O‘SIMLIKLARNING XARAKATLARI. O‘simliklarning o‘suvchi organlari tashqi ta’sir natijasida egilishi, yotib qolishi va yangidan yana tik bo‘lib o‘sishi mumkin. Bu ulardagi harakatlar natijasidadir. O‘sish harakatlari bir necha xil bo‘ladi: tropizmlar, nastik harakatlar, nutatsiya harakatlari va boshqalar.
TROPIZM VA NASTIYALAR
Tropizmlar. O'simlikka bir tomonlama ta’sir qilganda paydo bo'luvchi harakatlanishdir. Tropizm-egilish, burilish manosini beradi. Tropizmga sabab bu o'simlik o'suvchi qismining bir tomon hujayrasi tez o'sishi va o'sish sekinlashgan tomonga burilishidir. Tropizm musbat va manfiy bo'ladi. Ta’sir etuvchi manbaga qarab, harakatlanish musbatdir. Tropizmlar o'simliklarning oziq muhitiga tomon harakatlanishi, ayrim hollarda esa zararli ta’sirlardan ham himoyalanishini taminlaydi. Hozirda birmuncha tan olingan Xolodniy-Vent nazariyasiga asosan bir tomonlama ta’sir qiluvchi omillar (quzg'atuvchilar) ta’sirida o'simliklar organlarida to'qimalarning kundalang qutblanishi sodir bo'ladi. Buning natijasida ISK birikmasining tashiluvi va u tufayli o'simlik organlarining o'sishi ham assimetrik bo'lib qoladi. Hozirgi zamon fanining ma’lumotlariga qaraganda tropizmlar mexanizmida auksin gormonidan tashqari boshqa gormonlar ham ushbu jarayonda ishtirok etishi mumkin. Masalan ildizlardagi abtssiz kislotasi ham tropizm harakatlarida qatnashadi.
Tropizm laming tabiatiga qarab uning bir qancha xillarini ajratib ko'rsatish mumkin. Masalan, geo-, foto-, tigmo-, gidro-, aero-, termo-, elektro-, travmo- va avtotropizmlar. Musbat tropizmlarda o'simliklarning harakatlari quzg'atuvchilarga tomonga qarab bo'ladi. Manfiy tropizmlarda esa uning teskarisi ro'y beradi. O'simlik organlarining quzg'atuvchiga nisbatan joylashishi ham har xil bo'lishi mumkin. Agarda organlar quzg'atuvchilar bo'ylab joylashgan bo'lsa ortotrop, to'g'ri burchak ostida joylashgan bo'lsa diatrop, boshqa har qanaqa burchak ostida joylashgan bo'haplagiotrop deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |