Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


To’rtinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə88/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

To’rtinchi savol bo’yicha darsning maqsadi:
Talabalarni shaxsning kasbga moslashish psixologiyasi bilan tanishtirish.
Kasbga moslashish motivlarini ta’riflash.
Identiv o’quv maqsadi:
1.Shaxsning kasbga moslashish psixologiyasi bilan tanishtiradi.
2. Kasbga moslashish motivlarini ta’riflaydi.
To’rtinchi savolning bayoni
Shaxsni kasbga moslashish psixologiyasi.
Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan
turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish
jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruxga mansub motiv jamiyat
tomonidan extiyojlarning kondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish
bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan
bog’liq ravishda shakllantiriladi.
Mexnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib o’tilganidek, aniq
kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivatsion
jarayondir. Chunki shaxsning tug’ri kasb tanlashi ko’pincha insonning
hayotdan qoniqishga xam sabab bo’ladi.
Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko’prok tashqi omillar hakidagi
qarorning kabul kilinishi jarayoni hakida to’xtalishi muhimdir. Bu asosan tashqi
holat baholariga, o’zining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi
qiziqish va moyilliklariga bog’liqdir. Tashqi xolatini baxolash, ijobiy ta’sir
ko’rsatadigan omillar, o’zida ishlab topiladigan pul miqdori, imtiyoz, taklif
etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yaqin bo’lishi, transpot
aloqalarining qo’layligi, ish joyi estetikasi va ishlab chiqarishning zararli
tomonlari, jamoadagi psixologik iklim, maqtov va tartibga chaqirish kabilarni
qamrab oladi.
O’z imkoniyatlarini baholash sog’lomligi, ishga yaroqliligi, kasbi bo’yicha
muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori
shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish
imkoniyati kabilarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin