Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 255
w www.oriens.uz June 2021 muammolarni aniqlash;
- o‘zlashtirish bilan bog‘liq omillarni aniqlash;
- o‘zlashtirish dinamikasini yuritish.
Mamlakatlar darajasida qaraganda ham ishlab chiqilayotgan tizimlar turli-tuman
bo‘lib, metodikasi, usullari va boshqa xususiyatlari bilan bir- biridan keskin farq
qiladi. AQSh ta’limiy jarayonlar sifatini baholash milliy tizimi (NAEP – National
Assessment of Educational Progress)ning maqsadi bolalar va o‘smirlarning o‘qish,
hisoblash va kommunikatsiya bo‘yicha malakalarini baholashdan iborat. Ushbu
baholash dasturlari:
- o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlash;
- o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun teskari aloqani ta’minlash;
- ota-onalarni ma’lumot bilan ta’minlash;
o‘quv
muassasasidagi
o‘zlashtirish
darajalari
haqida
umumlashgan
ma’lumotlarni olish va milliy statistikani shakllantirish uchun o‘tkaziladi.
Fransiya milliy baholash tizimining maqsadi quydagilardan iborat:
- o‘quvchilar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarini baholash;
- o‘qituvchilarga chora-tadbirlarni tanlashda ko‘maklashish;
- o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatni rejalashtirishda ko‘maklashish;
Buyuk Britaniyada oliy ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash davlat va
jamoatchilik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda ko‘pgina davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotgan ta’lim
sifatini baholashning Buyuk Britaniya tizimi har bir ta’lim muassasasi tomonidan
sifatli ta’limni ta’minlashning samarali ichki monitoringini tashkil etilishi va amalga
oshirilishi, shuningdek, ta’lim muassasasining o‘zida uning kafolatli mexanizmi
amaliyotga kiritilishi bilan tavsiflanadi. Bunda sifat kafolatining ichki mexanizmi
samaradorligini baholash jarayonlarini tashkil etishdagi javobgarlik oliy ta’lim sifatini
ta’minlash Agentligi – Quality Assurance Agency (QAA) zimmasiga yuklatilgan.
Quality Assurance Agency (1997) – nodavlat tashkilot hisoblanib, uning asosiy
vazifasi sifat ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, tashqi
ekspertiza xulosalariga asoslanib davlat tashkiloti baholash natijalari bo‘yicha tegishli
qarorlar qabul qiladi.
Agentlik tomonidan ta’lim sifatini nazorat qilishda oliy ta’limning akademik
standartlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuqori
akademik sifatni ta’minlash, oliy ta’lim tizimini uzluksiz va tizimli takomillashtirib
borish, oliy ta’limning hamma uchun maqbul va maqsadlarga muvofiqligini
ta’minlash asosiy vazifalar sifatida belgilanadi. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat