Ta`lim metodlarining turlari Ta‘lim metodlarining mohiyati va mazmuni ii-bob pedagogik texnologiyalar



Yüklə 53,84 Kb.
səhifə9/13
tarix16.03.2023
ölçüsü53,84 Kb.
#88364
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Darsda zamonaviy o\'qitish usullarini qo\'llash

«Texnologiya» – yunoncha «teche» so’zidan olingan bo’lib, maxorat, san‘at va «logos» – so’z, ta‘limot ma‘nosini anglatadi.
Gumanitar texnologiyalar safiga kiruvchi «Pedagogik texnologiya» tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Bizning fikrimizcha, ushbu keng ishlatiladigan so’zlar birikmasiinglizcha «en educational technology», ya‘ni «Ta’lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib chiqqan. Xorijdagidan farqli o’laroq, o’zimizning pedagogik nazariya va amaliyotimizda, xususan, shaxsni shakllantirish, sifatlari va xususiyatlarini rivojlantiruvchi texnologiyalardan foydalanuvchi tarbiyaviy jarayon va o’rgatuvchi xamda didaktik
texnologiyalarni amalga oshiruvchi ta‘lim jarayoni farqlanadi. Shu bilan bog’liq xolda, bizningcha, tarjimon «Pedagogik texnologiya» atamasini ancha keng ma‘noda ishlatgan xolda gumanitar, ta‘lim texnologiyalarini, texnik va ishlab chiqarish texnologiyalaridan farqini ko’rsatib bergan.
Aynan o’xshashligi bo’yicha «Texnik texnologiya» va undan kelib chiqadigan atamalarni aniqlashda, biz quyidagi tushunchalarniishlatamiz:
-pedagogik texnologiya – o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - ta‘lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi kabilarniishlatish mumkin.
-o’qitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli-xarakat aspektini anglatadi. Bu, ta‘lim jarayonini o’zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va aniq ta‘lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishniinstrumental ta‘minlovchi, usul va vositalar (texnologik operatsiyalar) ning tartibli birligini o’zida mujassamlashtirgan ta‘lim modeliniishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni: ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektiniifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik xamda o’quv faoliyati loyixasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita).
-ta‘lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu «texnik va inson resurslarini xamda ularni, o’z oldiga ta‘lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi xamkorligini xisobga olgan xolda dars berish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli»dir.


Yüklə 53,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin