Ta`lim metodlarining turlari Ta‘lim metodlarining mohiyati va mazmuni ii-bob pedagogik texnologiyalar



Yüklə 53,84 Kb.
səhifə1/13
tarix16.03.2023
ölçüsü53,84 Kb.
#88364
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Darsda zamonaviy o\'qitish usullarini qo\'llash


Mavzu: Darsda zamonaviy o'qitish usullarini qo'llash
MUNDARIJA
I.KIRISH…………………………………………………………………………2
ASOSIY QISM…………………………………………………………………..4
I-BOB Ta‘lim berish usullari, shakllari va vositalari…………………………4
1.1 Ta`lim metodlarining turlari……………………………………………….4
1.2 Ta‘lim metodlarining mohiyati va mazmuni………………………………7
II-BOB Pedagogik texnologiyalar………………………………………………15
2.1 Zamonaviy ta‘lim berish usullarining moxiyati va mazmuni……………..15
2.2 Ta‘limning interfaol usullari va texnikasi…………………………………..19
XULOSA…………………………………………………………………………26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..27

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi Mamlakatimizda sharq tilini o‘rganishga bo‘lgan talab kun sayin jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida O‘zbekiston va Sharq davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanib borayotganligini e’tirof etish o‘rinlidir. Shu bois yurtimizda sharq tili o‘qitiladigan ta’lim muassasalarining soni ham ortib bormoqda. Modomiki, bunday ilm maskanlari ko‘payib borayotgan ekan, demak o‘z-o‘zidan bu ziyo maskanlariga nafaqat sharq tilini chuqur biladigan, balki ilg‘or o‘qitish metodikasiga ega, zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lgan hamda darslarda zamonaviy interfaol usullarni qo‘llay oladigan tajribali pedagog kadrlarni yetkazib berishdekmuhim masala Oliy ta’lim tizimidagi asosiy masalalardan biri bo‘lmog‘i kerak.O‘qitivchi, eng avvalo, o‘zi o‘qitadigan fanni yaxshi bilishi kerak.Agar o‘qituvchi o‘zi o‘qitadigan fanni yaxshi bilmasa, muvaffaqiyat qozona olmaydi. Bugina emas: o‘qituvchi o‘z fani sohasida hamisha takomillashib borishi, o‘z ishiga mohir mutaxassis bo‘lmog‘i kerak. Bu muvaffaqiyatli o‘qitishning asosidir. Ammobilimga ega bo‘lishning o‘zigina kifoya qilmaydi; bilimga ega bo‘lish faqat materialga ega bo‘lish demakdir. Material yaxshi sifatga ega bo‘lishimumkin. Lekin har holda bu materialdan oqilona va juda ustalik bilan foydalana olish, bilimlarni boshqalarga berao lish ham talab qilinadi Predmet doirasidagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda sharq tilini o‘qitish qonuniyatlari bayon etiladi, aynan “Sharq tilini o‘qitish metodikasi” faniga ta’limning xususiy nazariyasi sifatida qarash shakllantiriladi. Maktabdagi sharq tili kursi barcha fanlar va o‘quv predmetlaridan mohiyati bilan tubdan farqlanadi. “Sharq tili" tushunchasi “sharq tilini o‘rganish” ushbu tilda gapirish, tinglab tushunish, o‘qish, yozuv ko‘nikma va malakalarini egallashni ifodalaydi va nutq faoliyatining mazkur to‘rtala turi chegaralangan me’yorda, ya’ni dastur mavzulari doirasida hamda maxsus tanlangan til materiali hajmida o‘rganib boriladi. Leksika, grammatika, talaffuzni o‘rgatish natijasida o‘quvchilarga sharq tilida o‘zaro axborot almashish malakalari singdiriladi. Ayniqsa, sharq tilida talaffuzni o‘rgatishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu sharq tilidagi ohanglar bilan bog‘liq masala bo‘lgani uchun ham e’tiborlidir. Yuqorida bayon etilgan va shu kabi boshqa masalalar to‘plangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmunida o‘z aksini topgan.

Yüklə 53,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin