Kurs ishining maqsadi: Darsda zamonaviy o'qitish usullarini qo'llashda ijtimoiy pedagogik vazifalar xususiyatini o’rganish
Kurs ishining o’bekti : Darsda zamonaviy o'qitish usullarini qo'llashda ijtimoiy pedagogik vazifalarni o’rganish jarayoni
Kurs ishining predmeti: Darsda zamonaviy o'qitish usullarini qo'llashda ijtimoiy pedagogik vazifalarni o’rganishning shakli, metodi va vositalar mazmuni
Kurs ishining tarkibi: Kirish, Asosiy qism, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat
I-BOB Ta‘lim berish usullari, shakllari va vositalari. 1.1 Ta`lim metodlarining turlari Muammoli metodning mohiyati mashg’ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo’li shu bilan birga o’quv yo’li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:
Muammoli ta‘lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko’rinishi hisoblanib, o’zida sub‘ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko’nikmalarini o’zlashtirishni taqozo etadi. Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini izlab topish uchun boshlang’ich ma‘lumotlar bo’lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya‘ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi1.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko’rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma‘lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi2. Biroq, yuqorida ta‘kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya‘ni, uning yechimi uchun o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma‘lum ko’rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.