Таълим психологияси


Tushuntiruv ko’rsatmalilik metodi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

Tushuntiruv ko’rsatmalilik metodi
- bu metod reproduktiv metod bo‟lib, unda 
faoliyat o‟qituvchi tomonidan olib boriladi. O‟quvchilar ta‟lim jarayonida bilim 
oladilar, tanishadilar. Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo‟lib uni 
takomillashtirilgan usullari mavjud, bu- programmalashtirilgan ta‟limdir. 
2.
Reproduktiv metodda 
o‟quvchi faoliyati ko‟rsatib, unda o‟quvchiga berilayotgan 
bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilmni nusxa sifatida qabul qiladi. 
3.
Muammoli ta’lim metodi 
-o‟qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv 
xarakterga egadir. Ushbu metod orqali o‟quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. 
Ushbu metodning takomillashtirish yo‟llaridan biri ishchan o‟yinlarni tashkil etishdan 
iboratdir. 
4
.Qisman izlanish metodi –
O‟qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan ta‟lim metodi 
bo‟lib, u produktiv xarakterga ega, bunda o‟quvchi ijod qiladi. 
5.
Tadqiqot metodi –
O‟qituvchi ilm yoradamisiz tashkil etiladigan ta‟lim metodi 
bo‟lib, u o‟quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilmlar transformasiyasini talab 
etadi. 
Ta‟lim jarayoni tashkil etishning o‟ziga xos metodlaridan biri ishchan o‟yinlardir. 
Ishchan o‟yinlar munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini 
tashkil etishga yordam beradi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
da ta‟lim jarayoniga yangi pedagogik 
texnologiyalarni kiritish ta‟kidlanadi. Pedagogik texnalogiya – bu ta‟lim jarayoniga 
sistemali yondashuv bo‟lib, unda ta‟lim jarayoning tashkil etishda texnika va inson 
imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o‟zaro munosabati ta‟limning optimal 
formalari yaratilishiga zamin bo‟ladi. 
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi tarkibiy qismlarga
bo‟lish mumkin
 
Ta‟lim – tarbiya 
ishtirokchilari 
shaxsiga 
qo‟yiladigan 
ijtimoiy talablar. 
Hamkorlik 
faoliyati 
a‟zolarining
kasbiy 
tayyorligi: 
Ta‟lim jarayoning 
maqsadi, mazmuni, 
mohiyati, amalga 
oshirish vositalari: 
Ta‟lim 
jarayonini 
differensia-
siyalashtirish: 
Ijodiylik 
Prezidentimiz I.A. Karimov aytganidek – «Demokratik jamiyatda bolalar
umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi». O‟quvchini mustaqil 

Reproduktiv 
metodi

Qisman 
izlanish 
metodi

Muammoli 
ta`lim 
metodi


60 
ta‟lim olishga o‟z-o‟zini rivojlantirishga tayyorlash bugungi kun maktabining asosiy 
vazifasidir. 
Ta‟lim jarayonida o‟quvchining mustaqil ta‟lim olishini faollashtirish zarur. 
Mustaqil ta‟lim masalani qo‟yilishi, yechish, o‟z–o‟zini nazorat va baholashning 
yo‟llarini o‟quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xarakterlanadi. 
O‟quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini 
shakllantirish zarur. Fikrlash operasiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu 
o‟qituvchining: «Nima uchun?», «qanday maqsadda?», «Sabablari qanday?», «Natija 
nima uchun shunday bo‟ladi?» singari savollarning muhokamasi orqali amalga 
oshirilishi mumkin. O‟qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, 
gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muamolarni mustaqil holda topish va 
ularni yechish uchun o‟z loyihalarini tuzish va himoya qilish o‟quvchilar tafakkurining 
ma‟nodor va unumdor bo‟lishiga xizmat qiladi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997yil) ta‟lim muammolari oldiga mustaqil 
fikrlovchi shaxsni shakllantirish muammosini qo‟ygandir. 
Prezidentimiz I.A. Karimov ta‟kidlaganlaridek: o‟qituvchining bosh vazifasi 
o‟quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‟nikmalarni hosil qilishdan iboratligini
ko‟pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya 
qilmaymiz. 
Demaokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib 
tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‟rganmasa, berilgan ta‟lim samarasi past 
bo‟lishi muqarar. 
Albatta, bilim kerak, ammo, bilim o‟z yo‟liga. Mustaqil fikrlash ham katta 
boylik. Hozirgi zamon o‟quv mussasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil fikrlashga 
o‟rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farqlar mavjud. Fikrlashni bilish – bu
insonning aqlidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin