Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 392,17 Kb.
səhifə5/8
tarix15.11.2022
ölçüsü392,17 Kb.
#69302
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi mavzu Alyuminiy oksidning olinishi va

1.5. Alyuminiy xususiyatlari.
Alyuminiy – kumush kabi oq yengi (d= 2,7 g/sm3) metal. Yoqlari markazlashgan kub panjarad kristallanadi (a= 4,04940A); 658,60C da suyuqlanadi, 2447 0C d qaynaydi; atom radiusi 1,43Ǻ, ion radiusi RAl3+ = 0,57A alyuminiyning ionlanish potensiali: I1 = 5,984 ev (Al → Al+), I2 =18,82 ev (Al+ → Al2+) va I3 = 28,44 ev (Al2+ → Al3+) qiymatlarg ega. Uning issiq o’tkazuvchanligi misning issiq o’tkazuvchanligining qariyib 50% ini, elektr o’tkazuvchanlig misning elektr o’tkazuvchanligining 65% ini tashkil qiladi Alyuminiy kuchsiz paramagnitlik namoyon qiladi. U nihoyatd plastic modda, sovuqda ham.Issiqda ham alyuminiyga mexanik ishlov berish qulay. Undan yupqa varaqa va ingichka simla tayyorlash mumkin. Alyuminiy ximiyaviy jihatdan juda aktiv metal; uning norma elektrod potensialki E0= - 1,67 v. Alyuminiyning kislorod bilan birikish qobilyati nihoyatd kuchli bo’lganligi sababli uning uzluksiz zich parda bilan qoplanadi bu parda metallga juda mahkam yopishgan bo’lib, alyuminiyn havoda, suv ta’sirida qizdirganda yemirilishdan saqlaydi. Kukun holidagi alyuminiy havoda qizdirilganda yonadi:
4Al + 3O2 → 2Al2O3 + 798 kkal.
Himoya pardasi ko’chirilgan alyuminiy suvdan vodorod ajratib chiqaradi. Alyuminiy, deyarli barcha kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi; konsentrlangan sovuq nitrat kislotada passivlanadi. Alyuminiy ishqorlarda erib alyuminatlarga aylanadi: bunda reaksiya natijasida vodorod ajralib chiqadi.
2Al + 2NaOH + 6H2O → 2Na[Al(OH)4] +3H2
Kislotalarda eriganda ham vodorod ajralib chiqadi:
Al +6HCl → 2AlCl3 + 3H2
Alyuminiy odatdagi temparaturada galogenlar bilan birikib alyuminiy galogenlarni hosil qiladi. Masalan, alyuminiy kukunining yod bilan aralashmasiga bir tomchi suv (bu yerda suv katolizatorlik vazifasini bajaradi) qo’shilganda issiqlik va yorug’lik chiqadigan quyidagi reaksiya sodir bo’ladi. 2Al + 3J2 →2AlJ3
Alyuminiy 8000C da azot bilan birikib alyuminiy nitrid AlN, 10000C da oltingugurt bilan Al2S3, 2000C da ko’mir bilan alyuminiy karbid Al4C3 hosil qiladi. Alyuminiy vodorod bilan bevosita birikmaydi, lekin yuqori temperaturada vodorodni eritadi, masalan, 10000C da 1 sm3 alyuminiy 0,2 sm3 vodorodni eritadi. Alyuminiy terimetil Al(CH3)3 bilan vodorod aralashmasidan elektr razryad o’tkazib alyuminiy gidrid (AlH3)x olish mumkin, alyuminiy gidrid oq tusli amorf modda, 1050C da parchalanadi. Ishqoriy metallarning alyuminiyli gidridlari, masalan, litiy alyuminiy gidrid Li[AlH4] katta ahamiyatga ega moddadir. Li[AlH4] hosil qilish uchun litiy gidrid va alyuminiy xloridining efirdagi eritmalari quyidagicha o’zaro reaksiyaga kiritiladi:
4LiH + AlCl3 → Li[AlH4] + 3LiCl
Li[AlH4] – efirda eriydigan, quruq havoda barqaror, 150oC bilan 1500oC orasida parchalanadigan kristall modda. U qaytaruvchi sifatida ishlatiladi. Uning efirdagi eritmasiga alyuminiy xlorid ta’sir ettirib alyuminiy gidrid olish mumkin:
4 Li[AlH4] + AlCl3 → 4AlH3 + 3LiCl



Yüklə 392,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin