“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
190
madaniyat kabi mafkuraviy xurujlarga
qarshi kurashda tasavvuf ta’limoti va
chishtiya tariqatidagi bildirib o‘tilgan
vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarining
naqadar
kerakli ekanligi, qolaversa yon-
atrofdagi voqealarga daxldorlik tuyg‘usi
bilan yashovchi, mustaqil fikrga ega
yoshlar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Bunda esa ta’lim-tarbiya
jarayonida mazkur ta’limot va tariqatni
yanada samarali, sifatli, qat’iylik va
talabchanlik ruhida
tashkil etishning
ta’sirchan usul va vositalarini joriy etishni
talab etmoqda.
Jaholatga qarshi ma’rifat, ulug‘vor
g‘oya asosida Chishtiya tariqatining
asl gumanistik mohiyatini, ezgulik,
tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy
qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng
yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy
faoliyatni jadal tashkil etishni nazarda
tutadi.
Hindistonda tasavvuf va tariqat
masalasiga bebaho hissa qo‘shgan
ajdodlarimizning boy madaniy merosini
chuqur o‘rganish asosida yoshlarning
ongu tafakkurini shakllantirish zarurligini
ko‘rsatadi.
Muxtasar qilib aytganda, Shayx
Nizomiddin Avliyo Chishtiya tariqatining
Hindiston o‘lkasida keng quloch yoyishida,
odamlar bilan bo‘lgan munosabatda,
iliqlik kayfiyatini tamannum
etishda
hamda “Ustoz va Shogird” o‘rtalaridagi
bog‘liqliklarda xizmatlari beqiyosligini
yuqorida to‘xtalib o‘tdik.
Chishtiya vakillari Allohga tavakkal
qilib, o‘z mehnati bilan tirikchilik o‘tkazishni
targ‘ib etgan. So‘fiy och kishining qornini
to‘yg‘azish, mazlumlar iltimosini albatta
bajarish, kambag‘al-qashshoqlarga
baholi qudrat ko‘mak berish yo‘li bilan
Alloh marhamatiga sazovor bo‘lishga
intilish shart, deb hisoblagan. Shuningdek
muridlarga
pulga mukkasidan ketish,
gadoychilik bilan shug‘ullanish, aroq ichish,
7 Зуҳриддин Ҳусниддинов таҳрири остида Ислом энциклопедияси “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2004 йил
giyohvandlik qilish, tamaki chekish kabi
yomon illatlarning taqiqlanganligi bilan
ham ahamiyatlidir
7
.
Shuningdek bu
tariqat shayxlari insonni
sevishlikni, boylik ortidan quvlamaslikni,
oddiy insonlarni ijtimoiy kelib chiqishidan
qat’iy nazar, barcha insonlar Alloh oldida bir
xil bo‘lganlari kabi shu qatorda insonlarni
tariqatga a’zo bo‘lishlarini targ‘ib etishardi.
Chishtiya tariqati vakillari o‘z
faoliyatlarini boshqarishda merosxo‘rlikni
tan olishmagan va odatda vorisni oldingi
shayx belgilab yoki uni saylashar edi.
Bu tariqat o‘z honaqohining oddiyligi va
soddaligi bilan ajralib turar edi, hamda
yig‘ilishib, diniy ilmlar o‘rganiladigan va
birgalikda Allohni yod
etib zikr qilinadigan
jamoatxonalardan va ustoz - shayx uchun
xujradan iborat bo‘lar edi. Chishtiylar taklif
etiladigan lavozim, martaba, amallarni rad
etardilar va boshqaruv hukumat bilan har
qanday aloqani yoqlamas edilar, boylik
orttirish, dunyoparastlikni inkor etardilar.
Inson Xudoga umid qilib, o‘z mehnati
bilan kun
kechirishi zarur; mistik faqat oddiy
insonlarni ixtiyoriy qurbonliklarini qabul
qilishi mumkin; ammo qashshoqlik, faqirlik
man etilgan. So‘fiyning xudoga xizmati
shundan iboratki, och kishini to‘yg‘azish
uchun,
qiynalgan, azob chekkan kishining
iltimosini qondirish va kambag‘al insonga
yordam berishi zarurligini ham uqtirishgan.
Demak mazkur tariqat avliyo va pirlari
insonni go‘zal xulqli, halol va pok bo‘lishga,
so‘zi bilan ishi, tili bilan dili bir bo‘lishga,
ilmli, madaniyatli, ma’naviyatli bo‘lishga
da’vat etishi bilan ham ahamiyatlidir. Inson
va jamiyat
munosabatlari masalasida
Chishtiya tariqati insonning o‘z “men” ini
shakllanishida va ozod bo‘lib, ya’ni ma’naviy
va ijtimoiy zarar keltiradigan shubhalardan
saqlanish, ichki hissiyotlari bilan esa
Allohga sig‘inish hamda insonparvarlik va
vatanparvarlik tarzida namoyon bo‘lishidir
desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: