Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ichki qarshiliklarni engish



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə87/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ichki qarshiliklarni engish
Ichki qarshiliklar kishining o’ziga xos bo’lgan ma’lum holatidir. Kishi
tinch, harakatsiz va hech qanday faoliyatsiz holatda bo’lishi mumkin. Masalan,
bunday holat dam olayotganda, uxlayotganda, toliqqan paytda va kasal paytda
bo’ladi. Biron ish bilan shug’ullanmay harakatsiz o’tirishga, ya’ni yalqovlikka
undovchi mayl ham shunday holatdandir.
Paydo bo’layotgan ixtiyorsiz harakat, ko’pincha, qabul qilingan irodaviy
qarorga nisbatan boshqacha (ba’zan qarama-qarshi) yo’nalishga moyil bo’ladi.
Masalan, kishining hissiyotini aks ettiradigan ba’zi ish-harakatlari shular
jumlasidandir. Ixtiyorsiz harakatning paydo bo’lishi kerakli irodaviy harakatni
susaytirib yoki batamom to’xtatib qo’yishi mumkin. Shuning uchun qabul
qilingan qarorni bajarishda paydo bo’ladigan ixtiyorsiz harakatni irodaviy zo’r
berish bilan engishga to’g’ri keladi. Masalan, parashutchilar birinchi marta
o’zlarini samolyotdan tashlaganlarida (irodaviy harakatlarida) tabiiy ravishda
paydo bo’ladigan qo’rqish hissini engib borishlari lozim bo’ladi.
Iroda, avvalo, kishining o’z-o’zini, o’z intilishlari, hissiyotlari va
ehtiroslarini qo’lida tuta bilishi demakdir. Iroda — kishining o’z-o’zini iroda
qila bilishi, o’z xulqi va faoliyatini ongli ravishda tartibga solish hamda
boshqara olish qobiliyatidir.
Odamning ichki to’lqinlarini enga olish, o’zini boshqarish va o’z usti-dan
hukmronlik qila bilish qobiliyatini odatda ichki iroda deb yuritiladi.
Tashqi qarshiliklarni engish
Kishi tabiatni o’zgartiradi. Bunda u tabiatning qarshiligini engadi, uning
stixiyalariga, ya’ni suv, sovuq bo’ron, olov kabi tartibsiz, halokatli
harakatlariga qarshi kurashib, uni o’zgartiradi, qayta ko’radi. Kishi masofani
engib bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi, og’ir narsalarni ko’tarib, ularni bir
joydan ikkinchi joyga olib boradi. Kishi irodaviy zo’r berish va irodaviy



83
83


harakat yordami bilan ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan yangi narsalar: uylar,
fabrikalar, zavodlar, yo’llar, mashinalar, san’at asarlari va shuning kabilarni
yaratadi.
Odamning tashqi to’sqinliklarni tashqi qiyinchiliklarni enga olish
qobiliyatini tashqi iroda deb yuritiladi. Obektiv voqelikka ta’sir qilishda kishi
iroda kuchining yordami bilan dastaval o’z organizmini harakatga solishi
lozim va shu bilan birga, har qanday ixtiyorsiz harakatni doimo bosib va
o’zgartirib turishi kerak. Shuning uchun kishining tashqi qarshiliklarni
engishga qaratilgan irodaviy zo’r berishlari va irodaviy harakatlari ayni
vaqtning o’zida kishining ichki holatini ham o’zgartiradi. Kishi tashqi muhitni
o’zgartirishi bilan birga, u o’z-o’zini ham o’zgartiradi.
Salbiy baho, ko’pincha, qilingan ishlarga achinish, uyalish va afsuslanish
kabi hissiyotlar tug’ilishiga sabab bo’ladi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin