Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 254
w www.oriens.uz June 2021 tarbiyalash uchun jahon amaliyotida o‘xshashi bo‘lmagan ta’limning milliy modeliga
asos solingan[1]. Mazkur model shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasiga
asoslangan bo‘lib, uning markazida ta’lim oluvchining ehtiyojlari, qiziqishlari, iqtidor
va qobiliyatlari turadi.
Intelektual rivojlangan va raqobatbardosh yoshlarni uzviylik va uzluksizlik
tamoyillari asosida tarbiyalash maqsadida barcha ta’lim turlari kabi oliy ta’lim
tizimining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari,
malaka talablari, o‘quv reja, o‘quv fan dasturlari hamda o‘quv adabiyotlarining yangi
avlodi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va
obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish masalalari va uning
bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar tahlil qilindi. Mazkur maqolada
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodoligik manba bo’lib belgilandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Ta’lim sifatini baholash, uning monitoringini olib borish, indikatorlarni doimiy
takomillashtirib borish bugungi kundagi eng muhim yo‘nalishlardan biri sanalib,
ta’lim sifatining zaruriy darajasini ta’minlash, ta’lim sifati menejmenti va
kvalimetriyasining samarali metodlarini ishlab chiqishga nisbatan metodologik
yondashuvni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi [2].
Ta’lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, AQSh va
Fransiyada
qo‘llanilmoqda.
Buyuk
Britaniyada
bu
kabi
tizimlar
1948 yildan, AQShda 1969 yildan, Fransiyada esa, 1979 yildan buyon mavjud.
Ta’lim sifatini baholash milliy tizimi Chilida 1978 yildan amalda qo‘llanilib
kelinmoqda. Ushbu tizimlarning barchasi muntazam ravishda kerakli axborotlarni
yig‘ish imkonini beradi. [3.].
Aksariyat MDH mamlakatlarida ta’lim sifatini baholovchi milliy tizimlarni
ishlab chiqish 1990 yildan boshlangan.
Bunday milliy baholovchi tizimlarning maqsadi ushbu tizim doirasidagi ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlashdan iborat. Buning uchun quyidagilar
zarur bo‘ladi:
- ta’lim sohasidagi o‘zlashtirish darajasini aniqlash;
- ta’lim oluvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarning kuchli va zaif tomonlarini
aniqlash;
- ta’lim oluvchilarning
o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq
mavjud