Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə93/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga qobiliyatlar haqida
tushuncha berish. Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini asoslash.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Qobiliyatlar haqida tushuncha beradi.
2. Shaxsning kasbga moslashish psixologiyasi bilan tanishtiradi.
2. Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini ta’riflaydi.
Ikkinchi savolning bayoni
Kobiliyatlarning rivojlanishi.
Kobiliyat va iste’dodning o’sishi
•Har bir odamning kobiliyat va iste’dodi tarakkiyot mahsulidir. Insonning
kobiliyati uning tug’ma layokati asosida, muhitga bog’lik ravishda olayotgan
ta’lim-tarbiyasiga karab, shuningdek, kishining o’z ustida ishlashi bilan
bog’lik holda o’sib, kamol topib boradi. Inson o’z mohiyati bilan ijtimoiy
tabiiy zotdir. Shuning uchun ham unga xos bo’lgan barcha ruhiy holat va
jarayonlar tabiiy kuchga, hayotiy kuchga egadir. Bu tabiiy kuchlar har bir
insonga ota-onadan bevosita o’tadi va ular instinktlar, tug’ma layokatlar
tarikasida ijtimoiy munosabat va faoliyat jarayonida namoyon bo’ladi.
Tug’ma layokat — tayyor, kamolotga etgan kobiliyat emas, balki
kobiliyatning o’sishi uchun fakat tabiiy zamindir, u kelgusida kobiliyatga
aylanmog’i mumkin. Bunday imkoniyatlar fakat tegishli sharoit mavjud
bo’lgandagina ro’yobga chika oladi.
Tug’ma layokatni irsiyat bilan aynan bir narsa deb tushunish yaramaydi.
Layokat irsiyat natijasigina bo’lib kolmay, balki, shu bilan birga ona
homilasida o’sish natijasi hamdir. Layokat — kishidagi tug’ma imkoniyatdir.



88
88


Layokat kishining butun umri davomida o’zicha o’sib, kamolotga et-maydi.
Layokat hali kishida «mudrab yotgan» imkoniyatlardir. Bu layo-katning
«uyg’onib» yuzaga chikishi uchun tegishli ijtimoiy muhit ham bo’lmog’i
lozim. Layokatni xuddi urukka o’xshatish mumkin, urug’dan o’simlik ko’karib
chikishi, etilib meva kilishi uchun kulay sharoit: tuprok, havo, kuyoshning
bo’lishi darkor. Kishidagi tug’ma layokatning o’sib kamol topishi uchun zarur
bo’lgan sharoitning asosi ijtimoiy muhitdir.
Nokulay ijtimoiy muhit sharoitida kishidagi tug’ma layokatlarning
«uyg’onmay» kolib ketishi mumkin. Bunday nokulay muhit kishida tasodifiy
ravishda ko’rina boshlagan biron kobiliyat va iste’dod alomatlarini yo’kotib
yuborishi yoki ularning paydo bo’lish vaktini cho’zib yuborishi ham mumkin.
Milliy an’analar urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy
va umumma’naviy kadriyatlarimizni hayotimizga tatbik etilishi xalkimizning
turmush sharoitini o’zgarishiga olib keldi. Jamiyatimiz uchun bilim-don,
fidokor, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash imkoniyati yaratildi. O’zbek xalki
yuksak akl-zakovatga, dunyoni boshkarish kudrati, salohiyati, ko-biliyatiga ega
bo’lgan sohibkiron Amir Temur kabi sarkardalar, Al-Bu-xoriy, At-Termiziy,
Bahovuddin Nakshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy kabi ulug’ muhandis majtahid
ulamolari, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi komusiy
olimlari bilan birgalikda Ul-Umaviy, Hofiz Sheroziy kabi musikashunos
olimlari, Nizomiy Ganjaviy, Abdu-rahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Ulug’bek
kabi mutafakkirlari bilan faxr-lanib kolmay, ularning ishlarini davom
ettirishga, fan sohasida yangiliklar yaratishga ham kodirdirlar.
Shuningdek, mamlakatimizda nomlari jahon fani tarixiga kirgan olim-
larimiz ko’plab topiladi. Bizda madaniy saviyani oshirish, xalkimiz ora-sida
ko’plab bunyodga kelgan talant va salohiyatlarni kamol toptirish uchun barcha
imkoniyatlar yaratilgan.
Ma’lumki, barcha yuksak iste’dodli kishilar ko’p va tirishib o’kiganlar.
Iste’dod ayni ta’lim-tarbiya jarayonida, kishining tarkib topayotgan ko-
biliyatlarida ravshanrok ko’rina boshlaydi. Chunonchi, kishining, masalan,
musika, adabiyot, texnika, matematika va boshka shu kabilarga bo’lgan
iste’dodi ta’lim-tarbiya jarayonida oshkor bo’ladi.
Kulay sharoit, o’kitish va tarbiya odamdagi layokatning barvakt
uyg’onishiga imkon beradi. Masalan, Rimskiy-Korsakov onasi kuylagan
kuylarni ikki yoshdanok, otasi pianinoda chalgan kuylarni to’rt yoshida
takrorlar, xirgoyi kilar edi va otasidan eshitgan kichik musika asarlarini tez
kunda fortepianoda o’zi chala boshlagan. Motsart uch yoshdan boshlab
klavesinani (pianinoga o’xshash musika asbobini) chala boshlagan, eshitgan
musika asarlarini hayron kolarli darajada darrov esida koldirgan. To’rt yoshida
o’zi ham musika asarlari yarata boshlagan. Gaydida to’rt yoshidayok musikaga
bo’lgan kobiliyat ko’rina boshlagan. Prokofev sak-kiz yoshida kompozitor
bo’lib tanila boshlagan.
Rassomlik sohasida Rafaelning ijodiy kobiliyati sakkiz yoshida, Mike-
lanjeloda o’n uch yoshida, I.E. Repin bilan V.A. Serovda to’rt yoshida, V.I.
Surikovda olti yoshida ko’rina boshlagan. Aleksandr Ivanov o’n bir
yoshidayok tasviriy san’at Akademiyasiga kirgan. Igor Grabar o’zi hakida:



89
89


«Rassomlikka necha yoshda havas ko’yganligimni eslay olmayman, ammo
rasm solmagan vaktimni xotirlay olmayman», deydi.
Poeziya sohasida Pushkin va Lermontovlarning ijodiy kobiliyatlari
juda erta ko’rina boshlagan. Pushkin to’kkiz yoshida, Lermontov o’n
yoshida, A. Navoiy 5 yoshida ijod kila boshlagan. Ularning 7—13 yoshla-
ridayok asarlari bosilib chika boshlagan. Bayron bilan Shiller o’n olti
yoshda yoza boshlagan.
~
Kishining o’z faoliyatiga kanday munosabatda bo’lishi katta ahamiyatga
egadir. Agar kishi o’z ishini sevib, mehr bilan kilsa, u vaktda kishining bu
sohadagi salohiyatlari kuchlirok yuzaga chika boshlaydi, uning kobiliyat va
mahorati tezrok o’sib boradi. Ishga muhabbat ko’yish — u ishga kizikish,
havas ko’yish demakdir. Shu sababdan kishining kobiliyati uning kizikish-
havaslari bilan mustahkam bog’lik va kizikishning o’sib borishiga karab, kishi
kobiliyati ham o’sib boradi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin