Narsa yoki hodisalar togrisidagi eng muhim boglanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Siz qalamni barmoqlaringiz bilan 20 sm balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga toshadi, uning taqillagani eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasavvur qilishimiz mumkin. Lekin biz bunda hodisalarni malum vaqt ichida birin - ketin sodir bolishini idrok qilamiz, holos. Ammo ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodisalarning bir - biriga qonuniy boglanishdagi chuqurroq sabablar va bundan kelib chiqadigan natijalar ochiladi.

Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ong jarayoni tariqasida sodir boladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya postining faoliyati mana shu jarayonning nerv - fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorning miyadagi uchlari ortasida vujudga keladigan murakkab boglanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorning bosh miya postidagi uchastkalari bir - biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir - biriga tutashib, bir - biri bilan chambarchas boglanib ketganligi sababli mazkur boglanishlarning vujudga kelishi osonlashadi. Ikkinchi signal tizimida muvaqqat boglanishlar vujudga kelishi, yuqorida aytib otilganidek, tafakkurning maxsus nerv -fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signal tizimining boglanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi.