Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari
. Shu 
davrning o‘zida iqtisodiyot fanida sotsial-demokratik oqim 
rivojlanib, u K. Marks va F. Engelsning rossiyalik izdoshlari 
tomonidan amalga oshirildi. Barcha sotsial-demokratlar uchun 
umumiy holat, bu moliyaviy hayot voqeliklarini tadqiq etishda 
yuzaki yondashish bo‘lib, nazariy ishlanmalarning hokimiyat 
uchun 
siyosiy 
kurashning 
bir 
daqiqalik 
ehtiyojlariga 
bo‘ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Bu oqimning yaqqol 
namoyandasi V.I.Lenin (1870-1924 yillar) edi. 
Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar yozilgan V.I.Lenin 
ishlarining asosiy mazmuni Rossiya moliyaviy siyosatni tanqid 
qilishdan iborat bo‘lgan. Maqolalari va chiqishlarida u byudjetning 
daromadlar va xarajatlar tizimini tanqidiy ko‘rib chiqqan, egri 
(bilvosita) soliqlarning ijtimoiy tavsifini ochib bergan va Oktyabr 
davlat to‘ntarilishi arafasida davlat moliyaviy ahvolining ayanchli 
ekanligini ko‘rsatgan. 
1917-yilda V.I.Lenin tomonidan bolsheviklar partiyasining 
iqtisodiy platformasi ishlab chiqiladi va u RSDRP (b)ning VI 
syezdida qabul qilinadi. Unda pul, moliya va kredit masalalariga 
ko‘p e’tibor qaratilgan edi. Xususan, bu iqtisodiy platformaga 
muvofiq bank ishining milliylashtirilishi va markazlashtirilishi, 
sug‘urta ishining milliylashtirilishi, qog‘oz pullarni chiqarishning 
to‘xtatilishi, ichki va tashqi qarzlarni to‘lashdan voz kechish, 
mulkka va mulkning o‘sishiga solinadigan yuqori stavkali soliqni 
joriy etish, daromad solig‘ini isloh etish va kapitalistlarning 
205 

“Tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasining negizini 
ayting. 

Yangi mumtoz nazariyalarning vakillari va ularning asosiy 
qarashlari mazmunini aytib bering. 

“Taklif 
iqtisodiyoti” 
nazariyasidagi 
yangi 
konservativ 
yo‘nalishning asosiy mazmuni nimalardan iborat? 

A.Leffer soliq konsepsiyasining mashhur bo‘lish sababini 
ayting. 

Postkeynschilar nazariyalarining mualliflari kimlar va ular 
qanday g‘oyalarni ilgari surishgan? 

Xorijiy mualliflar moliyaviy konsepsiyalarining tahlili qanday 
yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi?

Oktyabr davlat to‘ntarilishiga qadar qaysi rus olimlarining 
ishlarida moliya masalalari tadqiq etilgan? 

“Jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining moliyaviy 
jihatlari nimalardan iborat edi? 

Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari qanday talqin 
qilingan? 

1917-yilda V.I.Lenin tomonidan ishlab chiqilgan va RSDRP 
(b)ning VI syezdida qabul qilingan bolsheviklar partiyasining 
iqtisodiy platformasida pul, moliya va kredit sohasidagi qanday 
masalalariga ko‘p e’tibor qaratilgan edi va ular qanday oqibatlarga 
olib keldi? 

Sovet moliya fanining rivojlanishiga o‘ziga xos tarzda hissa 
qo‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz? 

Sovet moliya fani taraqqiyotining davrlarini shartli ravishda 
qanday davrlarga bo‘lish mumkin va ularning namoyandalari 
kimlar? Bu davrlarda ularning qanday asarlari vujudga keldi? 

1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida sovet 
moliya fani qanday natijalarga erishdi? 

Moliya nazariyasi masalalari bo‘yicha munozaralarning 
mohiyati 
qaysi 
masalani 
aniqlashga 
qaratilgan 
va 
turli 
konsepsiyalarning mualliflari qanday guruhlarga bo‘lingan? 
Ularning bir-biridan farqli jihatlarini aytib bering. 

Sovet davrida moliya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan 
olimlardan kimlarni bilasiz? Ular ayrimlari asarlarining nomlarini 
aytib bera olasizmi? 


204 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi moliya fani oldiga 
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan vazifalar qo‘ydi. 
Ularning eng muhimi mustaqil davlatning mustaqil moliyaviy 
tizimni tashkil etishning nazariy va amaliy masalalarining 
yechimini ishlab berish edi. O‘zbek moliyachi olimlari bu borada 
tadqiqotlar olib bora boshlashdi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin