Ta`lim metodlarining turlari Ta‘lim metodlarining mohiyati va mazmuni ii-bob pedagogik texnologiyalar


Ta‘lim metodlarining mohiyati va mazmuni



Yüklə 53,84 Kb.
səhifə4/13
tarix16.03.2023
ölçüsü53,84 Kb.
#88364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Darsda zamonaviy o\'qitish usullarini qo\'llash

1.2 Ta‘lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Qayd etib o’tilganidek, ta‘lim metodlari tizimida og’zaki bayon qilish metodlari muhim o’rin tutadi.
Og’zaki mashqlardan ta‘lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o’quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog’liqdir. Shuningdek, og’zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o’rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Hikoya – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining nuqt mahorati, so’zlarni o’z o’rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o’quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog’liq. Shu bois hikoya mazmuni o’quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.


Оg'zaki bayon qilish metodlari



Xikoya




Suxbat




Tushuntirish




Maruza























Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg’u berishga e‘tiborni qaratadi. Hikoya hisha (5-10 daqiqa), shu bilan birga o’quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg’otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta‘lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro’y berishi mumkin.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta‘lim metodi bo’lib, u fanga qadimdan ma‘lum, xatto undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta‘lim jarayonida ko’p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o’qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta‘lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta‘minlash ko’p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o’quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga ular yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o’rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o’quvchilarga oldindan ma‘lum bo’lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi5.
Suhbat ko’proq o’quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o’zlashtirilgan bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya‘ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil etiladi.

Yüklə 53,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin