Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə129/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   203
majmua

NAFAS OLISH KOEFFITSENTI O‘simliklarning nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning yutilgan kislorodga bo‘lgan nisbatiga—nafas olish koeffitsienti deyiladi (NK): Biologik oksidlanish jarayonida uglevodlardan tashqari boshqa organik moddalar (yog‘lar, yog‘ kislotalari, oqsillar va boshqalar) ham ishtirok etishi mumkin. SHuniig uchun nafas olish jarayonida ishtirok etadigan organik modda turiga qarab nafas olish koeffitsientining darajasi ham har xil bo‘ladi. Nafas olish jarayonida uglevodlar ishlatilsa, koeffitsient birga teng bo‘ladi:

C6H 12O6 + 6O2 = 6CO2 + 6H2O + energiya

CHunki bir molekula glyukozaning oksidlanishi uchun olti molekula kislorod yutiladi va olti molekula karbonat angidrid ajralib chiqadi. Nafas olish jarayonida yog‘ kislotalari va oqsillar ishlatilsa, nafas olish koeffitsienti birdan kichik bo‘ladi. CHunki bu organik moddalarning tarkibida kislorodning miqdori uglerod va vodorodga nisbatan juda kam, shuning uchun ularni oksidlantirish uchun ko‘proq kislorod sarf etiladi. Masalan, stearin kislotasining biologik oksidlanishi:

C18H36O +26O2 = 18CO2 +18H2O +energiya

Nafas olish jarayonida organik kislotalar ishlatilsa, nafas olish koeffitsienti birdan yuqori bo‘ladi. CHunki bu molekula tarkibida kislorod uglerod va vodorodga nisbatan ko‘p va uni oksidlantirish uchun kamroqq kislorod sarflanadi. Masalan, otquloq kislotasining biologik oksidlanishida nafas olish koeffitsienti 4 ga teng:

2C2H2O4 + O2 = 4CO2 + 2 H2O +energiya

Nafas olish koeffitsienti darajasining nafas olish mahsulotiga bog‘liqligi faqat kislorod miqdori etarli sharoitda sodir bo‘ladi. Lekin oksidlanish kislorodsiz (anaerob) muhitda borganda nafas olish koeffitsientining darajasi o‘zgarishi mumkin. Masalan, urug‘lar kislorod kam yoki anaerob sharoitda nafas olganda (suvga botirilib saqlansa) havodan O2 yutilmaydi, lekin CO2 ajralib chiqadi. Bunda nafas olish koeffitsienti birdan yuqori bo‘ladi.

Nafas olishning shakliy tenglamasi bu murakkab fiziologik jarayonni to‘la tavsiflay olmaydi. CHunki bunda juda ko‘p oraliq reaksiyalar sodir bo‘ladi. Natijada kimyoviy energiya oz-ozdan ajralib chiqadi va o‘zlashtiriladi, o‘zlashtirilmay qolgani esa issiqlik energiyasiga aylanadi va taraladi.Nafas olishda organik moddalarning kislorod yordamida anorganik moddalarga parchalanishi mazkur jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari borligini ko‘rsatadi. CHunki organizmdan tashqarida bu organik moddalar molekulyar kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Nafas olish jarayonining ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab, nafas olish ximizmining hozirgi zamon tushunchasiga asos solgan olimlar: A.N.Bax, V.I.Palladin va S.P.Kostichevlar xisoblanadilar.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin