61
Yuqorida aytib o‟tilgan barcha sifatlar yosh o‟zgargan sari o‟zgarib boradi.
Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo‟lib, u aqliy faoliyatning
produktivligini ta‟minlaydi.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish
Ko‟nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning
avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko‟nikma bosh miyaning katta yarim sharlari
po‟stlog‟ida hosil bo‟lib, vaqtinchalik nerv bog‟lanishlarning
barqaror tizimining
funksiyasini ta‟minlaydi. Dinamik–streotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o‟zida
avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik – sintetik faoliyatni yuzaga keltiradi.
Buning natijasida nafaqat ko‟nikmalar, balki malakalar ham yuzaga keladi.
Malaka–oldinga qo‟yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan
muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.
Malakalar xatti–harkatning maqsad va konkret shart– sharoitlariga tegishli bo‟lgan
holda doimo suyanadi. Odam
ishni qanchalik yaxshi bilsa, uni shunchalik malakli
amalga oshiradi va undan foydalanadi. Ko‟nikma va malakalr xatti–harkat uslubi bo‟la
turib, ma‟lum faoliyat
turiga qarab ishlab chiqarish, o‟quv, ijtimoiy, sport,
tashkiliy,
texnik
faoliyat,ilmiy faoliyat, san‟at sohasidagi ko‟nikmalar va boshqalar bo‟lishi
mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo‟llaniladigan ko‟nikma va malakalr
mavjud: bular harkat, sensor, aqliy ko‟nikma va malakalardir.
Dostları ilə paylaş: