F Foyda solig‘i – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib,
byudjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to‘g‘ri (bevosita)
soliqdir. Uning summasi soliq to‘lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy
natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega
bo‘lgan yuridik shaxslar foyda solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda
bilan ma’lum chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa
tortish obyektidir. Foyda solig‘i barcha soliqlar to‘langandan so‘ng korxona
ixtiyoriga qolgan foyda hisobidan to‘lanadi.
Fuqarolarning yillik jami daromadi - ularning korxonada olgan pul
va natural ko‘rinishdagi barcha to‘lanmalaridan iborat. Xorijiy valyutada
olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish maqsadlari uchun daromad
olingan kundagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha milliy valyutada
aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami daromadi tarkibiga (soliqqa tortish
maqsadlari uchun) quyidagilar kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy
nafaqalari
(vaqtinchalik
mehnat
qobiliyatini
yo‘qotganligi
uchun
nafaqalardan tashqari); kompensatsion to‘lanmalar; moddiy yordam
ko‘rsatish summalari (tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi
obligatsiyalari va lotereyalari bo‘yicha yuto‘qlar; banklar va boshqa kredit
tashkilotlaridagi omonatlar bo‘yicha foizlar va boshqalar.
X Xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish – quyidagilar
respublika byudjetdan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni
saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan tashkilotlar
bo‘yicha); ijtimoiy ta’minot; mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini
ta’minlash; sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; davlat
zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet
ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan byudjet
tashkilotlarini saqlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli
davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; er tuzish, meliorativ,
tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini
amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
gidrometeorologiya,
do‘lga
qarshi
kurash
chora-tadbirlari;
qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.