Byudjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda
mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutadigan hujjat bo‘lib, ushbu
yo‘nalishlar asosida Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari shakllantiriladi.
Byudjetnoma o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini;
- Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini;
- Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
- soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari
loyihasini;
- Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari
byudjetlarining loyihasini;
- davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
- soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg‘armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini
Byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga joriy
yilning
15 sentyabriga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga
xulosa taqdim etishi uchun joriy yilning
20 sentyabriga qadar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va davlat
byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha