81
81
Inson irodaviy faoliyatining motivlari xilma-xildir. Bu motivlardan
avvalo kishining intilish va xohishlarini tug’diruvchi ehtiyojlarni ko’rsatish
mumkin. Ma’lum maqsad va unga erishish yo’llarini tanlash ko’pincha
biror
ehtiyojning mazmuniga va ahamiyatiga bog’liq. Kuchliroq ehtiyoj boshqa
motivlar orasida kuchliroq motiv bo’lishi mumkin.
Irodaviy harakat natijalari to’g’risidagi tasavvurlarimiz ham irodaviy
harakat motivlari bo’la oladi, chunki bu natijalar ma’lum ijtimoiy va shaxsiy
ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Biz tasavvur qilgan maqsad va bu maqsadga
erishish yo’llari turli hissiyotlarimiz bilan bog’liq bo’lishi bilan birga, ma’lum
darajada jozibali bo’lishi mumkin. Bu jozibalilik ham harakat motivi bo’la
oladi.
Biron maqsad va uni amalga oshirish yo’llarini tanlash ba’zi paytda
har xil
kuch va har xil jozibaga ega bo’lgan bir qancha motivlar qatnashishi tufayli
ichki kurash xarakterini kasb qiladi. Mana shuning uchun ham bu jarayon
motivlar kurashi nomi bilan yuritiladi.
Qarorga kelish
Motivlar kurashi bilan bog’liq bo’lgan biron maqsadni amalga oshirish
yo’llarini tanlash jarayoni qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish
ma’lum bir maqsad va bu maqsadni amalga oshirishning biron usuli yoki
ma’lum yo’llari haqida to’xtash demakdir. Bu esa motivlardan biri hal qiluvchi
rol o’ynaydi, demakdir. Masalan, kechqurun qaerga borish kerak: teatrgami
yoki do’stimning oldigami degan fikrdagi motivlar kurashi natijasida kishi
do’stining oldiga borishga qaror qiladi. Kasb tanlash tufayli paydo bo’lgan
motivlar kurash natijasida bir o’smir traktorchi bo’lishga
qaror qilsa, boshqasi
pedagogika institutiga kirishga qaror qiladi.
Ba’zi hollarda kishi qabul qilinadigan qarorning amalga oshirish im-
koniyatlariga ishongan holda juda tez ma’lum bir qarorga keladi. Buni biz
Dostları ilə paylaş: