Illyustratsiya-xodisa, narsa, jarayonlarni tasviriy shaklda sxema, reproduksiya, yassimodellar yordamida ko’rsatish va qabul qilishni ko’zlaydi.
Bu usulning asosiy vazifasi - o’rgatish. Illyustatsiya usulining vositasi bo’lib suratlar, jadvallar, rangli xaritalar, albomlar va atlaslar xizmat qiladi.
Ko’rgazma qurollarini va illyustratsiya shakllarini tanlayotganda o’qituvchi uning bilim olish jarayonidagi ta‘lim-tarbiyaviy vazifasini, joyini, rolini puxta o’ylab ko’rishi va ko’rgazma materiallarini eng ma‘qul xajmini tanlab olishi kerak bo’ladi. Katta xajmdagiillyustratsiya o’quvchini o’rganilayotgan xodisalarning tub moxiyatini aniqlashdan chalg’itadi. Illyustatsiyalarni o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’yishi va o’qitish jarayonida kerak bo’lgandagina ko’rsatishi kerak bo’ladi.
Vidiousul - axborotniko’proq ko’rgazmali o’zlashtirishgaasoslanganbo’lib, undakinoskop, proektor, konoapparat, o’quv televideniesi, vidiomagnitafon, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi.
Ushbu usulning samaradorligi vidio qurollarining va qo’llanilayotgan texnik vositalarning sifatiga xam bog’liqdir. O’qituvchidan o’quvchilarni o’rganilayotgan muammolar doirasiga kiritish, ularning faoliyatini yo’lga solish, umumlashtiruvchi xulosalar yasash, mustaqil ish jarayonida ularga aloxida yordam berish talab etiladi.
Kitob bilan ishlash, laboratoriya usuli, mashqlar. Ushbu gurux usullari.O’quvchilarningnafaqat tayyor bilimlarini o’zlashtirishni va xotirada saqlab qolishni, balki bevosita ta‘lim beruvchining raxbarligi ostida algoritm (namuna) bo’yicha xarakatlarni bajarish maxorati va ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan reproduktiv faoliyatni ta‘minlashga xizmat qiladi.
Laboratoriya usuli-bu shundayta‘limusuliki, undao’quvchi o’qituvchiraxbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o’tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi va shu jarayonda yangi bilimni anglaydi va tushunib yetadi.
Mashq-ta‘limusulibo’lib,o’tilganmateriallarni amaliyotdaqo’llashmaqsadida, rejabilan tashkil etilgan amallarni ko’p marotaba bajarishdir.
Bu usulning asosiy funksiyalari: o’rgatuvchi va rivojlantiruvchi. Bu usul o’quvchilarda ko’nikma va malakalarni shakllantiradi. Mashqlarning quyidagi turlari mavjud: -maxsus; sharxlangan; yozma; og’zaki; ishlab chiqarish - mexnat; laboratoriya - amaliy.