79
79
Masalan,
odamlarda bilimga, ixtirochilikka, musiqaga bo’lgan ehtiros mana
shunday aniq ehtirosdir. Bular ijobiy ehtiroslarga misol bo’la oladi. Bizning
axloqimiz nuqtayi nazaridan qaraganda, salbiy ehtiroslar ham bor.
Masalan, ichkilikbozlikka, alkogolga, qimorga, kartabozlikka hirs qo’yish,
pulparastlik mana shunday salbiy ehtiroslardir. Ijobiy
ehtiroslar odamni ulkan
ijodiy faoliyat yo’liga etaklovchi kuchdir.
Affektlar
Tez paydo bo’ladigan, nihoyat darajada kuchli, g’oyat jo’shqinlik bilan
o’tadigan qisqa muddatli emottsional holatlar affektlar deb aytiladi. Masalan,
birdaniga achchiqlanish, g’azablanish, to’satdan qo’rqish va shu kabi holatlar
affektlarning bir ko’rinishidir. Affektlar ko’pincha to’satdan paydo bo’ladi va
ba’zan atigi bir necha daqiqa davom etadi. Affekt
holatida kishining ongi,
tasavur qilish va fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Mana shunday
kuchli emottsional qo’zg’alish shiddatli ha-rakatlarda, tartibsiz gaplarni gapirib
yuborishda, ko’pincha, baqirib yuborish tarzida namoyon bo’ladi. Affektlar
vaqtida odamning
harakatlari kutilmagan tarzda, «portlash» singari, birdaniga
boshlanib ketadi.
Dostları ilə paylaş: