bajarilgan ish uchun mas’uliyat his qilish kabilar kiradi.
4. Oiladagi tarbiyaviy majburiyatlar va vazifalar. Oila jamiyatning bir bo’lagi. Shunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.
Jamiyatdagi o’zgarishlar oilaga ta’sirini ko’rsatganidek, oiladagi o’zgarishlar ham jamiyatga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilinishi misolida ko’rishimiz mumkin. SHu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chiqqan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini kengaytirish va boshqaoilani mustahkamlash bilan bog’liq masalalarga qaratildi. Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oilaahil va totuv bo’lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatdaosoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.
Ko’rinib turibdiki, qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aqlli, farosatli, tafakkuri chuqur - bir so’z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir. Xalq bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va hurmat qiladilar.
Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. Oilaana shunday tabarruk qal’adir. U qanday qurilishi lozim? Oila o’zi nima va uning maqsad, vazifalari nimalardan iborat?
Oila – voyaga yetgan ikki jinsning sevish, ardoqlash, hurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.
Mo’’jazgina bir qal’a qurildi. Endi bu qal’ada bekinmachoq o’ynalmaydi. YOshlikdagi o’yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik o’rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko’nikmasini his qilib, oila maqsad va vazifalarini tushunib, uqib bormog’i lozim.
Oila maqsadi – ikki jinsning o’zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
Oila vazifasi – er-xotinning birgalikdaxo’jalik yuritish asosidaoilani ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan ta’minlash hamda jamiyatga sog’lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
Ota-onaning farzand oldidagi vaaksincha farzandning ota-onaoldidagi majburiyatlari
Komil farzandli bo’laman, baxtli oila quraman degan maqsad bilan oila qurdingiz. Ammo bu maqsadga erishish farzand tarbiyalashdagi muhim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko’rishni taqozo etadi.