Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


189 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
ishlari oddiy xalqning qashshoqligiyu 
muhtojligini chuqur anglashi nafaqat Dehli 
saltanatida, balki qo‘shni viloyatlarda ham 
mashhurlikka sazovor bo‘ldi. 
Nizomiddin shogirdlari uning 
g‘oya va qarashlarini Hindistonning turli 
tumanlarida targ‘ib qildilar. Chunonchi: 
shayx Chirog‘ Dehlida, Panjobda shayx 
Munavvar, Dikanda Burhoniddin G‘arib, 
Gujorotda Mavlon Xusamiddin, mavlono 
Sirojiddin Bengalda. Suhravardiya tariqatini 
Hindistonga olib kelgan shayx Bahouddin 
Zakariya, shayx Ruknaddin Abul Fath va 
Sayyid Jaloliddin Mahmud Jahoniyonlar 
davrida o‘zini mashhurligining eng yuqori 
darajasiga erishdi. 
Nizomiddin Avliyoning shu darajada 
kamol topishida unga ustozlik qilgan Bobo 
Faridning duo-yu fotihalari hayot yo‘llarini 
charag‘on etib yoritdi. Bundan tashqari 
Bobo Farid unga do‘stona o‘gitlar berib 
ortiqcha takabburlik, dimog‘dorlikdan 
qutulishni maslahat beradi va shu bilan 
birga Dehliga qaytish zohidlik bilan 
tarkidunyochilik qilish, ro‘za tutish, tungi 
bedorlikka va doimo Allohga duo-yu 
fotihalar qilib iltijo bilan yashashni tavsiya 
qildi. Shundan so‘ng Nizomiddin Dehliga 
ketadi va o‘sha erda joylashib qoladi 
hamda uzoq yillar Chishtiya tariqatini 
targ‘ib qiladi. Nizomiddinning kundalik 
dunyoviy hayotdan to‘liq voz kechishim 
zarurmi degan savoliga shayx nafaqat zo‘r 
berib iltijolar qilishni, ibodat qilishni, balki 
so‘fiylik yo‘lida asqotadigan ilmlar olishni 
davom ettirishlikni ham maslahat berdi.
Shu o‘rinda Shayx Muhammad 
Amin al-Kurdiyning fikricha, tasavvuf 
ta’limotida solihlar mashoyix yoki avliyoni 
ko‘rmoqlikdan ko‘ra, ma’naviy, ruhiy foydani 
ularning hayoti, axloqiy sifatlari va qilgan 
amallari to‘g‘risida o‘rganib bilib oladilar. 
U tasavvufga doir asarlarni o‘qish insonni 
axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyalaydi, 
deb hisoblaydi
4
.
E’tiborli jihati shundaki, tasavvuf 
insonni axloqiy va ruhiy tomondan kamol 
topishida ahamiyatga egadir.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, 
4 Kadirov, Davronbek (2020) “Al-mavahib us-sarmadia” and the sources given in it concerning the nakshbandi tarikah," The Light of Islam: Vol. 2020 : Iss. 1 , Article
5 Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2009 йил
6 http://uza.uz/oz/politics/shavkat-mirziyoyev-yoshlar-talim-tarbiyasida-shoshmaslik-kerak-07-07-2017 
tasavvuf va chishtiya tariqatida axloqiy va 
tarbiyaviy munosabatlar yoshlar faoliyatida 
ayniqsa tarbiyaning o‘zi ham muhim rolni 
o‘ynagani bois unga ikki og‘iz ta’rif berib 
o‘tsak. 
Tarbiya – avlodlararo ijtimoiy-tarixiy 
va hayotiy tajribani uzatishga xizmat 
qiluvchi, oila, ta’lim muassasalari, ijtimoiy, 
siyosiy va boshqa tashkilotlar, OAV va 
boshqa ta’siri ostida jismonan sog‘lom, 
ma’nan barkamol insonni shakllantirish 
va takomillashtirish jarayonini anglatuvchi 
tushuncha hisoblanadi
5
.
Demak tasavvufning tub mohiyati va 
chishtiya tariqati vakillarining: jumladan 
tarixdagi olim, avliyo va shayxlarining hayot 
faoliyati va olib borilgan ma’naviy-axloqiy 
tomonlarini bugungi kun yoshlari uchun ham 
axborot, ham ma’lumot sifatida tushuntirib, 
tahlil qilib, o‘rgatib borsak o‘ylaymanki 
yoshlarimizning dunyoqarashida vatanni 
sevish uni ardoqlash shuningdek bir-birlari 
bilan bo‘lgan munosabatlarda insoniylik 
va sahovatpeshalik tuyg‘ularida muhim 
dasturamal bo‘ladi degan umiddamiz.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 
yoshlar tarbiyasi haqida gap borar ekan
bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota-
onalarning talab-istaklaridan kelib chiqib, 
har tomonlama puxta o‘ylab ish tutish 
kerak
6
, bu esa mamlakatda ijtimoiy va 
iqtisodiy barqarorlik, jamiyatda tinchlik 
va ahillik, millatlararo totuvlikni saqlab 
qolish, mustaqillikning uzoq yillarga 
mo‘ljallangan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot 
yo‘lini belgilab olish, istiqlolimizni ichki va 
tashqi xurujlardan asrab-avaylash, yangi 
jamiyatning yangi, yuksak ma’naviyatli, 
mustaqil fikrlashga qodir, ayni chog‘da, 
mamlakat, millat tarixini yaxshi biluvchi, 
ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy ma’naviy 
merosdan bahramand yoshlarni tarbiyalash 
vazifasi turadi deb ta’kidlab o‘tdilar.
Demak, hozirgi kunda yoshlarning 
ma’naviy olamini izdan chiqarishga 
qaratilgan turli tahdidlarga, buzg‘unchi 
g‘oyalarga, diniy ekstremizm va 
fundamentalizmga, terrorizmga, 
missionerlik harakati va - ommaviy 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin