Ta`lim metodlarining turlari Ta‘lim metodlarining mohiyati va mazmuni ii-bob pedagogik texnologiyalar



Yüklə 53,84 Kb.
səhifə5/13
tarix16.03.2023
ölçüsü53,84 Kb.
#88364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Darsda zamonaviy o\'qitish usullarini qo\'llash

Kirish suhbati o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad hal etilishi zarur bo’lgan ishlar mohiyatining o’quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko’rishdan iborat. Bunday suhbatlar o’quvchilarning o’quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni o’zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi6.
Yakuniy suhbat o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi
Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o’quvchilarning boshlang’ich bilim darajasi hamda ularning yangi o’quv metodikasini o’zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o’qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o’rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so’nggida qo’llaniladi.
Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo’q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o’quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta‘minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Demak, evristik suhbat jarayonida o’quvchilar bilimlarni o’zlarining tirishqoqliklari va mustaqil fikr yuritish layoqatiga egaliklari bois o’zlashtira olsinlar.
Tushuntirish o’quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo’llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o’rganishda foydalaniladi7. Tushuntirish jarayonida o’quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko’zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko’p hollarda o’qituvchining ko’rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog’liq bo’ladi.
Ma‘ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat‘iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma‘ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, ob‘ektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog’lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma‘ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo’llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma‘ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o’quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o’rgata boradi.
Maktab ma‘ruzasining samaradorligini ta‘minlash shartlari1 quyidagilardan iborat:

  • o’qituvchi tomonidan eng maqbul ma‘ruza rejasining tuzilishi;

  • rejadan o’quvchilarni xabardor etish, ularni ma‘ruza mavzusining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish;

  • rejada aks etgan barcha bandlarning mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etilishi;

  • rejaning har bir bandi yoritilgach, ular yuzasidan qisqacha umumlashma asosida xulosalanishi;

  • ma‘ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o’tishda ular o’rtasidagi mantiqiy aloqalarning o’rnatilishini ta‘minlash;

  • bayon qilishning muammoli va emotsional xususiyat kasb etishi;

  • jonli til, o’z vaqtida misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish

  • auditoriya, muloqot jarayoni, shuningdek, o’quvchilarning aqliy faoliyatlarini mohirlik bilan boshqarish;

  • ma‘ruzaning muhim jihatlarini turli tomondan ochib berilishi

  • ma‘ruzaning asosiy qismlarini o’quvchilar tomonidan qayd etib (yozib) borilishiga imkon beradigan holatda bayon qilinish tezligi;

  • zarur (yozib olinadigan) o’rinlarni oldindan ajratib qo’yish

  • o’rganilayotgan holatlarni yozib olish asosida qabul qilish va ularning mohiyatini aniqlashtirish maqsadida ko’rgazmalar (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalar)dan foydalanish;

  • alohida holatlarni chuqur muhokama qilishda ma‘ruzani seminar, amaliy mashg’ulotlar bilan uyg’unlashtirish.

Ta‘lim sifati va samaradorligini ta‘minlashda ko’rgazmali metodlarham alohida ahamiyatga ega.Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko’rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko’rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko’rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta‘minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo’nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma‘lum bo’ladiki, shaxs tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko’rish reseptorlari yordamida o’zlashtiriladi.

Yüklə 53,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin