Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


187 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
YOSH TADQIQOTCHILAR
CHISHTIYA TARIQATI VA 
TASAVVUF TA’LIMOTIDA AXLOQIY- 
TARBIYAVIY MUNOSABATLAR
Qosimbek Quvanovich Razzoqov –
 o‘qituvchisi, Jizzax politexnika instituti
Annotatsiya:
 Ushbu maqolada Tasavvuf ta’limoti, unga berilgan ta’riflar, Chishtiya tariqati va ularda bildirilgan tarbiya va 
insonparvarlikka oid ushbu tariqat avliyolarining qarashlari hamda Prezidentimizning yoshlar tarbiyasi bo‘yicha bildirib o‘tgan fikrlari 
ham aks ettirilgan.
Аннотация:
 В данной статье отражено учение суфизма, его определения, взгляды секты Чиштия и святых этой секты 
на образование и гуманность, а также взгляды Президента на воспитание молодежи.
Abstract:
 This article reflects the education of Sufism, its definitions, the views of the Chishtiya sect and the saints of this sect 
on education and humanity, as well as the views of the President on the education of youth.
Kalit so‘zlar:
 tasavvuf, tariqat, tarbiya, chishtiya, avliyo, shayx, insonparvarlik, vatan, vatanparvarlik, pokizalik, shaffoflik.
Ключевыe слова:
мистицизм, секта, воспитание, чиштия, святой, шейх, гуманность, родина, патриотизм, чистота, 
прозрачность.
Keywords:
 sufism, sect, education, chishtiya, saint, sheikh, humanity, homeland, patriotism, purity, transparency.
Bugungi kunda yoshlarni “Yangi 
O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
1
degan ezgu g‘oya asosida tarbiyalashda, 
komil insonni tarbiyalashda, sog‘lom 
ijtimoiy-ruhiy muhitning samaradorligini 
yanada oshirishda tasavvuf avliyolarining 
ma’naviy merosini har tomonlama chuqur 
o‘rganish, tahlil qilish muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Haqiqatan so‘fiylik butun sharq 
ma’naviyati hayotida sog‘lom ijtimoiy 
muhitda voyaga etgan barkamol inson 
haqidagi g‘oyalarning shakllanishida 
muhim rol o‘ynaydi. Garchi tasavvuf turli 
xil oqimlar, yo‘nalishlar, suluklardan iborat 
bo‘lsa ham, ularning markazida inson 
va uning ma’naviyati, ruhiyati, axloqiy 
pokligi, fazilatlari, bu dunyoda yashashdan 
maqsadi, barkamol inson qilib tarbiyalash 
masalalari turadi.
Shu tomondan olib qaralganda 
yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotida 
tasavvuf ta’limoti va unda aks ettirilgan 
axloqiy-tarbiyaviy masalalarni o‘rganish, 
bayon qilish, tahlil qilish bugungi kunda 
yoshlar hayotida muhim ahamiyatga 
egaligi bilan ham dolzarbdir.
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega 
bir ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII 
asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Dastlab 
u zohidlik harakati ko‘rinishida kurtak 
yoyadi. Tasavvuf ta’limoti dunyodagi 
turli xalqlarning ijtimoiy, falsafiy, badiiy 
1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга навбатдаги Мурожаатномасидан 2020 йил
tafakkuridan keng o‘rin egallagan va ko‘p 
tarmoqli murakkab ta’limot hisoblanadi.
Shuningdek Abdurahmon Jomiyning 
“Bahoriston”ida yozilishicha, Shayx 
Abusaid Abulxayrdan “Tasavvuf nima?” 
deb so‘raganlarida “Boshingda ne bo‘lsa 
chiqarib tashlash, qo‘lingda neki bor qo‘ldan 
chiqazish va boshqalardan senga nima 
ozor etsa ranjimaslik” degan ekan. Haqiqiy 
so‘fiylar chindan ham bu shartlarga qat’iy 
rioya qilib o‘z faoliyatlarini olib borganlar. 
Demak tasavvuf ta’limoti tarbiya va axloqiy 
munosabatlarga katta e’tibor berilganligi 
bilan ham ahamiyatlidir. 
Bundan tashqari tasavvuf - xolislik 
ta’limi hisoblanib, tasavvuf-soflik va 
poklik tuyg‘ularini ham ifoda etadi. 
Tasavvuf-riyosizlik “taqviy”si. U “Qullikka 
belni mahkam” etishga chorlasa-da, 
Haq qullarining naqadar aqliy, ma’naviy, 
axloqiy imtiyozlarga ega ekanligini amalda 
isbotlaydi. 
Ayni paytda tasavvufni – inson 
kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi 
ilm ham desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Inson uchun qayg‘urish, uning ma’naviy 
kamolotini o‘ylash tasavvufning doimiy 
markazida bo‘lib kelgan. Ayniqsa, 
insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, 
ruh va jism orasidagi kurash so‘fiylarni 
ko‘p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki 
qarama-qarshi kuch-rahmoniy va shaytoniy 
quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi 


