Tadbirkor ayol: Ishbilarmon tadbirkor ayol,
Yurt buguni, porloq ertasi.
Rejalarin demang puch xayol ,
Korxonaning rahbar bekasi .
Imkon qo’lda qilmayman inkor,
Tadbirkorman, ayol-onaman.
Mansab, shuhrat arzimas zinhor,
Bolam deyman kuyib yonaman .
Zardo’z : Iplarimning zari tillodan,
Bezaklarda quyosh aks etar .
Momomeros asli xudodan ,
Igna tutsam ular raqs etar.
Zardo’stlik bu, hunar emas-san’at ,
Kasbim faxrim ammo onaman .
Mehrim ulug’ tuganmas davlat,
Bolam deyman , kuyib yonaman .
Olima : Zaxmat chekib tunlar ko’z ilmay ,
Jumboqlarning yetdim siriga .
Va aylandim so’ng bilib bilmay ,
Bilim qasrin asirasiga .
Martabam zo’r mashhur olima ,
Eng avvalo , shukur , onaman .
Tilda , dilda yolg’iz kalima ,
Bolam deyman , kuyib yonaman .
/She’r yakunida boshlovchi yigit va qiz chiqib barcha she’r o’qigan kasb egalari to-
mon o’ng qo’llarini ularga ishora holida she’r o’qiydilar.
B. Yigit :Qay bir kasbda , qanday mansabda ,
Ishlamasin , ayol-bu ona!
Pokiza va nasli nasabda,
Farzandiga mudom parvona .
B. Qiz : Jasoratda erlardan o’tar,
Ibo , hayo yo’l bermas xiyol .
Dilin faqat bir sevinch o’rtar,
- 8 - Bolam deydi , dunyoda ayol .
Bolalar “ Qizalaq “ qo’shig’ini aytib beradilar . So’ng “ Do’ppi tikdim “ raqsini ijro etib beradilar .
B.Tarbiyachi: Xalqimzda ayolni ezozlagan millatning qadri baland,
degan naql bor . Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida xotin-
qizlarni qo’llab-quvvatlash davlatimizning asosiy yo’nalishlaridan
biriga aylandi. Yurtboshimiz ta’sis etgan Zulfiya nomidagi Davlat
mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo’llab-qu-
vvatlash , rag’batlantirish, yangi marralar sari har sohada yetuk bo’li-
shlariga zamin yaratmoqda .Buni birgina sportchi qizlarimizning
Vatanimiz sharafini jahon miqiyosida munosib himoya qilayotganli-
gi misolida ko’rishimiz mumkin . Bundan tashqari ularning ilm –
fan , ta’lim , sog’liqni saqlash , ishlab chiqarish , san’t , adabiyot va
boshqa sohalarda o’z hissalarini qo’shayotganliklarini guvohi bo’la-
miz.