O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARGO’NA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI 20.65-KIMYO YO'NALISHI TALABASINING NOORGANIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI Mavzu: Alyuminiy oksidning olinishi vaxossalari
Bajardi:______________________D. Turdaliyeva
Qabul qildi:___________________X. Abdikunduzov MUNDARIJA: Kirish…………………………………………………………………….…..4 I.Asosiy qisim………………………………………………………….…….6
1.1. Asosiy guruppa elementlari…………………….…………………….….6
1.2. Qo’shimcha guruppa elementlari……………. ……………………….…8
1.3. Guruppa elementlariga umumiy xarakteristika ………………………….9
1.4. Alyuminiyning olinishi………………………………………………….10
1.5. Alyuminiyning xususiyalari……………………………………………..13
1.6. Alyuminiy birikmalari …………………………………………………..15
1.7. Al2O3 olinishi va xossalari……………………………………………….18
Xulosa………………………………………………………………………..34 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….35
Alyuminiy oksidning olinishi va uning xossalari.
REJA: Asosiy qism
1.1. Asosiy guruppa elementlari
1.2. Qo’shimcha guruppa elementlari
1.3. Guruppa elementlariga umumiy xarakteristika
1.4. Alyuminiyning olinishi
1.5. Alyuminiyning xususiyalari
1.6. Alyuminiy birikmalari
1.7. Al 2 O3 olinishi va xossalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Insoniyat taraqqiyotining fan va texnikasiz
tasavvur etish mumkin emas. Ana shu
taraqqiyot qonuniyatining mezonlari fan
tomonidan ochib beriladi. Shu asnoda u
insonni mulohaza qilishga o’rgatadi,
qobiliyatini, intelektual saviyasini yuksal-
tiradi. Bu haqda fikr yuritganda, kimyo
fanining imkoniyatlari naqadar kengligini
chuqur his qilish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishga ilmiy - nazariy asos bo’ldi. Bu qonunlarda o’quvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini shlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, o’quv tarbiya jarayoni sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Shu bois ham kadrlar tayyorlash miliy dasturida ko’zda tutilgan asosiy vazifalardan biri – shaxsga yo’naltirilgan uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni muntazam ravishda rivojlantirib borishdan iboratdir.
Ta’lim – jarayoni to’g’ridan - to’g’ri o’quvchi shaxsiga o’naltirilgandagina uning bilim olish, faol erkin va mustaqil fikrlash kabi ko’plab imkoniyatlari ro’yobga chiqadi.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta’lim bo’yicha o’quvchilarni o’quv fanlari bo’yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida ularning bilim olishga bo’lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari amaliy tajriba va mehnat ko’nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadryatlarga asoslangan ma’naviy ahloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishilozimligi qayd etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bajarilishi o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlaribilan ta’minlash ularda ta’limning milliy yo’naltirilganligi, ta’lim va tarbiya uzviy bog’liqligining ko’rsatilishi muhim ahamiyatga ega. Ma’naviyatni shakllantirishda bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil-bu ta’lim tarbiya tizimi bilan chambarchas bog’liqdir. Maktab ta’lim -tarbiya masalasi, davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan.
Hozirgi kunda mamlakatimiz, dunyo tan olayotgan mustaqil davlatlardan biriga aylanmoqda. Shunday ekan, uning kelajagi va ravnaqi istiqlol g’oyasi asosida ta'lim-tarbiya olayotgan mustaqil va teran fikrlaydigan ma'naviyatli barkamol yoshlar qo’lidadir.
Davlatimiz tomonidan barcha yoshlarga katta e'tibor berilmoqda. Mamlakatimiz yoshlarga ko’rsatayotgan bu kabi g’amxo’rliklar, avvalo Respublikamizda vujudga kelgan iqtisodiy-siyosiy va ma'naviy-mafkuraviy muhitning sog’lomlashuvi, milliy hayot tarzi va milliy fikrlash tarzining tiklanishiga, yoshlarga esa burch va mas'uliyat hissini oshishiga asos bo’lmoqda. Yurtimizning ertangi kuniga ishonch bildirayotgan, ayniqsa, uning kelajagi uchun tinmay o’qib izlanayotgan iqtidorli talabalarimiz, iste'dodli yoshlarimizda, ijtimoiy kayfiyat, milliy urf-odat va an'analarga bo’lgan munosabatlarining yuksak darajada shakllanishi jamiyatimizning kelajakdagi ravnaqini ta'minlaydi. Jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati aholining, ayniqsa yosh avlodning aqliy, axloqiy, huquqiy bilimi, tarbiyasi, jismoniy sog’lomligi, estetik madaniyati va ma'naviyatining yuksak darajada shakllanganligiga bog’liq. Yoshlarimizning har tomonlama kamolga yetishi, ma'naviyatli barkamol shaxs sifatida shakllanishi hamda ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari bevosita, ularga beriladigan maqsadli va to’g’ri g’oyaviy ta'lim- tarbiyaga asoslanadi.