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
188 
sifatida shayton qutusini engib, rahmoniy 
fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini 
ta’kidlaydilar. Insonning hayotdagi o‘rni, 
jamiyat bo‘lib yashash tartiblariga ham 
shu mavqedan turib qaralgan; chunonchi, 
ijtimoiy nizolar, urush-janjallar, mulkiy 
tengsizlikning tub mohiyati, bosh sababini 
ham tasavvuf inson tabiati va siyratidan 
qidiradi, insonning axloqini tuzatishni uning 
tabiatidagi salbiy, hayvoniy kuchlarni mavh 
etishdan boshlash kerak, deb uqtiradi. 
Chunki ushbu sifatlarga qarshi kurash olib 
borgan kishi komillik sari ilk qadam qo‘yadi. 
E’tiborli jihati shundaki, yaxshi sifatlarni 
egallagan inson komil inson martabasiga 
ko‘tarila oladi. Komil inson - insonlarning 
eng mukammali, eng oqili va donosi. Komil 
inson insonlar jamiyati ichidan etishib 
chiqadigan mo‘‘tabar zotdir. Insonlar 
komillikka esa axloqiy-ma’naviy poklanish 
jarayonida erishadilar.
Bundan tashqari ushbu ta’limotda 
insonlar o‘rtasidagi muomala madaniyati 
ham shakllanadi. Unda til va dil 
yumshog‘ligiga, o‘zgalardan keladigan 
ranju ozorlarni ham halimlik bilan, g‘azab 
va adovat pichog‘iga sira qo‘l cho‘zmasdan 
bartaraf qilishga o‘rgatadi.
Erur mahz taqviy va lekin riyosiz,
Ubudiyat sarfu ayni talattuf.
Tasavvuf ahli axloqi nodir fazilatlarga 
boy. Odamlarning so‘z va fikrlariga 
zug‘um o‘tkazish – ularning ongi, maslagi 
va ko‘ngliga tajovuz qilishdir. Kishining 
fe’liga ozor berish – bo‘rilik bilan barobar. 
Tasavvuf yo‘lchisi muomala-munosabatda 
“el qavlu fe’lig‘a” zo‘ru zulm yetkazishni Haq 
tomonidan man etilgan amrlarga qarshi 
borish, ya’ni gunohi azim hisoblaydi
2

Yuqoridagi fikrimizni asoslagan 
holda, Mir Alisher Navoiyning “Nasoyimul 
muhabbat” asarida bitilgan bu hikoyatda 
haqiqiy mutasavvuf xarakteri uchun xos 
sanalgan uch xususiyat ta’kidlangan. 
Birinchisi tor tushunchali nohaq zotlar 
ranjitganda-ranjimaslik; Ikkinchisi birovni 
ranjitish joiz bo‘lganda ham unga ozor 
etkazmaslik; Uchinchisi va eng muhimi, 
boshqa din yoki o‘zga mazhabdagi 
2 Иброҳим Ҳаққул “Тасаввуф ва шеърият” Ғафур Ғулом номидаги Нашриёт-матбаа бирлашмаси.-Тошкент 1991 йил
3 Бертельс Е.Э.Суфизм и суфийская литература.-М.:Наука.1995 год
odamlarni asossiz kamsitmaslik va 
xokazo.
Muxtasar qilib aytganda, tasavvuf 
haqiqiy ma’noda insonparvar ta’limot 
hisoblanib, insonning kamoloti, bir-
biriga bo‘lgan munosabatida, ruhiy-
ma’naviy yuksalishida munosib yo‘l tutishi 
uchun jon kuydirib, qayg‘urib kelgan 
gumanistik ta’limot hisoblanishi bilan ham 
ahamiyatlidir.
Atoqli olim E.E.Bertels fikricha, 
“Tasavvuf adabiyotini o‘rganmasdan turib, 
o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy 
hayoti haqida tasavvurga ega bo‘lish 
mumkin emas. Bu ta’limotdan xabardor 
bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham anglash 
qiyin”
3
. Jumladan Chishtiya tariqatining 
keng tarqalishi Hind diyori bilan bog‘liq. 
Chunki ko‘pgina mazkur tariqat 
shayxlari qolaversa o‘zida ham katta 
tarbiya ko‘rganligi va o‘z shogirdlariga 
o‘rnak bo‘la olishliklarini isbotlab berganlar. 
XIII-XIV asrlarda Hindistonda so‘fiylar 
orasida ulug‘ izdosh va Farididdunning 
suyukli hamda mashhur shogirdlaridan biri 
qolaversa chishtiyaning gullab yashnagan 
davri ham esa Dehlilik shayx Nizomiddin 
Avliyo (1242-1325 yy) nomi bilan bog‘liq. 
Shayx Nizomiddin Avliyo birlashmaga 
haqiqiy umumhindiston mavqeyini bergan, 
shundan keyin uning ko‘plab shogirdlari 
chishtiya markazlariga qit’a bo‘ylab asos 
soldilar. 
Nizomiddin buyuk olim va arbob edi. 
Musulmon dunyosida katta bilim, tajribaga 
ega edi. Buning uchun esa uni nafaqat 
so‘fiylar, balki obro‘li ulamolar ham chuqur 
hurmat qilishar edi.
Olim sifatida Nizomiddinning ijtimoiy 
qarashlarida uning o‘ziga xosligi alohida 
ko‘rinib turardi: Masalan, rasmiy ibodat 
yig‘inlarida qatnashish va diniy amallarni 
bajarishdan ko‘ra kambag‘al hamda 
muhtojlarga yordam ko‘rsatishni maqsadga 
muvofiq deb o‘ylardi. U kambag‘al 
va muhtojlarga saxiylik bilan moddiy 
tomondan ularga pul ham tarqatar edi. Shu 
bilan birga o‘zining moddiy farovonligiga 
katta zarar keltirardi. Uning xayrli va savobli 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin