Kremniy. Ushbu element barcha o`simliklarda topilgan. Ayniqsa uning miqdori hujayra devorida ko`pdir. Kremniy o`simliklar poyasining mustahkamligini ta’minlaydi. O`simliklar oziqlanishi muhitida Si2+ ionlarining yetishmasligi makkajo`xori, suli, arpa, bodring, pomidori, tamaki kabi o`simliklarning o`sishining sekinlashishiga olib keladi. Shuningdek ushbu elementning yetishmasligi hujayra devorining ultratuzilishining buzilishiga olib keladi.
Alyuminiy. Bu element ham makroelementlarga taalluqli, ammo A13+ ionlarining zarurligi faqatgina ayrim o`simliklar uchun isbotlangan xolos. Xususan paparotniklar va choy o`simligi A13+ ionlarini ko`plab to`plashi ma’lum. Masalan, choy o`simligiga A13+ ionlari yetishmasa uning barglarida xloroz hodisasi kuzatiladi, ammo alyuminning yuqori miqdorlari o`simlikga zaharli ta`sir qiladi. Chunki uning yuqori miqdorlarida A13+ fosfor bilan bog`lanadi bu o`z navbatida o`simliklarda fosfor ochligiga olib keladi.