“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
184
ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha Vaqtinchalik tartib ishlab
chiqildi. Ushbu tartibga ko‘ra xotin-qizlar
muammolarini o‘rganish uchun
quydagilar
tashkil topdi:
«Ayollar maslahat kengashi» — har
bir fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan va
jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi
tuzilma;
sektorlar — tumanlar (shaharlar) va
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish bo‘yicha tegishli mahalliy davlat
hokimiyati organining ko‘maklashuvchi
kollegial ishchi tuzilmasi;
Ehtiyojmand, kam ta’minlangan, ishsiz
va boshpanasiz oilalarni individual o‘rganish
maqsadida So‘rovnoma tashkil qilindi va
o‘tkazildi. So‘rovnoma nochor vaziyatdagi
shaxs haqidagi barcha
muammolarni
o‘rganishga imkon beradi.
Ushbu qarorga asosan olib borilgan sayi-
harakatlar tufayli mamlakat miqyosida juda
katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
-Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash
vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan
xotin-qizlar uchun
bakalavriatning kunduzgi
ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 foizli davlat
granti ajratildi;
- O‘zbekistonning barcha tuman va
shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand
oilalar va yoshlardan tashqari, ayollar bilan
manzilli ishlashga qaratilgan “temir daftar”
tizimi orqali qisqa muddatda 527 ming
fuqaroning bandligi ta’minlandi;
-so‘nggi 4 yilda
kichik yoshdagi bolalarni
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish
darajasi ikki barobar ortib, 60 foizga etkazildi,
bog‘chalar soni ham uch barobar ko‘payib 14
mingga etkazildi;
-2023-yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim
qamrovini 75 foizga yetkazish rejalashtirildi.
-YUNISEF hamda Jahon banki bilan
hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar
uchun maktabgacha ta’limni uyda
berish
modeli yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi;
- Yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab
olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetkazildi,
e’tiborli tomoni ularning aksariyati qiz bolalar
ekani bizni cheksiz quvontiradi.
Xususan, O‘zbekiston Xotin-qizlar
qo‘mitasining vazifalari qayta ko‘rib chiqildi,
tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitalari
tuzilmasida xotin-qizlar bilan ishlash va
oilalarda ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarni
mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis
lavozimi joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzurida ”Oila” ilmiy-
amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy
bo‘linmalari, xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-
quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi. Mahalla
va Oila vazirligi tashkil topdi.
Mamlakatimizda
misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirilayotgan
bo‘lsada, afsuski ayollarning barchasi
jamiyatda bo‘layotgan har bir vokea-xodisani
ongli taxlil eta oladigan, o‘tish davriga xos
qiyinchiliklarni enga oladigan xar tomonlama
etuk va bilimdon emas. Xotin-qizlar faolligini
oshirishda hali o‘z yechimini kutayotgan
muammolari talaygina. Bu muammolarni
bartaraf qilishda jamiyatda sog‘lom, kuchli
va adolatli ijtimoiy muhit yaratish zaruriyati
yuzaga keladi.
Darhaqiqat, tabiiy muhit - insonning
biologik rivojini ta’minlasa, ijtimoiy muhit,
inson faoliyati davomida (oila, bog‘cha,
maktab, maktabdan tashqari muassasalar va
mahalla) shaxs sifatida shakllanishi uchun
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. U inson ongi,
tafakkurining yangilanishi, ma’naviy hamda
axloqiy kamolotiga ta’sir etadi.
Insonning biosotsial faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi ijtimoiy muhit individning bu
jarayon ta’sirida orttirgan barcha bilimi,
tajribasining asta-sekin ongi, shuuriga
singib borishi asosida ko‘nikma, malakaga
aylanadi , ijtimoiy jarayonlarga
faol kirisha
oladigan shaxs sifatida o‘z turmush tarzi, ya’ni
ma’naviyatiga ega bo‘lib, ijtimoiy mohiyatning
eng cho‘qqisi hisoblangan barkamol inson
darajasiga erishadi.
Shaxsning ma’naviy
shakllanishiga
ijtimoiy muhit turlicha ta’sir etadi. Ammo,
inson jonli mavjudot bo‘lgani sababli, ijtimoiy
ta’sir va ta’sirlanish doimo ham bir xil natija
beravermaydi.
Ijtimoiy muhit-insonni qurshab turgan
ijtimoiy, moddiy, ma’naviy sharoitlar.
Ijtimoiy
muhit keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy muhitni
qamraydi. Ijtimoiy muhit tor ma’noda ijtimoiy
muhit elementi kabi insonni bevosita qamrab
olishni o‘z ichiga oladi (oila, mehnat jamoasi,
turli guruhlar). Fransuz tadqiqotchisi Klod-
Adrian Gelvetsiy shunday deydi, “Ijtimoiy
muhit-tarixiy rivojlanishning asosiy omili. Men
o‘ylaymanki, inson uni o‘rab turgan narsalar,
vaziyatlar, sharoitlar va nihoyat, barcha
Dostları ilə paylaş: