Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Loyihalash jarayonining ob’ekti va muammolari



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə102/174
tarix11.06.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#128330
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   174
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

2. Loyihalash jarayonining ob’ekti va muammolari. Loyihalash hozirgi kunda pedagogik jarayonning muhim tomonlaridan bo’lib, malakali ishlab chiqilgan pedagogik jarayon texnologiyasi va boshqaob’ektlar o’qituvchi tomonidan ta’lim oluvchilarni shaxs sifatida shakllantirishda salbiy ta’sir etuvchi faktorni yo’qotib, shu bilan birga har bir ta’lim oluvchiga pedagogik tizim tomonidan qabul qilingan individual sharoitlar yaratadi.
Pedagogik loyihalashning umumiy algoritmi quyidagilardan iborat:

  • Loyihalash ob’ektining tahlili.

  • Loyihalash shakllarini tanlash.

  • Loyihalashtirishni nazariy ta’minlash.

  • Loyihalashtirishni metodik ta’minlash.

  • Vaqt bilan ta’minlash. (ma’lum vaqt va hajmda ishlash).

  • Loyihalashni moddiy va texnik ta’minlash.

  • Loyihalashni huquqiy ta’minlash. (pedagogik tizim va jarayonda)

  • Kompyuter orasidagi aloqani yo’lga qo’yish.

  • Hujjatlarni rasmiylashtirish.

  • Loyihaga mutaxassislarning bahosi.

  • Loyihalarni tasdiqlash va foydalanishga berish.

Loyihani tasdiqlashda birinchi o’rinda tayyorlangan loyiha kafedra himoyasiga beriladi, so’ngra tegishli markazlarga yuboriladi. Bu markazlar loyihaning yutug’i, maqsadi, o’quv materiallarining mazmuni, metodlari va shakllariga o’z bahosini chiqaradi.
3. Ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etish
Ta’limda yoshlarni bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini rivojlantirish jarayonida baholash va bilimlarni tekshirib turish muhim ahamiyat kasb etadi. Baholash ta’lim tizimida foydalanilayotgan metodlar qanchalik samarali ekanligini, talabalarning o’zlashtirish darajasini aniqlashga yordam beradi.Albatta ta’lim tizimini samarali bo’lishi pedagog kadrlarning tayyorgarlik darajasiga ham bog’liq. Pedagog birinchi galda o’z kasbini sevishi, hurmat qilishi, talabaga katta qiziqish va mehr bilan qarashi, jamiyat oldidagi o’zining katta mas’uliyatini his qilaolishi shart. Pedagog har bir talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobgaolishi, o’quv materiallarini to’g’ri tanlay bilishi, tahlil qilaolishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur bo’lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilishi, talabaga nisbatan talabchan bo’lishi pedagogik vaziyatga qarab ulardan o’rinli foydalanaolishi, o’z faoliyatini tahlil qilaolishi vaxulosalar chiqaraolishi kerak.
Ta’lim oluvchilarning asosiy o’quv faoliyati bilimlarni o’zlashtirish bo’lib, quyidagi komponentlarni o’z ichigaoladi: o’quv materiallarini qabul qilish, fikrlash, egallab qolish va qo’llash. Bu komponentlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib, o’quv jarayonida ketma-ket qo’llanilib butun bir o’quv jarayonini tashkil etadi.
Ta’lim oluvchining o’quv materialini qabul qilishi.
O’quv materialini qabul qilish o’quv jarayonining eng muhim qismidir. O’quv materialini yaxshi qabul qilinishi o’quv ishlab chiqarish faoliyatida mustahkam fundament rolini o’ynaydi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin