Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə94/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga qobiliyatlar haqida
tushuncha berish. Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini asoslash.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Qobiliyatlar haqida tushuncha beradi.
2. Shaxsning kasbga moslashish psixologiyasi bilan tanishtiradi.
2. Qobiliyatlarning tabiiy asoslarini ta’riflaydi.
Uchinchi savolning bayoni
Shaxs faolligi va kobiliyatlar.
1. Kizikish va havas to’g’risida umumiy tushuncha
Kizikish-havas iborasini biz ko’pincha marokli, ajoyib, yokimli ma’nolarda
ham ishlatamiz. Kizik spektakl, marokli roman, ajoyib odam va hokazolar
deganimizda, odatda, shu ma’noda gapiramiz.
Bunday ma’noda tushuniladigan kizikish-havasni bevosita kizikish-havas
yoki kiska muddatli kizikish-havas deymiz. Bu xildagi kizikish-havas, asosan,
kishidagi ixtiyorsiz dikkat jarayonida ro’y beradi va u kishining individual
xususiyatlari tarkibiga kirmaydi.
Bevosita kizikish-havasni uzok muddatli, nisbiy barkaror kizikish-havasdan
fark kilmok kerak. O’ziga xos tor ma’noda ishlatiladigan kizikish so’zi aslida
shu xildagi barkaror kizikish-havasni bildiradi.
Kizikishning bu xili (barkaror kizikish-havas) shaxsning dikkat-e’tiborini
muayyan narsaga, vokelik va hayotning muayyan sohasiga, muayyan bir
faoliyatga birmuncha uzok vakt va barkaror karatilishida ifodalanadi.
2. Kishilarning kizikishlariga karab bir-biridan farki
Odamlardagi kizikishlarni biz, avalo, bu kizikishlarning mazmuniga karab
turlarga ajratamiz. Kizikishning mazmuni keng ma’noda olingan vokelikdagi
kanday narsalar yoki soha bilan kizikilganligiga bog’lik bo’ladi, shular bilan
belgilanadi. Kishilarning mazmunan, har xil bo’lgan kizikish-havaslarini bu
kizikishlarning ijtimoiy kimmatiga karab ijobiy kizikish, yuksak, oliyjanob



90
90


kizikish-havas deb baholasak, boshka bir kizikishlarga salbiy kizikish, past,
bachkana va hatto zararli kizikish deb baho beramiz.
Ijtimoiy-siyosiy kizikishlari ham mavjuddir. Bu kizikishlar jamiyatga foyda
keltiradigan yoki reaksion jamiyat uchun zararli, emiruvchi kizikish bo’lmog’i
mumkin.
Progressiv ijtimoiy-siyosiy kizikishlar kishidagi eng yuksak, kimmatli
kizikishdir. Kishilarning individualligi fakat unda ijtimoiy kizikishlarning
mavjudligi bilan emas, balki yana mana shu ijtimoiy kizikishlarning undagi
shaxsiy kizikishlar bilan bo’lgan nisbatida hamdir. Kishidagi ijtimoiy kizi-
kishlar uning shaxsiy kizikishlaridan ustun bo’lganda, undan ham muhimrog’i,
kishining shaxsiy kizikishlari ijtimoiy kizikishlar bilan mos bo’lgandagina
shaxsning ma’naviy hayoti ko’rkamrok bo’ladi.
Intellektual (akliy) kizikishlar yuksak ijobiy kizikishlardir. Ana shunday
kizikish egalari uchun o’z hayotlarida eng muhim narsa - fan bilan mashg’ul
bo’lish, kerakli nazariy va amaliy masalalarni hal etishdir. Chunonchi, buyuk
sarkarda, sohibkiron Amir Temur, musikashunos, olim, makol janrining
ijodkori, Muhammadjon Mirzaev, matematik, fizik olim Kori Niyoziy,
O’zbekiston FA akademigi I.S. Salimov va boshkalar ana shunday kizikish
bilan yashadilar.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin