qurilish mashinalarini tuzatishda ularni 
to‘xtatmasdan ishlashini ta’minlash, tuzatish turini aniqlash kabi 
ishlarni mehnat jamoalari yordamida amalga oshiradi.
53


Keng sohadagi muhandis-mexaniklarni 0 ‘zbekiston Qishloq 
va suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa xalq xo‘jaligi korxona hamda 
tashldlotlari ishlab chiqarishi uchun tayyorlashdan tashqari, ular 
tayyorlaydigan mutaxassislar suv xo'jaligi va meliorativ ishlarni 
mexanizatsiyalash sohasi bo'yicha konstruktorlik va ilmiy-tekshirish 
ishlarini va shu soha bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv 
yurtlarida o‘qituvchilik ishlarini bajarishi mumkin.
Oliy o‘quv yurtini bitirgan malakali muhandis-mexanik suv 
xo‘jaligi va meliorativ ishlarini mexanizatsiyalashtirish bo'yicha 
o‘ziga xos bo‘lgan hamma masalalarni zamonaviy usullar bilan 
yechishga, hamda ilmiy - texnikaviy rivojlanishni va kelajakni 
aniqlaydigan muammolarni yechishga qodir bolishi kerak.
Oliy o‘quv yurti ushbu malakaviy tavsifnoma bo‘yicha tegishli 
tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga javob beradi.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin