Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Yuqori baholar strategiyasi



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Yuqori baholar strategiyasi
(“qaymog‘ini ajratib olish”) 
dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha 
yuqori baholarda sotilishini va keyin esa, ularning pasaytirilishini 
ko‘zda tutadi. Bu patent bilan himoyalangan yangi tovarlarga 
tegishlidir. Bunday strategiya joriy talab darajasining yuqoriligi, 
tovarning yuqori bahosini iste’molchi tomonidan tovar sifatining 
yuqoriligi tarzda e’tirof etilgan va shunga o‘xshash boshqa 
sharoitlarda mumkin.
Past baholar strategiyasi
yoki bozorga “yorib kirish” 
strategiyasi 
ham 
mavjud. 
Bunday 
strategiya 
talabni 
rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. U ishlab chiqarish 
katta hajmda va talab yuqori elastik bo‘lgan bozorlarda samarali 
bo‘lib, unda sotib oluvchilar baholarning pasayishiga keskin 
munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. Bunda XYuS ishlab 
chiqarish hisobidan baholarning past darajasini ushlab turadi. 
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi
xilma-xil bozorlar, 
ularning segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholarning 
o‘rtacha darajasiga nisbatan turli-tuman chegirma va ustamalarni 
qo‘llash evaziga amalga oshiriladi. 
Imtiyozli baholar strategiyasi
imtiyozli baholarni taklif 
qilishdan XYuS manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilar bilan 
ishlashga qaratilgan. 
Elastik baholar strategiyasi
baholarning iste’molchilar sotib 
olish qobiliyatiga bog‘liq ravishda o‘rnatilishini anglatadi.
Barqaror, standart, o‘zgarmaydigan baholar strategiyasi
nisbatan uzoq vaqt davomida tovarlarning bir xil bahoda 
realizatsiya qilinishini nazarda tutadi. 
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida
sotib oluvchi 
tovarni, masalan, 1000 so‘mda emas, balki 999,9 so‘mda sotib 
oladi. Bu holda sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni 
o‘rnatishning puxta va aniq hisob-kitoblarga asoslanganligining 
isboti sifatida e’tirof etadi. 
293 
maqsad qilib qo‘ygan ekan, boshqa raqobatchilarga nisbatan 
pastroq bo‘lgan bahoni so‘raydi. 
Bahoni o‘rnatish (aniqlash) jarayonida faqat iqtisodiy 
holatlarni emas, balki psixologik omillarni ham inobatga olmoq 
lozim. Bu o‘rinda baholarni shakllantirish borasidagi davlatning 
tartibga keltiruvchi rolini, daromadlardan olinadigan soliqlar va 
yana ko‘p omillarni ham unutmaslik kerak. Shuningdek, baholarni 
shakllantirishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, qishloq xo‘jaligida 
baholarning kamida quyidagi uch yo‘nalishi rivojlanadi: 

markazlashtirilgan yo‘nalish (mahsulotlar muhim turlarining 
cheklangan doirasiga mo‘ljallangan); 

ulgurji-shartnomaviy yo‘nalish (ishlab chiqarishga mo‘l-
jallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va iste’molchi XYuSlar 
o‘rtasida); 

ishlab chiqaruvchilar va savdoga o‘rtasidagi yo‘nalish (xalq 
iste’moli, noiste’mol tovarlari va kooperatsiyaga tayyorlashlarga 
mo‘ljallangan). 
Yuqoridagilardan tashqari, boshqa barcha tovarlarga va 
shuningdek, o‘z savdo tarmog‘i mahsulotlari uchun alohida 
xo‘jaliklar tomonidan bahoni mustaqil ravishda o‘rnatish hollari 
ham mavjud. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin