55
Ta’limning muvaffaqiyati
bir qator psixologik omillarga bog‟liq bo‟ladi.
Avvalo o‟quvchining o‟qishga bo‟lgan munosabatiga to‟xtaylik. Bu munosabat
diqqatda, his – tuyg‟ularda,
qiziqishlar va irodada, shaxsning tutgan yo‟lida namoyon
bo‟ladi.
Ta‟lim jarayoni avvalo o‟quvchilar diqqatini yo‟lga solishni talab etadi.
Darslarda ko‟rgazmali qurollardan, texnik va EHM vositalaridan foydalanish ta‟lim
oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradiTa‟lim jarayonining samaradorligi
ko‟p jihatdan o‟qituvchi tomonidan beriladigan ko‟rsatmalarga ham bog‟liq.
O‟qituvchining
roli shundan ibortki, u o‟quvchilarga tegishli ustanovkani hosil
qilishi, nimani vaqtincha,nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay
esda
olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so‟zma – so‟z esda
olib qolishni, nimaning ma‟nosini o‟z so‟zlari bilan aytib berish uchun esda olib
qolish zarurligini ko‟rsatib o‟tishi lozim. Kuzatishlar ko‟rsatadiki, bunday ko‟rsatmalar
berilmaganda, o‟quvchilarda ko‟pincha noto‟g‟ri tasavvurlar vujudga keladi.
O’qitishning emosionalligi
ta‟limning muvaffaqiyatliligini ta‟minlovchi
omillardan biridir. Ta‟lim berish jarayoni emosional jarayon. Agar o‟quvchilarga
berilayotgan axborot ularda hech qanday his- tuyg‟u uyg‟otmasa, uni o‟quvchilar
yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‟quvchilarning
psixik holatlari, ya‟ni ularning
muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta.
Ulardagi
quvonchli, optimistik kayfiyat o‟quv faoliyatini juda samarali qiladi. O‟quvchilar
emosional ruhdagi materialni durustroq o‟zlashtirib oladilar.
Jamiyatimizdagi mehnat – haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab
o‟quvchilarida o‟quv mehnatiga ijodiy munosabat o‟yg‟otib,
mehnatning haqiqiy
ijodga quvonch manbaiga aylanishiga ko‟maklashishi kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo‟llaydilar: «Talaba – to‟ldirilib turilishi
kerak bo‟lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo‟lgan mash‟aldir». Bu fikrning
tagida chuqur ma‟no bor. Ta‟lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri
Dostları ilə paylaş: