Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi



Yüklə 182 Kb.
səhifə5/7
tarix08.06.2023
ölçüsü182 Kb.
#127117
1   2   3   4   5   6   7
PSIXOLOGIYA mustaqil talim

Muammoli ta’lim metodi - o‘qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir. Ushbu metod orqali bola bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodni takomillashtirish yo‘llaridan biri, ishchan o‘yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
Qisman izlanish metodi - o‘qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod bo‘lib, u produktiv xarakterga ega, bunda bola ijod qiladi.
Tadqiqot metodi - o‘qituvchi yordamisiz tashkil etiladigan ta’lim metodi bo‘lib, u bolaning mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformatsiyasini talab etadi.
Ta’lim jarayoni tashkil etishning o‘ziga xos metodlaridan biri ishchan o‘yinlardir. Ishchan o‘yinlar munosabatlar tizimini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish ta’kidlanadi. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim jarayoniga sistemali yondashuv bo‘lib, unda ta’lim jarayonini tashkil etishda texnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o‘zaro munosabati ta’limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘lish mumkin:

  • ta’lim-tarbiya ishtirokchilari shaxsiga qo‘yiladigan ijtimoiy talablar;

  • hamkorlik faoliyati a’zolarining kasbiy tayyorgarligi;

  • ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, mohiyati, amalga oshirish vositalari;

  • ta’lim jarayonini differensiatsiyalashtirish; - ijodiylik.

Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Psixologiyada bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi bolaning individualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo‘ladi. Ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak:

  • ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda bolaning intellektual rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi;


  • Yüklə 182 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin