Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


185 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
yuz berayotgan favqulotdagi voqealarning 
tarbiyalanuvchisidir”
4
. Uning fikriga ko‘ra 
insonlar qandaydir ko‘nikmalar bilan 
dunyoga kelmaydilar, “ular bor-yo‘g‘i tarbiya 
mahsulidir”
5
. Ijtimoiy muhit ta’sirida insonlar 
ba’zida o‘zgaruvchan, ba’zida qo‘rqmas, ba’zida 
qo‘rqoq, ba’zida ehtiyotkor bo‘lib qoladilar. 
Ijtimoiy muhit-shaxsning ongi va faoliyatiga 
ta’sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar 
yig‘indisidir. O‘zbekistonda davlat siyosatining 
muhim yo‘nalishlaridan biri yuksak salohiyatga 
ega bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan faol bo‘lgan 
xotin qizlar uchun keng imkoniyatlar eshigini 
ochish. Ushbu maqsad ayollar ma’naviy-
axloqiy kamolotini shakllantirish uchun 
zarur bo‘lgan ijobiy, yaratuvchanlik omillarini 
kuchaytirishga undaydi. Chunki, “Shaxs aynan 
ijtimoiy muhitda o‘z ehtiyojlarini qondirish va 
o‘z imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lini topadi. 
U aynan shu erda o‘z his-tuyg‘ularini tabiat 
ato qilgan samimiylik, do‘stlik, mehribonlik, 
bag‘rikenglik va iztirob chekish fazilatlarini 
ko‘rsatadi”. Jamiyatda ijobiy va salbiy 
omillarning tarkib topishi yoki ayollarning 
ularning ta’siriga tushib qolishi muayyan 
muhitda ro‘y beradi. 
Xotin-qizlar ijtimoiy faolligi ijtimoiy 
muhit ta’sirida takomillashib boradi. Xotin-
qizlarning ijtimoiy muhit ta’sirida orttirgan 
barcha bilimi, tajribasi asta-sekin ongi
shuuriga singib boradi. So‘ngra ko‘nikma 
va asta-sekin malakaga aylanadi. Shundan 
keyingina ular ijtimoiy jarayonlarning faol 
qatnashchisiga aylanadilar. Jamiyat hayotini 
ma’naviy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomlashtirish, 
ayollar ijtimoiy faolligi uchun keng imkoniyatlar 
eshigini ochadi. Lekin, afsuski jamiyatda 
xotin-qizlar uchun yaratilgan shuncha 
imkoniyatlarga qaramay nosog‘lom muhitda 
azob chekayotgan opa-singillarimiz talaygina. 
Ulardan ayrimlarini misol keltiramiz. Masalan, 
33 yoshli Ozoda Eshqobilova “kun.uz”ning 
muxbiriga bergan javoblarida shularni ma’lum 
qildi: “2011-yilda turmush qurdim. Kelajak 
hayotim qiyinchilik va muhtojlikda o‘tishini 
bilsam-da, o‘zim istamagan insonga turmushga 
chiqdim. Unda zarracha ko‘nglim bo‘lmagan. 
Erimning ota-onasi ancha yillar oldin vafot 
etishgan. To‘y qilishga puli bo‘lmagani uchun 
unashtiruvimizdan keyin besh yil o‘tib ketdi. 
To‘yning ertasi kunidan azobli kunlarim 
4 Гельвеций К.А. Сочинения:В2-х томах.-М:Мысль, 1964. Т.1.-583б. 
5 [5].Ўша асар.
6 https://kun.uz/news/2020/07/25/2020-yilda-zoravonlik-va-tazyiqqa-uchragan-ayollarga-709-ta-himoya-orderi-berilgani-malum-qilindi
7 https://kun.uz/news/2020/07/25/2020-yilda-zoravonlik-va-tazyiqqa-uchragan-ayollarga-709-ta-himoya-orderi-berilgani-malum-qilindi
boshlandi. Erim mast holatda kelib, hech bir 
sababsiz meni do‘pposlay ketdi. Bu holat bora-
bora odatga aylanib qoldi. Kelin bo‘lib tushgan 
xonadonimda men va erimdan tashqari ovsinim 
va ikki qaynog‘am ham yashardi. Erim menga 
uylanishidan oldin ham ko‘p ichardi. Jigarlari 
uni bu yo‘ldan qaytarish uchun astoydil harakat 
qilishmagan. Doim mast bo‘lib, kechalari 
ko‘chada qolib ketavergani, qo‘ni-qo‘shnilar 
oldida ularni izza qilgani uchun ham aka-
ukalari uni unchalik xushlamasdi”
6
. 47 yoshli 
Aziza G‘aniyevaning so‘zlariga e’tibor beraylik: 
“Erim ichib kelgan vaqtlarida meni uravergani 
o‘z asoratini ko‘rsata boshladi, sog‘ligim 
yomonlashdi. Bir oy to‘shakka mixlanib qoldim. 
Davolanishimgayam ko‘p xarajat ketib qoldi. 
Erim muolaja pullarini to‘lash u yoqda tursin
shifoxonaga borib, hol-ahvol so‘rashga ham 
yaramadi. Hamma xarajatlarni o‘g‘lim ishlab 
to‘ladi, yetmaganiga qarz oldik. Qarzlarni ham 
to‘lash, yashash sharoitimizni yaxshilab olish 
uchun o‘g‘lim Rossiyaga ketishga qaror qildi”
7
.
Yuqoridagi holatlar tez-tez o‘zbek 
ayollari bilan sodir bo‘lyapti. Bu vaziyat 
mentalitetimizga singib, qorishib ketganidan 
odatiy holga, ayrim oilalarda turmush tarzining 
bir qismiga aylanib ulgurdi. Yangi hayot 
ostonasida turgan qizlarga ham gohida bo‘lajak 
er tomonidan, gohida bo‘lajak mushtlarga 
qarshi “immunitet” shakllantiriladi. Afsuski, 
bu holat o‘zbekona tarbiyaning bir bo‘lagi 
hisoblanadi. Biz bunday muammolarning 
yechimini topish va bartaraf qilish uchun
ijtimoiy muhitning navbatdagi bosqichi – 
kishilarning tarixan shakllanishi uchun asosiy 
omillardan bo‘lgan, jamiyatimiz qanoti va 
boshqaruv tizimining muhim institutlaridan 
biri bo‘lgan mahallaga murojaat qilamiz.
O‘zini o‘zi boshqarishning milliy modeli 
bo‘lgan mahalla xalqimizning azaliy udumlari, 
urf-odatlari va an’analariga tayangan holda 
ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy, diniy-marifiy, eng 
muhimi tarbiyaviy vazifani bajaradi. Mahalla 
ijtimoiy xizmat sohasining bir bo‘lagi bo‘lib, 
jamiyatimiz va davlatimizning eng asosiy 
instituti, ajdodlarimizdan bizga qolgan eng 
oliy qadriyat hamdir. O‘zbekistonning barcha 
tuman va shaharlarida har bir mahallada 
ehtiyojmand oilalar va yoshlardan tashqari 
ayollar bilan manzilli ishlashga qaratilgan 
“temir daftar” tizimi joriy qilindi. Ma’lum 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin