Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə86/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

qat’iyat deb ataymiz.
Boshqa bir hollarda esa, motivlar kurashi uzoq, vaqtga «cho’zilib ketadi»
va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi.
Bu - qat’iyatsizlikdir. Masalan, o’rta maktabni tugatayotgan va tugatgan ba’zi
bir yoshlar qaysi institutga kirish masalasini juda tez hal qiladilar, boshqa
birlari bo’lsa juda uzoq vaqt ikkilanib o’ylab yuradilar. Qat’iyat, odatda,
jiddiylik vaziyatning engillanishi, mamnunlik tuyg’usini tug’dirsa,
qat’iyatsizlik esa ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida og’ir noaniq
holat bilan birga sodir bo’ladi.
Kundalik hayotimizda juda ko’p ongli irodaviy harakatlarimiz uzoq davom
etadigan va jiddiy tusdagi motivlar kurashisiz amalga oshirilaveradi. Bunday
hollarda biron qarorga kelish ilgaridan odat bo’lib qolgan bir tarzda yoki
belgilangan qoida asosida, yo bo’lmasa, mazkur qaror va harakatlarni ma’lum
turdagi xatti-harakatlarga rioya qilish tarzida amalga oshiriladi.
Bir marta qabul qilishgan qarorni keyinchalik o’zgartirish yoki boshqa yangi
qaror bilan almashtirish, yoki bo’lmasa, batamom bekor qilib yu-borish
subutsizlik deyiladi.
Qat’iy qaror qila olmaslik - kishi irodasi bo’shligining alomatidir.



82
82


Qarorni ijro etish
Biron qaror shu qarorga muvofiq keladigan choralar ko’rish va ish-
harakatlar qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o’tishni ijro qilish,
bajarish deyiladi. Irodaviy jarayonlarda eng muhim narsa qabul qilingan
qarorni bajarishdir. Kishining irodasi xuddi mana shu qarorni bajarishda
namoyon bo’ladi deyish mumkin.
Odatda, ikki turli irodaviy harakat farqlanadi: jismoniy va aqliy. Jis-moniy
harakatlarga har turli mehnat operatsiyalari, o’yin hamda sport mashg’ulotlari
va boshqalar kiradi. Aqliy harakatlarga bo’lsa - hisob ish-lari, yozma ishlar,
dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shuning kabilar kiradi.
Ko’p vaqt takrorlab, o’zlashtirilib ketgan, ko’nikma va odat bo’lib ketgan
harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardan-dir. Iroda, yana ayni chog’da
keraksiz harakatlarni to’xtatish, tugatish yoki o’zgartirishda ham namoyon
bo’ladi.
Qarorni ijro etish, odatda, ma’lum vaqt va ma’lum muddat bilan bog’liq
bo’ladi. Qarorning hech kechikmay, belgilangan vaqtida ijro etili-shi irodaning
ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik va puxta-likni bildiradi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin