86
86
Kishilar turli sohalardagi faoliyatlarida — mehnat, o’yin, o’kish va
ijodiyotda biror narsani tez yoki sekin bajarishlari bilan bir-birlaridan fark
kiladilar. Ba’zi bir odam bir ishni sekinlik bilan bajarsa, bir kishi tezlik bilan
bajaradi. Ayrim kishilarning faoliyatlari samarali, serunum bo’lsa,
boshkalarniki esa kam unum bo’ladi. Ba’zi odamlar o’z ishlarida ijodiy,
original usullarni ko’prok ko’llasa, ba’zi bir kishilarning ishlarida esa bunday
usullar kamrok ko’rinadi. Kishilar faoliyatining mana shu xususiyatiga karab,
biz ularning kobiliyatlari kandayligini aniklab olamiz.
Kobiliyat — kishining muayyan faoliyatiga bo’lgan layokatidir
Kishilar kobiliyati nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Har bir kasb kishidan
mehnatda, ijodiyotda va o’kish faoliyatlarida tegishli kobiliyat talab etadi.
Kishi faoliyatining har xil turlariga muvofik, nazariy va amaliy kobiliyat-larni,
matematika, texnika, musika, adabiyot, pedagogika, xo’jalik, tashki-lotchilik
va boshka sohalarga oid kobiliyat turlari bo’ladi.
Shaxsning rivoj topib, kobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma xu-
susiyatlari iste’dod deyiladi.
Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan kobiliyatlarning kanchalik
tez o’sishiga, bilim va malakalarni kanchalik egallash iga hamda o’z ishini
kanchalik muvaffakiyat bilan va samarali bajarishiga karab aniklaymiz.
•Kobiliyat va iste’dodda kishining akli (intellekti) ham, ya’ni idrok va
kuzatuvchanligining, tafakkur, xayol, nutk va xotiraning kanchalik o’sganligi
ham ko’rinadi. Akl faoliyati dikkat va iroda bilan bog’lik bo’lgani uchun
kobiliyat va iste’dod dikkat va irodaning kanchalik kuchli va barkarorligida
ham ko’rinadi. Kishining kanchalik kuzatuvchan ekanligi, bilimlarni kanday
o’zlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni kanday hal kilishi, kanday
kimmatli yangiliklar yaratishi, o’z bilim va malakalarini turmushga kanday
tatbik kila bilishidan ham, kishining kobiliyat va iste’dodini bilish mumkin.
Kobiliyat va iste’dodni bilim yoki ma’lumotga teng baravar deb, ya’ni u bilan
aynan bir narsa deb karash yaramaydi. Kishining muayyan bir xildagi
kobiliyati va iste’dod darajasi uning ma’lum sohada bilim va ko’nikma hosil
kilish tezligi darajasi bilan belgilanadi. Shuningdek, kobiliyat amalda ko’llay
olish va ijodiyotda undan foydalana bilishda ham ko’rinadi. Bilim olish va
ko’nikma hosil kilish esa, o’z navbatida, kobiliyat va iste’dodning yuzaga
chikishiga hamda o’sishiga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: